Kolumbiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Kolumbiya (maʼnolari)}}
'''Kolumbiya''' (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (Republica de Colombia) — Jan. Amerikaning shim.-gʻarbida joylashgan davlat. Mayd. 1138,9 ming km2km². Aholisi 46,370 mln. kishi (2012). Poytaxti — Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) sh. Maʼmuriy jihatdan 32 departament va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
K. — unitar respublika. Amaldagi Siyosiy konstitutsiyasi 1991 y. 4 iyulda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi. Ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni kongress amalga oshiradi. Kongress ikki palata: senat va vakillar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
K.ning sharqiy va shim. qismi pasttekislik, gʻarbida And togʻ tizmalari bor. And togʻlarining K.dagi qismi 3 asosiy tizma (Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera) dan iborat. Ularni Magdalena daryosi (Kauka va Patiya irmoqlari b-n) bir-biridan ajratib turadi. K.ning eng baland joyi — Kristobal-Kolon togʻi (5800 m). And togʻlarining gʻarb va shim. da Tinch okean va Karib boʻyi botqoqlashgan pasttekisliklari bor. Sharqiy qismidagi pastroq platolar Amazonka pasttekisligiga tutashib ketadi. Bir necha sungan va soʻnmagan vulkanlar (Uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va b.) bor. K.da neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis va temir rudalar, rangli va asil metallar, uran, zumrad konlari koʻp.
 
K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 29°, 1000—20001000–2000 m balandlikdagi togʻlarda 17—22°, 4000 m dan balandda 7° dan oshmaydi. Yillik yogʻin 1000-4000 1000–4000&nbsp;mm. Shim.-sharqida 200 &nbsp;mm gacha, Tinch okean pasttekisligida va unga tutash togʻ etaklarida 10000 &nbsp;mm gacha. Daryo koʻp, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va b. Yuklarning 95% Magdalena daryosida tashiladi. Pasttekislik va togʻ etaqlaridagi qizilsariq laterit tuproqli yerlarda nam tropik oʻrmonlar bor, qizil tuproqli yerlar savanna (lyanos) bilan qoplangan. Shim.sharqda buta va kaktuslar oʻsadi. Togʻ tepalarida oʻtloqlar (paramos), choʻqqilarida doimiy qorlar bor. Oʻrmonlarda maymun, yaguar, chumolixoʻr, tapir, yalqov, kaltakesak; qushlardan tunan, kolibri va toʻtilar, daryolarda timsoh uchraydi. Milliy bogʻlari: Chiribikete, Paramilo, Syerra-Nevada-de-Santa-Marta.
 
Aholisining aksari kolumbiylar. Ular indeys, ispan, negrlarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Keyinroq Italiya, Germaniya va Gʻarbiy Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qoʻshilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili — ispan tili. Xristianlikning katolik mazhabiga eʼtiqod qiladi. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bogota, Medelin, Kali, Kartaxena.
 
 
== Tarixi ==
Qator 24 ⟶ 21:
 
Konservatorlar bilan liberallar "sherikchilik" asosida "Milliy jabha" blokini tuzdilar (1957—74). Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal boʻlmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974—78 y.larda bir qator ilgʻor islohotlar oʻtkazdi. 1978 y. saylovda liberallar raxbari X.S.Turbay Ayyala gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998 y. prezident saylovida konservatorlar vakili A.P.Arango prezident, liberallar vakili G.B.Lesmus esa vitse-prezident etib saylandi. K. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 iyul — Mustaqillik kuni (1810).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Liberal partiya, 1815 y.da asos solingan; Sotsial-konservativ partiya, 1848 y.da tuzilgan; K. kommunistik partiyasi, 1930 y.da asos solingan; Milliy najot harakati partiyasi, 1990 y.da Sotsial-konservativ partiyadan chiqqan siyosiy arboblar tomonidan tuzilgan; Milliy xalq ittifoqi, 1964 y.da asos solingan; Demokratik alyans partiyasi, 1990 y.da tuzilgan. Kasaba uyushma birlashmalari: Demokrat mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi, 1971 y.da tuzilgan; K. demokrat mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1988 y.da tuzilgan; K. mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1934 y.da tuzilgan; Mehnatkashlar unitar kasaba uyushma markazi, 1986 y.da tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
K. — agrar-industrial mamlakat. Jan. Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturida importga erk berish, samarasiz davlat korxonalarini xususiylashtirish, xorijiy sarmoyani jalb etish koʻzda tutilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% q.x.da, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida mashgʻul. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27%, q.x.ning ulushi 22%.
 
