Armaniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Izzy.neon (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 1:
{{Armaniston_info}}
'''Armaniston''' Respublikasi (''Hayastani Hanrapetutyun'') — [[Zakavkazye]]ning jan. qismida joylashgan mamlakat. Shimolda [[Gurjiston]], sharqda [[Ozarbayjon]], janubda [[Eron]], gʻarbda [[Turkiya]] bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor . Maydoni 29,8 ming km2km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti — [[Yerevan]] shahri. Davlat tuzumi. Armaniston — Demokratik respublika. Davlat boshligʻi — Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi — Vazirlar Kengashi.
 
== Tabiati ==
Armaniston — togʻli mamlakat, relyefi murakkab, past-baland. Hududining 90 % ga yaqini dengiz sathidan 1000 m dan baland. Yer yuzasining dengiz sathidan eng yuqori nuqtasi 4090 m ([[Aragats]] togʻi), eng past nuqtasi 350 m. Respublikaning Shimolva Shimolsharqida [[Kichik Kavkaz]] tizmasi, janubdaArmaniston yassitogʻligi bor. Togʻ tizmalari oraligʻida Pambak va Shiroq vodiylari, [[Sevan]] havzasi, Armanistonning janubiygʻarbida — togʻlar oraligʻida — [[Ararat]] tekisligi joylashgan. Armanistonda mis-molibden, mis kolchedani, polimetall rudalar, oltin, temir rudasi, nefelin boʻyoklari, bentonit gillari, tosh tuz konlari bor. Binokorlik materiallari (marmar, dolomit, tuf, pemza, obsidion, per-lit) zaxiralari anchagina. Respublika subtropik mintaqada joylashgan. Armaniston iqlimi xilma-xil. Tekislik va togʻ etaklarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki — 5°, yillik yogʻin miqdori 200  400 &nbsp;mm. Plato va togʻ yon bagʻirla-rida iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki — 4°, yillik yogʻin miqdori 500 &nbsp;mm. Jan.-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° (Araks vodiysida), eng past temperatura — 46° (Shimol-gʻarbda). Qor qatlamining qalinligi 10 — 200 sm. Daryolarning koʻpi Araks daryosi irmoklaridir, faqat Armaniston Shimoldagi daryolar Kura daryo tizimiga kiradi. Armaniston daryolarida kema qatnay olmaydi. Daryolarning umumiy gidroenergiya zaxirasi 1700 ming kVt. Armanistonda yuzdan ortiq mayda koʻl bor. Eng kattasi — Sevan. Unda mashhur gulmohi (forel) baligʻi ovlanadi. Mingga yaqin mineral buloq bor. Ala xilma-xil tuproklar uchraydi; respublika maydonining yarmiga yaqini qora tuproqli. Togʻ etaklarida tikanli butalar, archa, tol, naʼmatak oʻsadi. Oʻrmon va butazorlar Armaniston hududining 12 % ni egallagan. Shim.-sharqda buk, janubdadub va grab oʻrmonlari mavjud. Armanistonda umurtqali hayvonlarning 450 turi bor. Shundan 70 turi sut emizuvchilar, 300 turi parrandalar, 40 turi sudralib yuruvchilar, 23 turi baliqlardir. Qoʻriqxonalari: Dilijon. Xosrov va boshqalar Sevan milliy bogʻi bor<ref>{{cite web|url=http://www2.widener.edu/~msrothma/shengavitweb2.html Shengavit|datepublished=|title=Shengavit a Kura Araxes Culture Site in Yerevan on the Ararat hills, Republic of Armenia|lang=en| description =In those trenches he (''Hakop Simonyan'') isolated four distinct strata, the earliest from the late fifth millennium and the latest from the early to mid-third millennium BC.}}</ref><ref>{{cite web|url=http://www.distedu.ru/mirror/_hist/clarino2.narod.ru/arm4.htm|datepublished=|title=Земледельцы Северного Кавказа и Закавказья|lang=ru|archiveurl=http://www.webcitation.org/659qZNr1K|archivedate=2012-02-02}}
</ref>..
 
