Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 872:
«Hammaga rahmat yetkazish uchun seni yubordik», deb Payg‘ambarimiz sollallohu
alayhi vasallamni sifatladi.
=== RASULULLOHNING BOLALARI ===
Payg‘ambarimizdan onamiz Hazrati Hadicha uch o‘g‘il va to‘rt qiz tug‘dilar. Dastlab
Makkada eng avval tug‘ilgan o‘g‘illarining oti Qosim edi. Shunga ko‘ra Payg‘ambarimizni
arablar Abul Qosim, ya’ni Qosimni otasi deb ham atadilar.
Mundan so‘ngra to‘rt qiz — Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum, Fotima vahiy kelmasdan
ilgari tug‘ilgan edilar. So‘ngra payg‘ambarlik davrida bir o‘g‘il tug‘ilib, oti Abdulloh bo‘ldi.
Shu o‘g‘ilni Tayyib Tohir deb ham atar edilar. Biroq, bular Abdulloh emas, balki undan
keyin tug‘ilgan egizak o‘g‘illari edi, deganlar ham bordur. Bularning hammalari hijratdan
ilgari Makkada tug‘ilgan edilar. Bosh o‘g‘illari Qosim ikki yoshga to‘lmasdan Makkadavafot topdi. So‘ngra Abdulloh ham bir necha oyligidayoq vafot bo‘ldi. Bu bola vafot
bo‘lgach, o‘g‘il farzandlari qolmadi. Arablar ersa qizni bola qatorida ko‘rmas edilar.
Shuning uchun Quraysh mushriklarining raislaridan Os ibn Voil:
— Muhammadning tuxumi tugadi, dunyodan bolasiz o‘tadi, nasli uzildi, oti o‘chdi, —
dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ma’yus bo‘lmasin deb Alloh taolo Kavsar surasini
tushirib, «Inna shaniaka huval abtar», dedi. Ya’ni: «(Ey Muhammad,) senga ko‘p
yaxshiliklar berdik, qiyomatgacha sening oting o‘chmaydi. Seni «abtar» degan kishining
o‘zi «abtar»dur. U o‘ldi ersa oti o‘chib, hech kim uni og‘ziga olmaydi. Sening noming
minoralar boshida, minbarlar ustida, musulmonlar og‘zida qiyomatgacha aytilib turadi»,
dedi.
Rasulullohning uchinchi o‘g‘illari Ibrohimdur. Hijratning sakkizinchi yili qurbon oyida
tug‘ildi. Yettinchi kuni qo‘chqor so‘yib «aqiyqa» qildilar. Va shu kuni otini qo‘yib, sochini
oldirdilar. So‘ngra uning og‘irligicha kumush sadaqa qilishga buyurdilar. Yigirma oylik
bo‘lganda Ibrohim ham vafot bo‘lib, Baqe’ go‘ristoniga ko‘mdilar.
Ul kunda Rasululloh:
— Ey Ibrohim, sendan ajrayotganimiz uchun hammamiz qayg‘ulikdurmiz, — deb
yig‘ladilar, muborak ko‘zlaridan yosh to‘kildi.
Chaqaloqqa yettinchi kuni qudrati yetar ekan ikki qo‘y, yo‘q esa, bir qo‘y so‘yib aqiyqa
o‘tkazish va shu kuni ism qo‘yib, sochini oldirish, og‘irligicha kumush sadaqa qilish
ummatlariga sunnat bo‘lib shundan qoldi.
Rasulullohning Qosimdan keyin tug‘ilgan qizlari Zaynab edi. Bu qiz voyaga yetganida
xolasining o‘g‘li Abul Osga berdilar. Mundan tug‘ilgan ikki bola: bir o‘g‘il va bir qiz bo‘lib,
ismlari Ali va Umoma erdi. Abul Osning onasi Hadicha onamizning singillaridur.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkani fath qilganlarida nabiralari Alini tuya
orqasiga mingashtirib olgan edilar. Umri qisqa ekan, balog‘atga yetar-etmas bu bola
ham vafot topmish edi. Qiz nabiralari Umomani ersa Hazrati Fotima vafot topgandan
keyin Hazrati Ali nikohlariga oldilar. Chunki, xolasi Hazrati Fotimadan shundog‘ vasiyat
bo‘lmish edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ttiz yoshga kirganlarida Zaynab
tug‘ilmish edi, sakkizinchi hijriyda vafot topdi, raziyallohu anho.
