Ozarbayjon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ozarbayjon''' (-{Azərbaycan}-), Ozarbayjon Respublikasi (-{Azərbaycan Respublikası)}-, — Kavkazortining jan.-sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Mayd. 86,6 ming km2km². Aholisi 8,2 mln. kishi (2003). Poytaxti — Boku sh. Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi. Naxichevon Muxtor Respublikasi va Togʻli Qo-rabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kiradi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 10:
O.ning asosiy qismi Katta Kavkaz va Kichik Kavkaz togʻlari jan.sharqiy qismlarida, shuningdek, Tolish togʻlari oraligʻida joylashgan. Jan.
 
da Oʻrta Arake soyligi va uning shim. tarmogʻi bor (togʻlar O. hududining deyarli yarmini egallaydi). Kaspiy dengizi qirgʻogʻi kam parchalangan. Qirgʻoq chizigʻining uz. 800 &nbsp;km. Yirik yarim orollari: Apsheron, Kura qum tili, Sara; qoʻltiklari: Apsheron, Qizil-ogʻoch, Boku qoʻltiqchasi; yirik orollari: Artyom, Jiloy. Neft va gaz, te-mir rudasi, alunit, molibden, tosh-tuz konlari bor. O., asosan, subtropik zonada boʻlsa ham, quruq va nam subtropik iqlimdan togʻ tundrasi iqli-migacha boʻlgan iqlimni uchratish mumkin. Iyulning oʻrtacha t-rasi 25—27°, yanvarniki payettekisliklarda 0 dan +3°gacha, togʻlarda — 10° gacha. Eng issiq t-ra 40—43°, eng sovuq t-ra — 30°. Yogʻingarchilik juda notekis. Yillik yogʻin — 200 &nbsp;mm dan 1800 &nbsp;mm gacha. Yirik daryosi — Kura va uning asosiy irmogʻi — Arake. 250 ta koʻl bor (yiriklari Gajikobul va Buyukshoʻr). Tuprogʻi — kulrang-oʻtloq, shoʻrxok, kulrang-qoʻngʻir, jigarrang , kashtan, togʻ-kashtan va b. tuproklar. Oʻsimliklari juda xilmaxil — 4100 turdan oshadi. Pasttekisliklarda choʻl va chala choʻl oʻsimliklari, koʻproq butazorlar, Kura-Arake payettekisligining shoʻrxok yerlarida shoʻra, togʻ etaklaridagi tekisliklarda shuvoq va shu-voq-chalov oʻsadi. Oʻrmonzori 1146 ming ga. 2200—25002200–2500 m balandliklarda subalp va alp oʻtloklari bor. Hayvonot dunyosi turli-tuman: sudralib yuruvchilar, ke-miruvchilar, yovvoyi toʻngʻiz, nutriya, yenotsimon it, jayran, qoplon, ayiq, tustovuq, kaklik, gʻoz va oʻrdak kabilar. Kaspiy dengizi va Kura daresida baliq (losos, osetr, sevryuga, beluga va b.) moʻl. Zakatali, Turianchay, Kizilogʻoch, Shirvon va b. qoʻriqxonalar bor.
 
Aholisi, asosan, ozarbayjonlar (83%); ruslar, lezginlar, avarlar, kurd, tolish, saxur, tatlar va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Rasmiy tili — ozarbayjon tili. Yirik shaharlari: Boku, Sumgait, Mingechaur, Ganja, Lenkoran, Naxichevan. Dindorlari — asosan musulmonlar.
Qator 83:
 
== Kinosi ==
Birinchi ozarbayjon badiiy filmi — "Neft va millionlar olamida" 1916 y.da namoyish qilingan (rej. B. N. Svetlov). 1923 y.da O. fotokino boshkarmasi tashkil etilib, 1924 y.dan badiiy filmlar suratga olina boshlagan. 1945 y. U. Hojibekovning "Arshin mol olon" komediyasi ekranlashtirildi (1966 y. rej. T. Tagizoda shu filmning yangi variantini yaratdi). Tarixiy va ijtimoiy mavzulardagi "Latif", "Ismat" (rej. M. Yu. Mikailov) filmlari yaratildi. 1936 y. dastlabki ovozli filmlar — "Ol-mos" (rej. A. R. Kuliyev), "Moviy dengiz sohilida" (rej. B. V. Barnet, S. Mardonov), "Yangi ufq" (rej. E. Quliyev) dunyoga keldi. 50—70-y.larda O. kinematografiyasi yangi bosqichga koʻtarildi. "Hayot imtihoni" (rej. Sh. Mahmudbekov), "Bolalikning soʻnggi tuni" (rej. A. Boboyev), "Yurakyurak" (rej. E. Quliyev), "Vaxt kadri", (rej. G. Seidbeyli) filmlarida insonning ichki dunyosi, axloq-odob masalalarini yori-tishga harakat qilindi. Xalq oʻtmishini yoritishga kirishgan G. Seidbeyli, T. Tagizoda, E. Quliyev kabi rej.lar keyingi yillarda "Nasimiy", "Soʻngan gulxanlar shuʼlasi", "Bobak", "Asov Kura", "Yetti oʻgʻlim mening" filmlarini yaratdilar. O. kinochilari yiliga 4—5 badiiy, koʻplab voqeiy-hujjatli va multiplikatsiya filmlari ishlab chiqaradilar. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Qator 128:
* [http://gallery.azlink.info/gallery/igallery.asp Azerbaijan Photo Gallery]
 
 
{{stub}}
{{osiyo mamlakatlari}}
{{Yevropa}}
{{MDH}}
{{Kaspiy dengizining atrofidagi davlatlar}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Davlatlar]]
Qator 140:
 
 
{{stub}}
 
 
 
 
{{OʻzME}}