Qator 10:
 
== Tarixi ==
[[File:Armenian Qarhunj01.jpg|250px|left|thumb|]]
[[File:Artaxiad Armenia 80BC-fr.svg|250px|right|thumb|[[Tigran II]] paytidagi Buyuk Armaniston]]
Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi<ref name="Map of Ptolemey">{{cite web|url=http://vashaktiv.ru/texts/maps/ptolemey.jpg|datepublished=|title=Карта Птолемея|discription=На ней которой можно увидеть надпись Armen. левее Мидии и выше Месапотамии|lang=ru|archiveurl=http://www.webcitation.org/659qaR58X|archivedate=2012-02-02}}</ref><ref name="Map of Herodot">{{cite web|url=http://dreamworlds.ru/uploads/posts/2010-07/thumbs/1278743314_karta-mira-po-gerodotu.jpg|datepublished=|title=Карта Геродота|discription=Карта Геродота на которой так же (но несколько южнее, чем у Птолемея) можно обнаружить Армению|lang=ru|archiveurl=http://www.webcitation.org/659qnKHQY|archivedate=2012-02-02}}</ref>. Armaniston togʻ etaklarida toʻrtlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xoʻjalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. [[1956-yil]] Sevan koʻlining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari oʻtkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. [[Urartu]] quldorlik davlati madaniyati (miloddan avvalgi 9-asr) temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo boʻlgan. miloddan avvalgi 6-asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida Armaniston [[Eron]] [[Axomaniylar davlati]] tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoʻshildi. miloddan avvalgi 4-asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy — gʻarbiy Armaniston va Jan. Armaniston tobe podsholiklar sifatida [[Salavkiylar davlati]] tarkibiga kirdi. Taxm. miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Jan. Armaniston ning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi magʻlubiyati (miloddan avvalgi 190 yil)dan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston [[Tigran II]] Artashes (miloddan avvalgi 1-asr) davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. 1-asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati oʻrtasida kurash maydoni boʻlib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. 3-asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, 4-asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya oʻrtasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. 7-asrning 2-yarmida Armaniston [[arab xalifaligi]]ga boʻysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor (450 — 451, 482 — 484, 571 — 572, 747 — 750, 772 — 775, 850 — 855 yillar) qoʻzgʻolon koʻtardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va meʼmorligi rivojlandi. 393 yilda [[Mesrop Mashtots]] arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoqdavom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri (886 — 891)da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II (914 — 928) Sevan koʻli atro-fida arab qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi (921) va oʻzini Armaniston knyazlarining knyazi deb eʼlon qildi. Ashot III (953 — 977) mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, [[Naxichevan]] hamda Van mamlakat-ning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda moʻgʻullar, 14-asrda [[Amir Temur]] bosib oldi. 16 — 18-asrlarda [[Turkiya]] bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi. [[1555-yil]]da Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. [[1801-yil]]dan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida [[Erevan]] va [Naxichevan xonliklari [[Rossiya]]ga qoʻshildi. 1877 — 78 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. [[1917-yil]]da hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. [[1918-yil]] noyab.da ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. [[1920-yil]]da sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. [[1922-yil]]dan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936 yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. [[1990-yil]] avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. [[1991-yil]] 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini [[1995-yil]] 27-okt.da oʻrnatgan.
Qator 29:
== Transporti ==
[[File:Station Yeraskh.JPG|thumb|right|250px|Elektropoezd]]
Mamlakatningumumiy yuk aylanmasida 56 % dan koʻprogʻi temir yoʻl ga toʻgʻri keladi. T.yillar uzunligi — 640 &nbsp;km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari — 7,7 ming km. Ham-masi qattiq qoplamali. Aviayoʻnalishlar Armanistonni MDH davlatlarining koʻpgina shaharlari bilan bogʻlaydi. Gaz quvuri tarmoklari bor.
 
== Kurortlari ==
Qator 39:
 
