Marokash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Izzy.neon (munozara | hissa)
podshoh tojikcha so'z. qirol o'zbekcha so'z.
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Marokash''', Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki AlMagʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 446,5 ming km2km². Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti—Rabot sh. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
M. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 y.da qabul qilingan, unga 1992 va 1996 y. referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999 y.dan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
M. hududining aksar qismini togʻlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Jan.gʻarbdan shim.-sharq tomon Atlas togʻlari choʻzilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol togʻi (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Oʻrta dengiz sohilining koʻp qismi togʻlik, qulay buxtalari bor. Jan. va jan.sharqdagi Sahroi Kabir choʻli qumloq va toshloqlan iborat. M. hududida zilzilalar boʻlib turadi. Kobalt, marganets, qoʻrgʻoshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, koʻmir konlari bor. M. koʻp qismining iqlimi subtropik; iyulning oʻrtacha t-rasi 24°— 28°, yanvar niki 10°—12°, togʻlardagi iqlim — kontinental. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda va shim.da 1000 &nbsp;mm ga yaqin, jan.da 200 &nbsp;mm gacha. Koʻp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-urRobia. Quruq oʻrmon va butazorlarning tuproklari jigarrang . Shim.dagi sohil tekisliklari va togʻ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari gʻoyat umumdor. Oʻrmonlar, asosan, togʻlarda saqlanib qolgan va M. hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurgʻoqchil dasht, chala choʻl va choʻllarda alfa oʻti, shuvoq va d-rin, Oʻrta dengiz sohilida makvis butalari oʻsadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi choʻchqa, chiyaboʻri, ilon, toshbaqa, shuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Togʻlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, togʻ daryolarida xonbaliq uchraydi. Dengizdan baliq ovlanadi.
 
Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va b.
 
 
== Tarixi ==
Qator 35 ⟶ 33:
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Istiqlol partiyasi, 1943 y. tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi, 1959 y. tuzilgan; Taraqqiyot va sotsializm partiyasi, 1974 y. asos solingan; Konstitutsiyachi ittifoq, 1983 y. taʼsis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959 y. tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981 y. asos solingan; Xalq milliy harakati, 1991 y. tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978 y. taʼsis etilgan; Xalq kuchlari sotsialistik ittifoqi, 1974 y. tuzilgan; Sotsialdemokratik harakat, 1996 y. asos solingan. M. mehnatkashlari umumiy ittifoqi, 1960 y. tashkil etilgan; M. mehnat ittifoqi, 1955 y. tuzilgan; Demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1978 y. asos solingan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 41 ⟶ 38:
 
Qishloq xoʻjaligi — M. iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning koʻp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% q. x.da band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. taʼminlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan koʻprogʻini donli ekinlar beradi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar koʻp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va oʻtloklar, 12% ni oʻrmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shim.da joylashgan. Mayda falloh xoʻjaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad hoʻjaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. Oʻrmonlarda poʻkakli dub qobigʻi va evkalipt yogʻochi, palma bargi tayyorlanadi.
 
 
== Sanoati ==
Qator 50 ⟶ 46:
Ogʻir sanoatning muhim tarmogʻi boʻlmish kimyo sanoati, asosan, fosfat xom ashyosini qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Fosfor kislota va kimyoviy oʻgʻit olish uchun Safi yaqinida qurilgan kimyo z-dlari yiliga 4 mln. t dan ortiq fosforitni qayta ishlaydi. Bo-shqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta ishlash z-dlari va b. shaharlardagi 9 ta sement z-di (eng yirigi Kasablankada), 7 ta metall ishlash va avtoyigʻuv z-dini koʻrsatib oʻtish mumkin. Nadordagi poʻlat prokat sexi, asosan, armatura ishlab chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan.
 
Mamlakat ichkarisida yuk tashishda t.y. asosiy rol oʻynaydi. 2000 &nbsp;km t.y.dan 867 &nbsp;km elektrlashtirilgan. Asosiy t.y. magistrali Marokash—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda M.ning garbiy va sharqiy qismlarini Jazo-ir va Tunis bilan tutashiradi. Avtomobil yoʻllari uz. 60 ming km. M.da 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi aeroportdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Agʻodir, Tanjer.
 
