Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Belgiya''', Belgiya Qirolligi (flamandcha KoninKrijk Belgie. frans. Royaume de Belgique) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Shim. dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga boʻlingan. Mayd. 30,528 mingkm2mingkm². Aholisi 10 mln. 113 ming kishi (1996). Poytaxti — Bryussel sh.
 
 
== Davlat tuzumi ==
B. — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831 y.da qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993 y.) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 y. muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi.
 
 
== Tabiati ==
B. xududining koʻpchilik kismi payettekislikdan iborat boʻlib, shim.gʻarbdan jan.sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj choʻqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanv. da oʻrtacha tra 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 1500 &nbsp;mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogʻi shim.da asosai qoʻngʻir oʻrmon; janubda podzol va qoʻngʻir. B. mayd.
 
ining 18,7% ga yaqini oʻrmon, koʻproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn togʻlarida milliy bogʻ bor. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu. toʻngʻiz, oʻrmon mushugi, oʻrmon suvsari, tovushqon va b. yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, oʻrmon loyxoʻragi kabi ovlanadigan qushlar bor.
 
Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va b.lar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.
 
 
== Tarixi ==
Qator 22 ⟶ 19:
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Xristian xalq partiyasi, 1969 y.da tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978 y.da tashkil etilgan; "Agalev" — flamand ekologlari partiyasi, 1982 y.da tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964 y.da tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912 y.da tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945 y.da tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 28 ⟶ 24:
 
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 3% shugullanadi (har bir dehqon 80 kishini boqadi). Oʻrta va mayda fermer xoʻjaliklari (90 mingta) q.x.ning asosini tashkil etadi, bir xoʻjalikning oʻrtacha yer maydoni — 15 ga. Yetakchi tarmoq — chorvachilik, u butun q.x. mahsulotining 70% ini beradi. Asosiy q.x. ekinlari — bugʻdoy, arpa, sabzavot. Koʻpchilik mahsulot turlari boʻyicha q.x. ishlab chiqarishi ichki ehtiyojni 1,5 — 2 barobar ortigʻi bilan taʼminlaydi. Yetishtirilgan sabzavotning 80% i chetga chiqariladi; romen salati dunyoning 40 mamlakatiga sotiladi. Chetga chiqariladigan q.x. mahsulotlari ichida gʻalla va meva asosiy oʻrinni oladi. Kartoshka, qand lavlagi va b. ham yetishtiriladi.
 
 
== Transporti ==
B. muhim savdo va aloqa yullari chorrahasida joylashgan. U t. y. (3479 &nbsp;km) va avtomobil yoʻllari (14421 &nbsp;km) tarmogining zichligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yoʻlovchi tashiydigan va 27,3 ming yuk vagoni. 3,87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. B. hududidan 1500 &nbsp;km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib oʻtadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda toʻrtinchi, Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yoʻllarining uz.~ 1515 &nbsp;km. "Sabena" milliy aviakompaniyasi 70 dan koʻproq xalqaro aviayoʻnalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi "Zaventem" aeroporti toʻrt qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan bogʻlangan.
 
Chetga avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toshlar, asosan brilliant chiqariladi. Chetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — Olmoniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. franki.
Qator 37 ⟶ 32:
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1988 y.dan maorif sohasi B. federatsiyasi subʼyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. B.da 8 unt bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha unt markazlari, intlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud.
 
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz.lari: "Belang van Limburg" ("Limburg manfaatlari", 1897 y.dan), "Gazet van Antverpen" ("Antverpen gazetasi", 1891 y.dan), "Gazett de Bryussel" ("Bryussel gazetasi", 1984 y.dan), "Liberte" ("Ozodlik", 1991 y. dan); jur.lar: "Bon suare" ("Xayrli oqshom", 1922 y.). B. telegraf agentligi 1920 y. tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekoʻrsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoʻshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 51 ⟶ 44:
 