== Adabiyoti ==
Arman xalq ogʻzaki ijodidan koʻpgina namunalar yetib kelgan. Bulardan eng mashhuri „Sosunlik Dovud“ dostonidir. Unda [[Armanlar | armanlar]]ning bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Arman yozma adabiyoti 5-asrda yuzaga kelgan, bungacha yaratilgan adabiy asarlar armanlarning xristianlik diniga utishi payti (4-asr)da yoʻq boʻlib ketgan. Maʼrifatparvar olim Mesrop Mashtots yaratgan yozuv adabiyotning tez rivojlanishiga yoʻl ochdi. 10-asrga kelib, iqtisodiy hayot jonlanishi tufayli adabiyot va sanʼatda insonparvarlik ruhidagi asarlar paydo boʻla boshladi. 10 — 13-asrlardagi shoirlar Nerses Shnorali, Mxitar Gosh, Vardan Aygeksi ijo-dida uygʻonish davri gʻoyalari seziladi. 14 — 18-asrlarda Ovanes Tupkuransi, M. Nagash, G. Axtamarsi, N. Kuchak, N. Ovnatan, Sayat Nova kabi shoirlar dunyoviy adabiyot anʼanalarini davom ettirdilar. X. Abovyan yangi arman adabiyotiga asos soldi. 19-asr 60-yillaridan xalq hayotini aks ettiruvchi dramaturgiya rivojlana boshladi. [[Sundukyan Gabriel Mkrtichevich|G. Sundukyanning]] pyesalari sahnalashtirildi. 18-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Paronyan, [[Tumanyan Ovanes Tadevosovich|O. Tumanyan]], [[Isaakyan Avetik Saakovich|A. Isaakyan]], A. Akopyan, [[Shirvonzoda Aleksandr Minasovich|Shirvonzoda]] arman adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 20-yillarda A. Vshtuni, G. Maari, V. Alazan, G. Saryan, S. Vauni kabi shoirlar keng omma orasida shuhrat qozondi. 30-yillarda arman adabiyoti E. Charens, A. Bakuns, M. Armen, V. Totovens, V. Norens, N. Zaryan, S. Taronsi, D. Demirchyan va M. Janan kabi adiblarning asarlari bilan boyidi. [[1932-yil]]da Armaniston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. 2-jahon urushidan keyin romanchilik rivojlandi, qator poetik asarlar yaratildi. G. Sevunsning „Tehron“, L. Gurunsning „Oltin tong“, R. Kocharning „Katta uy bolalari“, Armaniston Sanyanning „Tashnalik“ romanlari, A. Grashi, O. Sheroz, R. Ovanesyan, [[Kaputikyan Silva Barunakovna|S. Kaputikyanlarning]] sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Oʻzbek yozuvchi va shoirlarining mashhur asarlari arman tilida nashr etilgan. Arman adabiyotining eng yaxshi namunalari ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
 
== Meʼmorligi ==
Armaniston hududida eng qadimgi meʼmoriy yodgorliklar neolit davriga mansub. Urartu davridan (miloddan avvalgi 9 — 6-asrlar) [[Teyshebaini]] va [[Erebuni]] (Yerevan, miloddan avvalgi 782 yilda asos solingan), antik davrdan Artashat, Tigranakert shlarining qoldiklari, [[Garni]] qal`asi (mil. 1-asr) saqlanib qolgan. [[Ksenofont]] tasvirlagan toifadagi turar joy — glxatun (rejada toʻgʻri burchakli, zinali yogʻoch gumbazli uy) 20-asrgacha anʼana tarzida saqlanib keldi. Xristianlik qabul etilgach (301 yil), cherkovlar ([[Echmiadzin]]dagi katta butxona, 5-asr), istehkom qasrlar, hashamatli saroylar (Zvartnots, Aruch, Dvindagi) qurildi. Bu binolarayoning rejasi aniq, meʼmoriy shakl-lari ixcham, bezaklari nafis. Uzunchoq yoki silindr shaklidagi gumbazli binolar (Zoravar, Ripsimdagi ibodatxonalar, Echmiadzindagi Gayane, hammasi 7-asr) barpo etildi. 9—12-asrlarda Armaniston meʼmorligi yuksak darajaga koʻtarildi. Shaharlarda mahobatli jamoat binolari va diniy inshootlar qurildi. Ani shahrida mustahkam mudofaa devorlari (989), Gagikashenda saroylar, ibodatxonalar (989—1010;meʼmor Trdat), Axtamar o.da saroy va cherkov (915—921; meʼmor Manuel) barpo etildi. 12—14-asrlarda jamoat meʼmorligi (mehmonxonalar, karvon-saroylar, koʻpriklar) rivoj topdi. Qoya toshlar orasini oʻyib hosil qilingan Gegard monastiri (Ayrivank) saqlanib qolgan. 14-asrda Armaniston meʼmorligida inqiroz boshlandi. Ammo bu davrda oʻzga mamlakatlarga borib oʻrnashib qolgan [[Armanlar|armanlar]] yashovchi joylarda arman ustalari ishtirokidagi qurilish rivojlandi ([[Feodosiya]], [[Lvov]]dagi arman ibodatxonalari, [[Kamenets-Podolskiy]], Lutskdagm imoratlar va boshqalar). Hozirgi zamon Armaniston meʼmorligi anʼanaviy milliy meʼmorlik, tabiiy va yangi ijtimoiy-maishiy sharoitlar asosida davom ettirilmoqda.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 68:
== Manbalar ==
{{Reflist}}
 
[[Turkum:Unitar davlatlar]]
[[Turkum:Geografiya]]
 
{{osiyo mamlakatlari}}
Qator 77 ⟶ 74:
{{Yerosiyo Iqtisodiy Hamkorligi}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Unitar davlatlar]]
 
[[Turkum:Geografiya]]
 
 
{{OʻzME}}