Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 131:
Mana, birinchi vahiy kelish tartibi shu erdi. Shu kundin tortib, payg‘ambarlik davri boshlanib, bu ulug‘ vazifa Payg‘ambarimiz ustilariga yuklandi. Shu kundan boshlab, Alloh taolodin kelgan amrlarni bandalariga yetkazib, alarga Islom dinini o‘rgatishga kirishdilar.Yani bilmak kerakkim, Alloh taolo o‘z qudrati bilan barcha olamni yo‘qdin bor qildi. Olam ichida aql yetgan, yetmagan, ko‘z ko‘rgan, ko‘rmagan turlik maxluqlarni xalq etdi. Alar ichida eng ortiq a’losi odam farzandini yaratdi va ani yer ustiga ega qilib, unga xalifalik darajasini berdi. Va ham o‘zini tanitish uchun unga aql, fikr berib, haq dinni tutib, to‘g‘ri yo‘ldin yurishga buyurdi. Bularga rahbarlik qilish uchun bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarlarni yubordi. Alarning haqlari uchun xalq oldida hujjat-dalil bo‘lsin deb alarga mo’jizalar berdi. Yana bizlarning ko‘zimizga ko‘rinmaydigan, boshqa sezish quvvatlarimiz bilan ham bilmaydigan bir turlik maxluqlarni yaratdikim, alarni farishtalar, jinlar, deb aytilur. Yer ustini insonlar, hayvonlarga joy qilgandek, osmonlarni farishtalarga, havoni, yer, suvlarni jin toifalariga makon qildi.
Mana shu farishtalar ichinda to‘rt nafar ulug‘ farishtalarga payg‘ambarlik darajasini berdi. Bular— Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroyil alayhimussalomdurlar. Tamom maxluqlarga rizq tayyorlash ishi Mikoil alayhissalom vazifasidur. Har bir bandaning yeydirgan bir parcha noni oltmish qo‘ldan o‘tib, uning og‘ziga tushadur. Birinchisi Mikoil, eng oxirgisi nonvoy, degan so‘zning haqiqati shuldur. Banda o‘z rizqini topishda harna o‘zi bilgan, qo‘lidan kelgan hamma sabablarini qoldirmay qilishga Alloh taolo tarafidin buyrulmishdur. Ammo bandaning ko‘zi ko‘rolmaydigan, qo‘lidan uni ishlash kelmaydigan bir qancha sabablar bordurkim, ularni ishlab vujudga chiqarish farishtalarga topshirilmishdur. Bunday bo‘lgach, banda qo‘lidan kelganicha har ishning sababini qoldirmasdin qilib, qolgani bo‘lsa uni Xudoga topshirmoq lozimdur, Islom shariatining ko‘rsatgan haqiqiy yo‘li shuldur.Isrofil alayhissalom bo‘lsa qiyomat-qoyim bo‘lishida sur chalish va ruhlarni tarbiyat qilish, Azroyil alayhissalom jon olish, Jabroil alayhissalom Alloh amrlarini payg‘ambarlarga yetkurib, vahiy keltirish, osmoniy ofatlarni yer yuzida ijro qilish vazifalaridadurlar. Bundan boshqa ham turli xizmatlarda Xudo amriga qarashlikdur. Endi har bir musulmon odamga Xudoga va uning payg‘ambarlariga, qiyomat kunining bo‘lishiga, o‘lgandan keyin qaytadan tirilmaklikka ishonmoq qandoq farz bo‘lsa, farishtalarning borlig‘iga shundoq ishonmoq farzdur. Chunki barcha payg‘ambarlarga Xudo tarafidin keladigan vahiylar shu farishtalar ulug‘i Jabroil alayhissalom orqalik kelur. Lekin u farishtalarni payg‘ambarlardin o‘zga insonlar ko‘rishlari mumkin emasdur. Ammo payg‘ambarlar vahiy kelganda insoniy sifatlaridin farishtalik sifatlariga o‘tib turib, vahiy olurlar. Chunki ularning asli yaratilishlarida farishtalik ruhoniy sifatlari g‘olibdur.