Ikkinchi qizlari Ruqayyani Hazrati Usmonga bergan edilar. Hijratning ikkinchi yilida vafot
topdi. Rasulullohning asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisa Badr urushining xabarini
suyunchilab shu kuni Madinaga kelmish edi. Qaytganida musibat xabarini yetkazib,
Rasulullohga ta’ziyat qildi ersa: «Qizlarning o‘limi sharaflikdur, alhamdulilloh», dedilar.
Uchinchi qizlari Ummu Kulsumdur. Uni Ruqayya vafot topgandan keyin Hazrati Usmonga
berdilar. Shuning uchun bu kishining laqabi «Zunnurayn» — «Ikki nur egasi» bo‘ldi.
Hazrati Usmon u bilan olti yil umr o‘tkazdilar, o‘rtalarida bola bo‘lmadi. Hijratning
to‘qqizinchi yili vafot bo‘lib, Baqe’ go‘ristoniga qo‘yildi.
Rasululloh aytdilar:
— Usmonni tezroq uylantirib qo‘ying, agar menim uchinchi qizim bo‘lsa, uni ham berar
edim.
Rasulullohning to‘rtinchi qizlari Fotimai Zahro edi. Hijratning ikkinchi yili Hazrati Aliga
nikoh bo‘ldi. Hazrati Fotima o‘n besh yoshda, hazrati Ali yigirma sakkiz yoshda edilar.
Payg‘ambarimizga vahiy kelishdan bir yil ilgari tug‘ilmish edilar. Hijratning o‘n birinchi
yili Rasulullohdan olti oy keyin vafot topdi, raziyallohu anho. Yoshi yigirma sakkizda edi.
Hazrati Ali Fotimani so‘rab kelganida:
— Nikoh mahriga nima narsang bor? — deb so‘radilar ersa:
— Urushga kiyadigan yolg‘iz sovutim bordur, — dedi.
Hazrati Alining boshqa hech narsasi yo‘q edi. Shuni sotib pulini keltirmoqqa buyurdilar.To‘rt yuz sakson tangaga sotib pulini Rasulullohga keltirdi. To‘y mahriga shu pulni sarf
qilib, xurmo, mayiz bilan sahobalarga nikoh to‘yi qilib berdilar. Ichiga xurmo qipig‘i
to‘lg‘izilgan bir yostiq, jundan to‘qilgan bir sholcha, qurbonlikdan qolgan bir qo‘chqor
terisi, bir dona choyishab, bir dona suv tashiydigan idish, 2 dona ko‘zacha berdilar.
Fotimani uzatganda unga qilgan asboblari shular edi. Tushirilgan uylari ichiga qum
to‘shab, shuning ustiga qo‘chqor terisini solib yotar edilar. Nikoh o‘qilgandan so‘ngra bir
kosa suv keltiringlar, deb buyurdilar. Unga «Bismillah» aytib duo o‘qigandan keyin shu
suvdan olib Hazrati Alining yuzlarini, ko‘kraklarini siladilar. Hazrati Fotimaga ham
shundoq qilganlaridan so‘ngra:
— Ey bor Xudoyo, bularga va bularning nasllariga barakot bergil, — deb duo qildilar.
Hazrati Fotimadan olti bola tug‘ildi. O‘g‘illari ersa Hasan, Husayn, Muhsin, qizlari Zaynab,
Ummu Kulsum, Ruqayya edilar. Muhsin yoshligidayoq vafot topdi. Imom Hasan, imom
Husaynlar bo‘lsa, Payg‘ambarimizning duolari shularga yetib, nasllariga Xudo baraka
berdi. Ko‘pincha aziz va avliyolar shulardan chiqdilar. Islom tuprog‘ida bu zotlarning
qadamlari yetmagan joy yo‘qdur.
