Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ using AWB
Qator 8:
B. B.ning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shim.gʻarbi toglikdan, markazi va jan.sharki tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga boʻlib turgan Shim. Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismning jan.da (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi. Grampian togʻlaridan jan.da Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Jan. Shotlandiya qiri (bal. 842 m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels ya. o.ning gʻarbida Kembriy toglari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va jan. qismlarida pasttekisliklar (Shim.
 
Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (bal. 200—200– 300 m) bor. Shim. Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va b.) iborat.
 
B. B.da foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq mikdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shim. dengizning B. B. qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.
Qator 14:
B. B.da moʻʼtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Jan.gʻarbida yanvar ning oʻrtacha t-rasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shim.gʻarbida yoz salqin, sernam, jan.
 
sharqda ancha iliq va quruq. Shim. da iyulning oʻrtacha t-rasi 13°, jan.sharkda 16,5°. London va u ning atrofida tra yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18° gachatushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va kishda bir oz koʻproq) tushadi, jan.sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shim. Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000—1500 1000–1500 mm, ayrim joylarda 3000  mm gacha) yogʻadi. Jan.sharqda 600—750 600–750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; kuz va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim .da togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq, pasttekisliklarda, shim.gʻarbda va shim.
 
da chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va jan.da qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shim.da tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), jan.da keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. Oʻrmonlar B. B. maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va b. bor. Milliy bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud.
Qator 42:
B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari i. ch. ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota i. ch.), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild sh.larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim.
 
Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shim. dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.
 
Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Q. x.ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shim. dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.
 
 
== Transporti ==
Qator 63 ⟶ 62:
 
B. B.da radioeshittirishlar 1922 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1936 y.dan olib boriladi. B. B.da 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi — „British Brodkasting Korporeyshn“ — Bibisi 1922 y.da tashkil etilgan.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 75 ⟶ 73:
 
B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „Soʻna“ romanlari va b.
 
 
== Meʼmorligi ==
B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar (Stonxenj — megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester, Norij va b. ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-a.lar); gotika (12—15-a.lar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels sh.laridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-a.lar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-a.), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va b.) avj oldi. 19-a. oxiri, 20-a. boshlarida shaharlar qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va b. meʼmorlar) kjsaldi. 20-a. boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga uchradi va b. („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar.
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 91 ⟶ 87:
 
19-a. oxiri, 20-a. boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-a.ning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 99 ⟶ 94:
 
19-a. oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967 y.da ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va b. 20-a.ning atoqdi musiqachilaridir.
 
 
== Teatri ==
Qator 147 ⟶ 141:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{Yevropa}}
{{Katta sakkizlik}}
{{Andoza:Birlashgan Qirollik Bosh vazirlari}}
{{Katta yigirmattalik}}
{{G 20 sammitlari}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Geografiya]]
[[Turkum:Yevropa]]
Qator 160 ⟶ 156:
 
 
{{stub}}
 
 
 
 
{{OʻzME}}