 
== Sanoati ==
K.ning boy tabiiy resurslari asosida konchilik sanoati rivojlangan. Neft va temir rudasi qazib olish yetakchi sanoat tarmoqlaridir. Tabiiy gaz, toshkoʻmir, oltingugurt, nikel, oltin, platina, kumush, zumrad ham qazib olinadi (jahondagi zumradning 90%). Oziq-ovqat sanoati, asosan, q.x. xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, poyabzal, ichimlik i.ch. sohalari, tikuvchilik, toʻqimachilik, metallni qayta ishlash alohida oʻrin oladi. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Avtomobil, televizor va radiopriyomniklar yigʻadigan, stanok, sement, qogʻoz ishlab chiqaradigan z-dlar bor. Hunarmandchilikning ham salmogʻi katta. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75% gidroelektr styalariga, 25% koʻmir bilan ishlovchi elektr stansiyalariga toʻgʻri keladi.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qator 44 ⟶ 37:
 
K. chetga kofedan tashqari neft va neft mahsulotlari, kimyoviy mollar, qora metallurgiya mahsulotlari, zumrad chiqaradi. Chetdan sanoat asbob-uskunalari, transport vositalari, xom ashyo, isteʼmol va oziq-ovqat mahsulotlari keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi —K. pesosi.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Bemorlarga, asosan, xususiy tarzda xizmat koʻrsatiladi. Vrachlar 9 ta oliy oʻquv yurtining tibbiyot f-tida tayyorlanadi.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 56 ⟶ 47:
 
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki yilnoma va hikoyalar 1519 y.da paydo boʻlgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-a. boshlarida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash yillari (1810—26)da vatanparvarlik ruhidagi klassitsizm adabiyoti ravnaq topdi (K. Torres, L. Vargas Texad, X.M.Salasar va b. ijodi). X. X. Ortiye, X.E.Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X.M.Samper va b. yozuvchilar indeys qabilalarining oʻtmish hayotini madh etuvchi asarlar yozdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida "Yelkan ramzi", "Arboledlar jamiyati" va b. toʻgaraqlarda uyushgan X.A.Silva, M.A.Osodio va b. shoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. 1-jahon urushidan soʻng K. adabiyotida "avangardizm" paydo boʻldi. "Konrod epopeyasi" dostonining muallifi — A.M.Mutis, L.K.Lopes va b. ijtimoiy sheʼriyat anʼanalarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimoiy tanqidchilik kuchaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va b. ijodida kishilarning tabiat bilan toʻqnashuvini tasvirlash asosiy mavzu boʻldi. X.A.Osorio Lisarasoning shaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovchi "Yer ostidagi odam" va taraqqiyparvar arbob Gaytan oʻlimi toʻgʻrisidagi "Nafrat kuni" romanlari K. nasrining yutugʻihisoblanadi. 50-y.larda koʻproq partizanlar qarakatiga bagʻishlangan asarlar turkumi ("zoʻravonlik haqida romanlar") paydo boʻldi. G.G.Markesning "Yolgʻizlikning yuz yili" romani K. nasri rivojida muqim rol oʻynaydi. X.Pardo Gersia, K.Kastro Saavedra va b. oʻz asarlari bilan K. sheʼriyatiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
 