=== RASULULLOHNING AMAKI VA AMMALARI ===
Rasulullohning o‘n ikki amaki va olti ammalari bor edi. Bulardan Abu Tolib, Zubayr,
Abdul Ka’ba bu uchovlari Payg‘ambarimizning otalari Abdulloh bilan tug‘ishgan bo‘lib,
boshqalari o‘gay edilar. Bulardan ikki kishi — Hamza bilan Abbos iymonga musharraf
bo‘ldilar. Amir Hamza Quraysh ichida, balki butun arablar ichida nomi chiqqan atoqli
bahodirlardan edi. Shuning uchun Rasulloh unga «Asadulloh», ya’ni Allohning arsloni,
deb laqab qo‘ydilar. Bu kishi Islomda o‘ttiz to‘qqizinchi, Hazrati Umar bilan
musulmonlarning soni qirqqa to‘lib, bu ikkovlarining himmati bilan Islom dini yuzaga
keldi. Bo‘lmasa, bundan ilgari din ishlari yashirin edi. Hazrati Hamza Rasulullohdan uchto‘
rt oylik katta bo‘lib, bir siynani emishgan emakdoshlari edi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam hijrat qilib Makkadan Madinaga kelgandan so‘ngra Hazrati Hamza ham
Xudo yo‘lida hijrat qilib, oilasini Makkada qoldirib, o‘zlari Madinaga keldi. Islom dinining
birinchi g‘alaba qozonishi bo‘lgan Badr urushida bek bahodirlik ko‘rsatgan edi. Undan
keyin bo‘lgan Uhud urushida Vahshiyning to‘satdan otgan nayzasi bilan shahid bo‘lmish
edi. Kofirlar tomonidan jasadlari parchalanib, ko‘zlari o‘yilib, quloq-burunlari kesilmish
edi. Shuning uchun Rasululloh bu zotni shahidlar a’losi, shahidlar sayidi deb, yetmish
takbir aytib janozasini o‘tadilar.
Hazrati Abbos qolgan amakilarining eng kichkinasi edilar. Badr urushida Makka
mushriklari zo‘rlab askarlikka olgan edilar. Shu urushda boshqalar qatori asir bo‘lib
qo‘lga tushdilar. Kofirlar asirlardan fidya puli olib bo‘shatganlarida amakilari Abbosga
ham to‘rt ming tanga fidya to‘lashga buyurdilar.
Anda ul kishi:
— Men majburlik bilan kelganman, — deb qutilish uchun dalil ko‘rsatsalar ham
sahobalar:
— Shariat zohiriga qaraydi, ko‘rinishda shularga qo‘shilib kelding, to‘laysan, — deb
qo‘ymasdan to‘rt ming tangasini oldilar.
Anda Abbos:
— Men Qurayshning oliylaridan edim. Endi eng kambag‘allaridan bo‘lib qoldim, — dedi.
Rasululloh:
— Hoy amaki, xotining Ummu Fazlga ko‘rsatgan dunyoni ko‘mgan joyingdan olsak, yana
boyliging ketmaydi, — degan edilar, amakilari Abbos hayron qolib:
— Endi aniq bildim, sen Xudoning payg‘ambari ekansan, yo‘q ersa, men bu ishnixotinimdan boshqa hech kimga aytmagan edim. Senga buni Xudo bildirdi, bo‘lmasa
qaydan bilar eding? Endi musulmonligimni bildirib seni oldingda qolay desam, Makka
xalqiga bergan omonat mollarim kuyib ketarmikan deb qo‘rqaman, — dedi.
Makka fath bo‘lguncha dinini yashirincha tutib, u joyda turishga Rasululloh ruxsat
qildilar. Hazrati Abbos sakson sakkiz yoshga kirib, Madinada vafot topdilar, raziyallohu
anhu.
Muoviyadan boshlanib davlat sakson necha yil davom etgan Umaviya davlati eng oxiri
Marvon Xarga kelganda Abu Muslim Xurosoniy inqilobi orqalik yiqilib tugadi. So‘ngra
Payg‘ambarimizning amakilari Hazrati Abbos nabiralaridan Abdulloh Saffoh degan kishi
saltanat taxtiga o‘ltirib, Abbosiya davlati shundan boshlandi.
Rasulullohning amakilari ichida ochiqdan-ochiq qarshilik ko‘rsatib, dushmanlik qilgan
kishi Abu Lahab edi.
Ammo Hazrati Alining otasi Abu Tolibning Rasulullohga qilgan fidokorliklariga qaralsa,
Raxmatal- lilolaminning shafoatidan bu kishi ham quruq qolmasa kerak. Buning haqida
iymonga kirdi-kirmadi deb tekshirib o‘ltirish bizning ishimiz emasdur. Yaxshisi shulki, ul
zotga Rasululloh uchun hurmat va muhabbatimizni bildirib, boshqa tomoniga o‘tmay
sukut qilishdur.