M. chetga, asosan, sanoat va q.x. xom ashyosi — fosforit, rangli metall rudalari, sitrus meva, baliq va uning konservasi, sabzavot, meva va ularning konservasi, fosfor kislota, oʻgʻit, poʻkak, kalava ip, jun, teri, goʻsht va b. chiqaradi. Chetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbobuskunalari, isteʼmol bu-yumlari, kimyoviy mahsulotlar, gʻalla, qand-shakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, Italiya. Pul birligi — M. dirhami.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Rabot va Kasablanka universitetlarining tibbiyot f-tlarida tayyorlanadi.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 63 ⟶ 57:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 20 ga yaqin gaz. va bir kancha jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Al-Alam" ("Bayroq", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1971 y.dan), "Al-Bayon" (arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1972 y.dan), "Ad-Demokrati" ("Demokrat", arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1982 y.dan), "Al-Magʻrib" ("Gʻarb", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1977 y.dan), "Opinon" ("Fikr", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1965 y.dan), "Risolat alUmma" ("Millat risolasi", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), "Lyam alif" (fransuz tilida chiqadigan oylik jur., 1966 y.dan). Magʻrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959 y.da tuzilgan. M. radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeshittirishlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 69 ⟶ 62:
 
M.ning arab va fransuz tillaridagi hozirgi zamon adabiyoti 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi taʼsirida rivojlana boshladi. A. Benjellun ("Bolalikda" va b.) va M. Safriui ("Moʻʼjizalar doʻkoni" va b.) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-y.larda fransuz tilida yozilgan romanlar salmokli oʻrinni egalladi (M. A. Lahbobiyning "Umid qoʻshiqlari" va "Zulmatdan ziyoga" asarlari). 60-y.lar adabiyotida dramaturgiya paydo boʻldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. Gʻallabning "Yetti eshik", Lahbobiyning "Tashna avlod" va b.). Bu davrda M. adabiyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi isteʼdodli yoshlar kirib keldi. 1960 y.da yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblardan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbogʻ, A. as-Salom, A. Larua, M. Barrada va b. mashhur.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 79 ⟶ 71:
 
Arab musiqa sanʼati turli-tuman boʻlib, arab mumtoz (aloʼ va samoʼ) va xalq (grix) musiqalarini oʻz ichiga oladi. Aloʼ va samoʼ kuylari baʼzan birbiriga yaqin boʻlsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Aloʼ — dunyoviy, saroy sanʼati boʻlib, asosini mumtoz arab sheʼriyati tashkil etadi. Samoʼ — diniy mazmundagi madhiya, mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qoʻshiqlari — grixlar qiroatga asoslangan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va b. tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning oʻziga xos magʻribcha uslubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozanda (qonun) va musiqashunos S. Sha-rqiy mashhur. M.da Milliy musiqa, raqs va drama sanʼati konservatoriyasi (Rabotda), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960 y.dan M.da har yili milliy musiqa festivali oʻtkaziladi.
 
 
== Teatri ==
M. teatr sanʼati xalq marosimlari, rasmrusumlari va oʻyinlari asosida vujudga kelgan. 12-a.dan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoshalari urf boʻldi. 19a. oxirlarida miyerlik va suriyalik truppalar gastrol bera boshladi. Fransuz va ispan hukmronligi davri (1912—56)da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda koʻpgina tomoshalar qoʻyildi. Baʼzi havaskor aktyorlar Yevropada taʼlim olib keldilar. 1923 y. Fosda uyushgan truppa 1929 y.gacha (rahbari dramaturg va rej. Abdulla bin Shakrun) xaloyiq oldida tomosha koʻrsatdi. Shu shaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Shaviy boshchiligidagi truppalar ishladi, Sale, Tanjerda ham kichik truppalar tuzildi. 1956 y.dan keyin teatr sanʼati rivojida yangi bosqich boshlandi. Kasablankadagi (Toyib Saddiqining Munitsipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boshchiligidagi Milliy teatri) yetakchi teatrlarda Yevropa, arab dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. 1961 y. radiola birinchi professional truppa tashkil topdi. M.da 100 dan ortiq havaskorlik teatrlari mavjud. 1960 y.dan Marokash sh.da M. sanʼati festivallari oʻtkazildi. 1959 y. Rabotda ochilgan Drama sanʼati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962 y.dan Musiqa, raqs va drama sanʼati milliy konservatoriyasi ishlay boshladi.
 
 
== Kinosi ==
Qator 90 ⟶ 80:
 
'''Morokko ''' (Morokko Qirolligi) poytaxti — [[Rabat]] shahri. [[BMT]] aʼzosi.
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Afrika]]
Qator 97 ⟶ 91:
 
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}