Flamand tilidagi adabiyot. Folklor, afsonalar, tarixiy rivoyatlardagina saqlanib qolgan flamand adabiyoti (18-a. boshlarigacha flamand adabiyoti niderland adabiyotining bir qismi edi) 19-a.nipg 40-y.larida shoir Ya. F. Villems boshchiligidagi millim demokratik harakat matnjasida qaytadai tiklandi. Bu davrda ijtimoiy mavzuda romam yaratish gʻarakati avj oldi (F. van Kerkxoven. R. Siiders, A. Bergman kabilar). K. Beysse ("Zoʻravonning qonuni". 1893; "Pamel oilasi", 1903). S. Stryovels ("Aastodagi hayot va ulnm". 1926; "Yaitye Verduur", 1944) flamand dehqonlari hayotini haqqopiy aks ettirdilar. 19-a. oxnri — 20-a. boshlarida dekadentlik oqimi paydo buldi. Uning namoyandalari: X. Teyrlink, F. Timmermans, K. van de Vusteyne, V. Muns kabilar. 2-jahon urushidan soʻng bir guruh yozuvchilar tinchlik va demokratiya uchun kurashdilar. P. van Aken "Oʻliklargina qutulib qola oladilar" (1947) asarida fashizmning kirdikorlarini fosh etdi. G. Valsxap "Kongodagi qoʻzgʻolop" (1953) romanida mustamlakachilik siyosatini, M. Geysen "Doʻstim qotil" (1958) novellasi va b. asarlarida amerikacha hayotni tasvirladilar. Shoir B. Brat, adiblardan L. P. Bon, M Deyze ijodi tinchlik va ijtimoiy haqiqat uchun kurash gʻoyalari bilan sugʻorilgan.
 
 
== Meʼmorligi ==
Qator 57 ⟶ 49:
 
larda gotika uslubi (Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar) rivojlandi. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida dunyoviy ruxdagi meʼmorlik qaror topdi (Bryussel, Kortreyk, Gent, Lyoven ratushalari). Uygʻonish davrsha B. meʼmorlik sanʼati markazlaridan biriga aylandi. 18-a. barokko anʼanalari qisman sakdansa ham (V. O. Yansens, P. Y. Verxagen) unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari taʼsir etdi (meʼmorlar: Ya. P. Baursxeydt, L. B. Devez; haykaltaroshlar L. Delvo, J. L. Godsharl, rassom A. Lsns va b.). 19-a.da B.ning millim meʼmorligi shakllandi. 19-a. oxirida B. meʼmorlikdagi "modern" uslubining vatani boʻlib qoldi. 20-a. boshlaridagi meʼmorlar hashamdorlikdan voz kechnb, qulay va oqilona yechimlarni izladilar. 2-jahon urushidan keyin sanoat va jamoat binolari, maʼmuriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi (X. van Kyoyk, R. Bram, L. Steynsn va b. meʼmorlar).
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 65 ⟶ 56:
 
larda devoriy rassomlik, dastgoh sanʼati, haykaltaroshlik va miniatyura rivojlandi. 16-a.da dastgoh rassomligi keng yoyildi (Ya. van Eyk, P. Breygel). 17 a.da B.da mustaqil rassomlik maktabi vujudga keldi va 18-a.gacha u flamand maktabi deb ataldi. Uning eng atokli namoyandalari: P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders, D. Tenirs va b. 19-a.daportretchiF. J. Navez, manzarachi T. Furmua, grafik va rangtasvirchi F. Rops, J. Yenzor, haykaltarosh K. Menye va b. 20-a.da B.da A. Savereys, R. Magrit, K. Psrmeke, F. Mazerel, P. Polyus kabi rassomlar ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati: yogʻoch oʻymakorligi va miskarlik, kashtachilik va sh.k. rivojlangan.
 
 
== Musiqasi ==
Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa anʼanalari zaminida shakllangan. Niderland maktabining 15 — 16-a.lardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso koʻp ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxshi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga taʼsir koʻrsatishgan. 17-a.ga kslib B. musiqasi oʻz peshqadamligini yoʻqotdi. 1700 y.da Bryusselda asos solingan "De la Monne" teatrida 18-a. boshlpridan J. B. Lyulli, A. Dstush singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-a. oxiridan B. kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1830 y.da mustaqil B. davlati barpo boʻlgach, B. musiqasining milliy xususiyati koʻrindi. Flamand shoxobchasinmng Antverpen maktabi tashkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boshqardi. 19-a.da Sh. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkachikompozitorlar maydonga chikdilar. B.da kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkachilardan A. Gryumo, K. van Nestelar mashhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqashunoslik in-ti bor.
 
 
== Teatri ==
Qator 75 ⟶ 64:
 
larda liturgiya, moralite va misteriya (diniy mazmundagi va nasihatgoʻylik) dramalari sahnaga qoʻyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoch teatr qurildi, u>gda xorijiy truppalar tomosha koʻrsatishardi. "De la Monne" teatri operalardan tashqari dramalarni ham sahnalashtirdi. 1782 y.da qurilgan va keyinchalik "Dyu Park" deb atalgan teatr sirk tomoshalarini va 1870 y.dan dramatik spektakllarni namoyish qildi. 19-a.ning 30-y.laridan B. dramaturgiyasi rivojlana boshladi. Gent, Antverpen va b. shaharlarda teatrlar ochildi. 1880 — 1900 y.larda B. teatrlariga Sh. Van Lerberg , M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta taʼsir koʻrsatdilar. 20-a.ning birinchi yarmida B. teatrlarida G. van Zip, Sh. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qoʻyildi. B.da "Dyu Park", "De Galeri", "Le Rido", "De la Burs", "Qirollik milliy teatri", "Niderlandiya kamer teatri" kabi teatrlar ishlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik sanʼat maktabi bor.
 