Rasulullohning oltita ammalari ichida Zubayr ibn Avvomning onalari Safiya binti
Abdumuttalib Islomga musharraf bo‘ldi. Otika, Arvo ikkovlarining dinga kirganlari
gumonlikdur. Qolganlari ersa vahiydan ilgari o‘lgandirlar.
Payg‘ambarlarning da’vatlari yetmagan kishilar kofir yo musulmon bo‘lmaydi. Ikki
payg‘ambar orasida o‘tgan din da’vati ularga yetmagan odamlarning ham hukmlari
shudir. Qiyomatda bularning joylari jannat bilan do‘zax o‘rtasidagi «A’rof» degan o‘rinda
bo‘lishi Qur’oni karimda aytilmishdur.
=== ONALARIMIZ—RASULULLOHNING XOTINLARI ===
Shuni albatta bilmak kerakkim, bir ishni tanqid qilgan kishi ul ishning qaysi zamonda
bo‘lganligini bilib, o‘shal davr ahllarining rasm-odatlaricha tushunish lozimdur. Agar shu
narsalarga yaxshi tushunmas ersa, bu haqda aytgan tanqidiy so‘zlarining xato bo‘lishi
shubhasizdur. Ovrupa yozuvchilarining o‘ktachilari (tanqidchilari) Rasulullohni ko‘p xotin
olgan, xotinparast kishi edi, deb kamsitmoqchi bo‘ladilar.
Holbuki, Rasulullohning bu ishlari ersa shariatdan yoki o‘shal zamon rasm-odatlaridan
tashqari emas edi. Balki bunda aqlga to‘g‘ri ko‘p hikmatlik ishlar bor edi. Rasulullohning
Hazrati Oishadan boshqa qiz xotin olmaganlari hammaga ma’lumdir. Bular ichida to‘rtbesh
bolalik Ummu Salama kabi tul xotinni ham oldilar. Qirq yoshlik Hadichani
olganlarida Rasululloh yigirma besh yoshda edilar. Payg‘ambarlik davridan o‘n yil o‘tib,
ellik yoshga to‘lganlarida Hadicha onamiz dunyodan o‘tdilar. Demak, 25 yil butun yigitlik
davrida shu ulug‘ yoshlik xotin bilan umr o‘tkazdilar. Amakilari Abu Tolib ham shu yilda
vafot topmish edi. Shunday ikki jonfido yordamchilaridan bir yilda ajraganlari
Rasulullohga juda qattiq ta’sir qilgan edi.
Bu ikkovlarining vafotlaridan so‘ngra kuchli himoyachilari qolmaganlikdan dushmanlari
ham qattiq hujumga kirishgan edilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bu yilni «g‘am-qayg‘u yili» deb atagan edi. Onamiz Hadichaga ajal kelgan
chog‘da Rasululloh unga atalgan jannatdagi joyni ko‘rib o‘ziga bashorat berdilar. U ersa
bir dona gavhardan yasalmish ulug‘ qasr edi.
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onamiz Oishaning oldida Hazrati
Hadichaning so‘zini qilib, uni maqtadilar ersa, Oishaning rashki qo‘zg‘alib:
— Xudo sizga undan yaxshiroq xotinlarni bergan bo‘lsa ham, yana shu kampirnigapirasiz, — dedilar.
Anda Rasulullohning g‘azablari kelib:
— Alloh menga undan yaxshi juft bergani yo‘q. Hamma kishilar meni yolg‘onchi
deganida, u menga ishondi. Menim roziligim uchun mol-dunyosini sarf qildi, boshqalar
dunyosini mendan ayadilar. Undan topgan bir necha bolalarim bordur. Sizlardin farzand
ko‘rmadim. Xudo uni rahmat qilsin, — dedilar.
Ikkinchi juftlari onamiz Savda binti Zam’adur. Eri o‘lib, tul o‘ltirganida Rasululloh uni
nikohlariga oldilar. Yoshi ulg‘ayib kampir bo‘lib qolganlikdan, yotish navbatini Oishaga
berib, o‘zi ersa Rasululloh nikohlarida dunyodan o‘tishga rozi bo‘ldi. Rasululloh ham
qabul qildilar. Hazrati Umar xalifalik davrida olamdan o‘tdilar, raziyallohu anho.