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yigirma uch yillik payg‘ambarlik davrida Jabroil alay¬hissalomni yigirma to‘rt ming marta ko‘rganlari rivoyat qilinur. Jabroil alayhissalomning asli hil¬qatlarini ikki qayta ko‘rgan edilar. Boshqa payg‘ambarlarga bu miqdorda ko‘rish muyassar bo‘lmagan edi. Jabroil alayhissalom ko‘pincha chiroylik odam suratida bo‘lib ko‘rinur edi. Ustoz shogirdini o‘qitgandek, vahiy kelturgan Qur’on oyatlarini o‘rgatur edi. Vahiy tarqab, Jabroil alayhissalom g‘oyib bo‘lgandin keyin ko‘ngillarida yod qolgan oyatlarini bir harf qoldirmasdin sahobalarga o‘rgatib ham yozdirur edilar. Ammo Payg‘ambarimiz Jabroil alayhissalomdin vahiy olish chog‘lari o‘zlarida bir o‘zgarish paydo bo‘lur edi. Chunki ruhoniy farishta bilan aloqa bog‘lab, insoniy va jismoniy sifatlardin yiroqlashib turib, vahiy olish lozim kelur edi. Mana shu holda hozir turgan kishilar ko‘zlarida Payg‘ambarimizda bir o‘zgarish paydo bo‘lganini ko‘rar edilar. Shundoqki, vahiy tushgan chog‘da har qancha havo sovuq bo‘lsa ham, tabarruk yuzlari, peshonalaridan ter oqib ketar edi. Agar tuya mingan chog‘larida vahiy tushsa, aning og‘irligini ko‘tarolmay tuya darhol cho‘kar edi. Mana, vahiy kelishini aqlga siqqan miqdori shunchalikdur. Turkiy savodxon yoki chala olim kishilarga mo‘l yozilgan bu kitobimizda mundin ortiqroq yozishni munosib ko‘rmadik. Katta olim odamlar bo‘lsalar bu haqda yozilgan arabiy, forsiy kitoblarni ko‘rsunlar. Har bir musulmonman, degan kishiga eng bo‘lmasa shunchalik tushunib qo‘yish lozimdur.Shundoq qilib, Payg‘ambarimiz birinchi vahiy olishlarida Iqro surasi boshidin besh oyat yodlab, vahiy tamomidin so‘ngra uylariga qaytdilar. Lekin farishta olami ila inson olamining aloqasi, Alloh taoloning shundoq ulug‘ farishtasi Jabroil alay¬hissalomningalayhissalomning birinchi qatim (marta) ko‘rib, undin vahiy olishlari, uning Payg‘ambarimizni «O‘qi», deb uch nav¬bat siqib quchoqlashi, ulug‘ haybatga ega edi. Mana shuning uchun Payg‘ambarimizning yuraklari, butun tanlari insoniyat taqozosi ila larzon bo‘lib, titrab, har kim ko‘rsa sezarlik, o‘zlarida boshqacha bir turlik holat paydo bo‘lgan edi.
Payg‘ambarimizning har bir ishlarini tekshirib turishni o‘ziga odat qilgan Xadicha onamiz bu holatni ko‘rib: «Voqea nimadur?» deb so‘radi. Payg‘ambarimiz esa boshdin-oyoq o‘tgan hamma ishlarni bayon qilib, aytganlaridan so‘ngra: «Ey Xadicha, bu ishning oxiri qandoq bo‘lur ekan? Man o‘zimdan qo‘rqib qoldim», dedilar. Anda onamiz Xadicha aytdi: «Bundin siz hech andisha qilmang, inshaalloh, bu ishning oqibati xayr¬lik bo‘lur, chunki siz bo‘lsangiz yetim-esirlarga, faqir-miskinlarga mushfiq mehribondursiz. Hamisha ularga g‘amxo‘rlik qilursiz. Ochlarni to‘ydirib, yalan¬g‘ochlarga kiyim berursiz. Yo‘qsillarga yordamchi bo‘lib, egasiz ojizlarga otalik qilursiz, bir yaxshilik bor ersa, kamoli ila sizda topilur. Endi sizda shunchalik oliy aloqalar, bu qadar ulug‘ sifatlarni xalq etgan Alloh taolo hech vaqt sizni zoye qilmas, deb o‘ylayman. Bu sifatlarga yarashgudek sizga bir ulug‘ ne’mat ato qilishini umid qilaman. Sizdek pok sifatlik, oliy axloqlik zotga jin-shaytonlar qandoq yaqin kela olsin?.. deb shu misollik bir qancha chiroylik so‘zlar bilan ko‘ngillarini ko‘tardilar.Yana bu voqeani aniqlash uchun onamiz Xadicha amakisi Varaqa ibn Navfal qoshiga kelib, butun voqeani bayon qilgandin keyin: «Jabroil kim bo‘lur?» deb undin so‘radi. Varaqa Jabroil nomini eshitganida: «Quddus, Quddus» deb sayha (ovoz) tortib, dedikim:
— Ey Xadicha, bu nomning egasi — Muso alayhissalom, Iso alayhissalomga Alloh taolo tarafidin vahiy keltirguvchi ulug‘ farishtadur. Dunyoga kelgan barcha payg‘ambarlarga Xudodin vahiyni shu farishta keltirur. Muhammadning o‘z og‘zidan so‘zini onglayin, ani kelturgil, — dedi.