 
== Kinosi ==
1908 y.da Harrevelda birinchi kinostudiya tashkil qilimdi. 1919 y. "Belgiya kinokompaniyasi". 1922 i. "Belgiya film" kinostudiyasi vujudga keldi. 20-y.larda chet el rej.lari boshchiligida 20 ga yaqin film ishlab chiqarildi. B. kinosining "Baliqchi qushlar gavanda jon beradilar" (postanovkachi rej.lar R. Ksypers, I. Mixils, R. Verxavert, 1955), "Poyezd soat sayin joʻnaydi" (rej. A. Kavan, 1962). "Vidolashuv" (rej. R. Verxavert, 1966), "Izhori dil" (1968, rej. E. Dejelen), "Bredagi uchrashuv" (1971, rej. A. Dslvo) kabi filmlari diqqatga sazovor. B.ning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi bilan ajralib turadi.
 
 
== Oʻzbekiston — Belgiya munosabatlari ==
1993 i. B. poytaxti Bryussel sh.da UzR elchixonasi ochilgach, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga oʻtkazildi. 1996 y. iyunda B. delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvlari vaqtida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va B. ishbilarmonlari vakillarining biznes seminari ham boʻlib oʻtdi. OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning 1996 y. 12—14 poyab. da B. qirolligiga qilgan rasmiy tashrifidan soʻng ikkala mamlakat urtasidagi munosabatlar yangi pogʻonaga koʻtarildi. Tashrif davomida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan B.ning "Jeneral" banki oʻrtasida kredit bitami imzolandi. UzR Prezidenta bilan Belgiya bosh vaziri oʻrtasida imzolangan qoʻshma siyosiy Deklaratsiyada ikkala davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun xuquqiy iyegiz yaratildi. Oʻzbekiston bilan B. qirolligi urtasidagi muzoqaralar yakunida ikkiyoqlama soliq toʻlamaslik va daromad hamda sarmoyalarga soliq tulashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida konvensiya, shuningdek havo yoʻli toʻfisida bitim imzolandi. Mana shular natijasida ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy munosabatlar rivojlana boshladi. Toshkentda B. uch firmasining vakolatxonalari ochildi. B.lik tadbirkorlar bilan birgalikda tuzilgan "Vita", "Assekan LTD", "Sellyuloza interprayz" qoʻshma korxonalari binokorlik materiallari, xalq isteʼmol mollari i.ch., qishloqxoʻjalikxom ashyosini kayta ishlash bilan shugʻullanmoqda. 1996 y.dan ikki mamlakat urtasidagi tovar aylanmasi kupaya boshladi. Oʻzbekiston bilan B. oʻrtasida toʻqimachilik sanoati, q.x., qurilish, sayyohlik, bank tarmogʻi. yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash kabi sohalarda hamkorlik qilish istiqbollari ochilmoqda.
 
1994 y.da Oʻzbekiston delegatsiyasi (uning tarkibida viloyatlar va tumanlarning hokimlari bor edi) B.da boʻldi. Tashrif chogʻida yengil sanoat sohasida B.ning yuksak texnika va texnologiyaga ega boʻlgan yirik firmalari bilan hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi va aniq tadbirlar kelishib olindi. 1997 y. may oyida B. universiteti huzuridagi Yevropa siyosati in-tining direktori Lyuvyen Kstlin MelfliʼToshkentga kelganida UzR Adliya vazirligida mamlakatimiz huquqiy taʼlim muassasalarining faoliyatini yaxshilash maqsadida Yevropadagi bir qancha mamlakatlar hukuqshunos olimlari bilan hamkorlik qilish haqida kslishib olindi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Qator 90 ⟶ 77:
 
== Viloyatlar ==
[[Tasvir:Provinces_of_BelgiumProvinces of Belgium.svg|thumb|left]]
* [[Antwerpen (viloyat)|Antwerpen]]
* [[Vlaams-Brabant]]
Qator 106 ⟶ 93:
 
{{Yevropa}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Geografiya]]
Qator 114 ⟶ 102:
 
 
{{stub}}
 
 
 
{{OʻzME}}