Uchinchi jufti poklari Abu Bakr Siddiq qizlari onamiz hazrati Oishadurlar. Bu zotning
sifatlari hadis kitoblarida ko‘p yozilmushdur. Bu onamizning qanday ulug‘ fazl-kamolga
ega ekanligiga shu yetarlikdurkim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng oxirgi
nafaslarida shu onamiz quchog‘ida turib dunyodan o‘tdilar. Xotinlarga zarur bo‘lgan diniy
masalalar haqida kelgan hadislarni ko‘proq shu onamiz Payg‘ambarimizdan rivoyat
qildilar. Husn-jamolga, aqlu kamolga yetganlikdan Rasulullohning iltifotiga ega bo‘lmish
edilar. Hijratning 56-yilida Madinada vafot bo‘lib, Baqe’ go‘ristoniga dafn qilindilar.
Janozalarini Abu Hurayra o‘qidi. YOshlari oltmish yettida edi, raziyallohu anho.
To‘rtinchilari Hazrati Umarning qizi Hafsa erur. Vahiydan besh yil burun tug‘ilmish edi.
Rasululloh amrlariga qarshilik qilib qo‘yganligi uchun Payg‘ambarimiz uni taloq qildilar.
Otasi Hazrati Umar buni anglab:
— Bu kundan boshlab Xudo va payg‘ambar oldida menim qadrim yo‘qoldi, — deb
boshiga tuproq sochib yig‘ladi.
Shu holda ekan Jabroil alayhissalom kelib Rasulullohni bundan qaytarib:
— Bu ersa kunduzi ro‘za tutar, kechasi sahar namozini o‘qir, u sening jannat
juftlaringdan bo‘lur, — dedilar.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning gunohini afv qilib, yana nikohlariga
oldilar. Oltmish uch yoshda vafot qildilar, raziyallohu anho.
Oltinchi onamiz Xuzayma qizi Zaynabdur. Xayr-saxovatda nomi chiqqan xotinlardan edi.
Shu uchun arablar uni johiliyat zamonida ham «Ummu Masokin», ya’ni, «Miskinlar
onasi» deb atamish edilar. Ikki-uch oygina Rasululloh xizmatlarida turgandan keyin
vafot topmish edi. Uning janozasini Rasululloh o‘zlari o‘qib, Baqe’ go‘ristoniga dafn
qildilar. Yoshlari o‘ttizdan o‘tmagan edi. Rasulullohning tirikliklarida vafot topgan
xotinlari Hazrati Hadicha bilan Zaynab ikkovlaridurlar, raziyallohu anhumo.
Sakkizinchi onamiz Abu Umayya qizi Ummu Salama. Dastlabki iymon keltirgan
musulmonlardan bo‘lib, eri Abu Salama bilan birgalikda Habashistonga hijrat qilmish
edilar. Ummu Salama Qurayshning nasablik xotinlaridan bo‘lib, o‘z qavmi ichida hurmat
va obro‘ga ega edi. Habashistondan qaytib Madinaga kelganlarida ersa eri o‘lib, besh-olti
bolalari bilan tul qolmish edi. Idda muddati o‘tgach, Rasululloh sovchi yuboribdilar.
Anda Ummu Salama:
— Rasulullohga jonim fido, lekin menda uch kamchilik bor: birinchisi, yetim bolalarim
bor; ikkinchisi, menim kundoshligim qattiqdur; uchinchisi, menga ega bo‘lgudek bu
yerda o‘z qavmu qarindoshlarimdan hech kishi yo‘qdur, — dedilar.
Anda Rasululloh:
— Bolalaring rizqini Alloh yetkazur, boshqa ishlaringni ham o‘zi o‘nglar. Meni
yoqtirmagan qarindoshlaring yo‘qdur, — deganlarida, ul muhtarama nikohlariga rizolik
ko‘rsatdi.
Rasulullohdan keyin uzun umr yashab, 60-hijratda vafot topdi. YOshi sakson to‘rtda edi.
Hazrati Abu Hurayra janozasini o‘tab, Baqe’ qabristoniga dafn qilindilar, raziyallohuanho.