Xadicha onamiz Payg‘ambarimizni chaqirib, keltirgandin so‘ngra, voqeani bayon qildilar. Anda Varaqa aytdi:
— Ey Xadicha, sizlarga bu ulug‘ davlat muborak bo‘lsin. Tavrot, Injil kitoblarida bashorat berilgan oxirgi zamon payg‘ambarligi Muhammadga nasib bo‘libdur. Ey Muhammad, senga ko‘rinish berib, vahiy keltirgan farishta o‘tgan hamma payg‘ambarlarga Xudodin vahiy keltiruvchidir. Oti Jabroil, Nomusi Akbar aning laqabidur. Bu ulug‘ mansab senga xush muborak bo‘lsin. Bu yaqin kunlarda butun dunyo xalqini Islom diniga da’vat qil, deb Xudodin senga farmon bo‘lgay. Shu chog‘da arab mushriklari senga qarshi chiqqaylar, koshki men u kunlarda tirik bo‘lsam edi, mol-jonimni ayamasdin senga yordam qilur edim, — deb so‘zini to‘xtatdi. Shu oradin ko‘p uzun vaqt o‘tmay, o‘zi ham olamdin o‘tdi.
Bu so‘zlarni Varaqadin eshitgandin so‘ngra Pay¬g‘ambarimizningPayg‘ambarimizning ko‘ngillari ancha orom oldi. Bu qadar ulug‘ vazifa egasi ekanlarini o‘zlari ham bildilar. Shuning bilan bir qancha oy vahiy kelishi ham to‘xtalib qoldi. Buning muddati haqida olti oydin uch yilgacha rivoyat bordur. Bu muddat ichida Payg‘ambarimizning ruhoniy lazzat talabida zavq-shavqlari ziyoda bo‘lib, kecha-kunduz vahiy intizorligini tortar edilar. Bu ulug‘ ne’matning kechikib qolishidin andishaga tushib, buning hasratida g‘am-qayg‘ulari haddin osha ko‘paygani turdi. Bu judolik hasratidin shu daraja g‘amlari g‘alaba qildikim, ulug‘ tog‘lar boshidin o‘zlarini tashlab halok bo‘lish fikri ham ko‘ngillariga kelur edi.Ko‘p toqatsiz bo‘lib, ish og‘irlashganda Jabroil alayhissalom ko‘rinib: «Ey Muhammad, sabr qil, albatta, sen Payg‘ambardursen, vaqt yaqindur» deb tasalli berur edi. Necha qayta shundoq ishlar Payg‘ambarimizga voqe’ bo‘ldi. Har qachonkim tog‘ cho‘qqisiga chiqib, yana shu xayolga kelsalar, darhol Jabroil alay¬hissalomalayhissalom ko‘rinib, yuqorigi so‘zlar bilan yupantirar edi.
Bu firoq kunlari oxiriga yetib, ikkinchi vahiy kelish davri boshlandi. Bu davrdagi birinchi vahiy bilan butun dunyo xalqini Islom diniga da’vat qilishga Xudodin amr keldi. Hammadin ilgari, aytishlari bilan Xadicha onamiz darhol iymon keltirdilar. Chunki uzun zamondin buyon bu ishdan xabari bo‘lib, bu haqda qilgan farosatlari to‘g‘ri chiqqan edi. O‘tgan payg‘ambarlar bashorat bergan Xudo habibi — oxirzamon Payg‘ambari ekanlariga gumonlari yo‘q edi. Payg‘ambarimiz rizoliklari uchun butun jonu moli bilan yordam berishga va’da berdi. Shu ikkinchi vahiy kelishi «Ya ayyuhal muddassiru» surasi ila boshlandi. «Qum, faanzir» («Tur, bajo et») xitobi ila xalqni Islom diniga da’vat qilishga Xudo tarafidin buyruldilar.
Bu sirni dastlabda kimga aytsam bo‘lur, degan fikr¬ga tushdilar. Chunki uzun zamonlardin beri xalq din ishlaridin uzoqlashib, alarning oldida din butunlay yot narsa bo‘lib ko‘rinar edi. Ikkinchidan, u zamonda arab xalqini johillik, vahshiylik tamom qoplaganlikdan, axloqlari eng tubandagi darajada buzulgan edi. Urush-talash, odam o‘ldirish ular uchun faxrlanarlik, suygan kasblari edi. Yosh bolalarni boqishdan qochib, faqirlikdan qo‘rqib, urush-so‘qishlarda dushman qo‘liga o‘lja tushishdan nomuslanib, ul bechoralarni tiriklayincha o‘z qo‘llari bilan ko‘mar edilar. Buning ustiga ota-bobodin qolgan din, buzuq rasm-odatlarga qattiq berilgan edilar. Mana shuning uchun Payg‘ambarimiz o‘zlarini ularning yolg‘onchi qilishlaridin qo‘rqib, bu to‘g‘rida ko‘p andishaga tushdilar.