Onamiz Zaynab binti Jahsh. Ilgarigi eri Rasulullohning xodimlari Zayd ibn Horisa edi. Bu
xotin Quraysh qabilasidan bo‘lib, nasablik, husn-jamollik bo‘lganidan uni o‘ziga teng
ko‘rmay, oralari buzilmish edi. Oxiri ikkovi kelisholmasdan ajrashdilar. Rasulullohning
ko‘ngillari unga moyil bo‘lgach, Jabroil alayhissalom bu haqda vahiy keltirib, ilohiy nikoh
bilan Rasululloh uni xotinlikka oldilar. Shuning uchun Rasulullohning nikohlariga kirgach,
kundoshlariga:
— Sizlarni otanglar nikoh qilgan bo‘lsa, mening nikohim Arsh ustida bo‘lgan, — deb
faxrlanar edi.
Bir kuni onalarimiz:
— Yo Rasulalloh, siz vafot bo‘lsangiz, sizga qaysi birimiz ilgari erishamiz? — deb
so‘radilar.
— Kimning qo‘li uzun bo‘lsa shu ilgariroq erishadi, — dedilar.
Bu so‘zning zohiriga qarashib, qayish olib hammalari qo‘llarini o‘lchashib ko‘rdilar.
Hammalaridan onamiz Savdaning qo‘li uzun chiqdi. Keyin ko‘rdilarkim, barchalaridan
ilgari Zaynab onamiz vafot topdilar. Arablar qo‘li ochiq, saxovatli kishini ham qo‘li uzun
der edilar. Bu onamiz ersa ko‘p saxovatlik, xayr-ehsonlik edilar. Bular o‘lgandan so‘ngra
ma’lum bo‘ldiki, Rasulullohning qo‘li uzun deganlari saxovatlik deganlari ekan.
Zaynab binti Jahsh 21-hijriyda ellik uch yoshga yetganda vafot topib, Baqe’ go‘ristonina
qo‘yildi, raziyallohu anho.
O‘ninchi onamiz Juvayriya binti Horis. Madina atrofidagi Bani Mustaliq degan qabila
raisining qizi bo‘lib, urushda asir olinmish edi. Mundan boshqa shu qabiladan ikki yuz
oila asir olinib, askarga taqsim qilinmish edilar. Bu qabila ersa arablar oldida obro‘ va
hurmatga ega bo‘lganlikdan bu ish ularga qattiq ta’sir qildi. Rasululloh bularning
oilalarini ozod qilishni istasalar ham, lekin bu to‘g‘rida hukm chiqarmish Qur’on qonuniga
to‘g‘ri kelmas edi. Shuning uchun Juvayriyani nikohlariga oldilar. Buni ko‘rgan
sahobalar:
— Endi Rasululloh bu qabilaga kuyov bo‘lib qoldilar. Rasulullohning qaynota va
qaynog‘alarining qiz-xotinlarini asir olib o‘ltirishimiz bizga yarashmaydi, — deyishdi va
bu qabiladan olingan butun asirlarini Payg‘ambarimiz hurmatlari uchun ozod qildilar. Bu
esa shu qabilaning iymon keltirishlariga sabab bo‘ldi. Shuning uchun onamiz Oisha:
«Juvayriya qanday baxtli xotin. Rasulullohning nikohiga kirdi va butun qavmini qullikdan
qutqardi» dedilar.
Juvayriya binti Horis 56-hijriyda yetmish yoshda Madinada vafot qildi, raziyallohu anho.
O‘n birinchi onamiz Rayhonadur. Bu onamiz Bani Nazir yahudlarining raisi Yazidning qizi
bo‘lib, Bani Qurayza asirlari bilan birga tushgan edi. O‘lja asirlari askar o‘rtasida taqsim
topganda, uni o‘zlari uchun olib qoldilar. O‘zi suygan dinda turishga ixtiyor bergan
bo‘lsalar ham Islom dinini xohlagach, ozod qilib nikohlariga oldilar. Nikoh to‘yi berib,
mahr bog‘ladilar. Ammo bu xotin kundoshlariga ko‘p rashkli bo‘lgani uchun taloq qildilar.
So‘ngra bu xotin Rasululloh suhbatlaridan mahrum qoldim, deb ko‘p yig‘lab edi, rahmlari
kelib yana nikohlariga oldilar. Rasululloh vafot bo‘lishlarining oldi yoki ortidan bu onamiz
ham vafot bo‘lib, Baqe’ go‘ristoniga qo‘yildi, raziyallohu anho.
O‘n ikkinchi onamiz Ummu Habiba Abu Sufyon qizi, Muoviyaning opasi edi. Burungi eri
Ubaydulloh bilan ikkinchi hijratda Habashistonga ketgan edi. Eri murtad bo‘lib, u joyda
nasoro diniga kirdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam muni anglab Umar ibn
Umayyani Najoshiyga yuborib:
— Agar Ummu Habiba ixtiyor qilar ekan, Najoshiyni vakil qildim, menga uni nikoh qiladi,
— dedilar.
U chog‘da Najoshiy g‘oyibona Hazrati Ja’far qo‘lida iymon keltirgan edi.Najoshiy bu so‘zni anglagach, vakillik bilan Rasulullohga uni nikoh qildi va yuz tillo mahr
bog‘lamish edi. So‘ngra hijratning 7-yili xizmatga qul-cho‘rilar qo‘shib Madinaga yo‘lladi.
Hijratning 44-yili Madinada vafot topdi, raziyallohu anho.
O‘n uchinchi onamiz Safiya binti Huyay. Uning otasi Bani Nazir yahudlarining raisi edi.
Xaybar qal’alari fath qilinganda qo‘lga tushgan ko‘p asirlar ichida u ham bor edi. Alarning
nasabi Horun alayhissalomga yetganlikdan Rasululloh bek hurmat qilib, nikohlariga
oldilar. Ziyoda aqllik, fazllik xotin edi. Bir kuni Rasululloh uyga kirsalar bu xotin yig‘lab
o‘ltiribdur.
Anda Rasululloh:
— Nega yig‘lading? — deb so‘rasalar, ul onamiz shundoq dedilar:
— Oisha, Hafsa biz sendin har to‘g‘rida yaxshidurmiz, biz Rasululloh amakilarining
qizidurmiz. Sen bo‘lsang yahudiy qizidursan, dedilar.
Bu so‘zlarni anglagach, Rasululloh:
— Sendan ular qanday yaxshi bo‘la olurlarkim, sening otang Horun alayhissalom,
amaking Muso payg‘ambar, ering Muhammad alayhissalomdur. Yana gapirsalar shunday
degil, — deb alarni yupantirdilar.
Safiya binti Huyay hijratning 52-yili Madinada vafot topib, Baqe’ go‘ristoniga qo‘yildilar,
raziyallohu anho.
O‘n to‘rtinchi onamiz Maymuna erdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 7-hijriyda
Umraning qazosini qilish uchun Makkaga borganlarida bu xotinni nikohlariga oldilar. 51-
hijriyda Makka yaqinidagi Sarif degan joyda sakson yoshda vafot topdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilurlar:
«Payg‘ambarlik davrida qaysi xotinni olgan bo‘lsam, yo qizlarimni kimga bergan bo‘lsam,
barisi vahiy orqalik bo‘ldi».
Bu yozilgan onalarimizning, raziyallohu anhumo, sonlari o‘n to‘rttaga yetgan bo‘lsa ham,
Rasulullohning vafotlarida bulardan to‘qqiztasi nikohlarida edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir necha cho‘rilari ham bor edi. Alardan biri
Moriya o‘g‘illari Ibrohimning onasi, misrlik qibtiylardan bo‘lib, Misr podshosi Muqovqis
Rasulullohga hadya qilib yuborgan edi.
Rasululloh sahobalarga vasiyat qilib:
— Mendan keyin Misrni fath qilmoq uchun kirganingizda ularga yumshoqlik qilinglar.
Chunki ularning qarindoshligi bor, ham qayinliklari bor, — dedilar.
Qibtiylarning qarindoshligi ersa, Ismoil alayhissalomning onalari Hojar qibtiy qizi edi.
Qayin deganlari ersa, Rasulullohning cho‘rilari Moriya. Misrdan kelgan qibt qizidur.
Rasululloh ularga kuyov bo‘lib qoldilar. Moriyadan Ibrohim tug‘ilgach, Misr xalqi
Ibrohimga tog‘a bo‘lib qolishdi.
Yana bir joriyalarining nomi ma’lum emasdur. Onamiz Zaynab uni Rasulullohga hadya
qilib bermish edilar.
Uchinchisi ersa oti Zulayho. Bani Qurayza yahudlaridan olingan asirlardan edi,
raziyallohu anho.
== Adabiyot ==
* Hadis (Al-Jomiʼ assahih), 1—4-j.lar (2-nashri), T., 1997; Imom atTermiziy, Shamoili Muhammadiyya, T., 1991; Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-kitob), T., 1997; Hazrati paygʻambar hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob: Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T., 2003.