 
== Meʼmorligi ==
Hoz. K. hududida toshdan qurilgan ibodatxona va istehkomlarning vayronalari topilgan. K. ispanlar tomonidan bosib olingach, 15-a. oxiri va 16-a.da indeys manzilgohlari oʻrnida Kartaxena, Bogota, Tunxa kabi shaharlar barpo etildi, ularning markazida toʻgʻri burchaqli kucha va maydonlar qurildi, shaqlan koʻrimli va sipo binolar tiklandi. 16-a. oʻrtasidan 17-a. oʻrtalarigacha italyan uygʻonish davri meʼmorligi "mudehar" uslubi unsurlari bilan birga qoʻshildi. 16—18-a.larda gʻishtin uyli, toʻgʻri koʻchali shaharlar, monastir cherkovlari barokko va yangi mudehar uslubida qurildi. 20-a. boshlarida sanoat rivoji natijasida shaharlar koʻpaydi. 1930-y.lardan AKSH va Braziliya meʼmorlik maktablari taʼsirida zamonaviy binolar koʻplab qurila boshladi. 1940— 70 y.larda yangi kvartallar, sanoat majmualari, bank, firma binolari, stadion, bozorlar koʻpgina shaharlarning koʻrkiga koʻrk qoʻshdi (Kartaxenadagi stadion, Bogotadagi Moderno gimnaziyasining kapellasi va b.). Pekin mamlakatdagi turar joylarning koʻpchiligini loy va qamishdan ishlangan kulbalar tashkil etadi. Zamonaviy inshootlar orasida Bogotadagi "Tekendama" mehmonxonasi, "Filips Kolobiana" firmasining binosi ajralib turadi.
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
K. hududida qadimdan indeyslar madaniyati (kulollik buyumlari, oltin, kumush haykallar, tilla taqinchoqlar tayyorlash) rivojlangan. Mil. av. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillik boshlarida San-Agustin madaniyati (Jan. K. oʻrmonlaridagi tosh qaykalchalar, boʻrtma tasvirlar), bu madaniyatga yaqin Tyerradentro, Narino, Kalima madaniyatlari ham mavjud boʻlgan. 16-a.gacha markaziy va shim. viloyatlarda chibcha indeyslari madaniyati ravnaq topgan (oltin, mis, kumush zeb-ziynat buyumlari, haykalchalar, idishlar, toʻqimachilik, oʻymakorlik namunalari). 16—17-a.larda mahalliy rassomlik maktabi vujudga keldi, diniy va hayotiy mavzularda asarlar yaratildi (portretlar, devoriy rasmlar). 19—20-a. boshlarida P.X.Figeroa, X.M.Espinosa kabi rassomlar xalqning mustaqillik uchun kurashi mavzularida asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy muammolarga qiziqish kuchaydi. P.N.Gomes Agudelo, I.Gomes Haramilo, M.Dias-Vargas, E.Martines, X.Rodriges Asevedo, L.A.Akunya kabi rassomlar, X.O.Betankur, R.Roso va b. haykaltaroshlar mashhur. 1930 y.da asos solingan K. Badiiy akademiyasi keyinchalik Bogota nafis sanʼat maktabiga aylantirildi.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 72 ⟶ 60:
 
ning 40-y.larida K. musiqa sanʼatining rivojlanishida Italiya opera truppalari va K.da yashovchi Yevropa kompozitorlarining roli katta boʻldi. 19-a. boshlarida K.da yashagan ingliz E. Prays K. Filarmonik konsert jamiyatini, uning oʻgʻli J.Prays Milliy musiqa akademiyasini tashkil etdi (1882; 1910 y.dan Milliy konservatoriya). A.Velasko, E.Salas, O.Sindichi (milliy madhiya muallifi), "Ester" va "Florinda" operalarining muallifi X. M. Ponse de Leon 19-a.ning mashhur kompozitorlari hisoblanadi. Milliy simfonik orkestrning asoschisi — dirijyor G. Espinosa, kompozitorlar G. Uribe Olgin, A. Mariya Valensiya, qoʻshiqchi L. Masia, musiqashunos X. I. Pendromo Eskobar, X. B. Silva va b. 20-a.da K. musiqa madaniyatini rivojlantirgan ijodkorlardir. Bogotada opera teatri, milliy konservatoriya, folklorni oʻrganuvchi i.t. markazi, "Folklor baleti" bor. K. milliy radiosi mumtoz va milliy musiqani targʻib qilish sohasida katta ish olib borayotir.
 
 
== Teatri ==
18-a. oxirlarida Bogotada ilk bor teatr tomoshalari koʻrsatilgan. X.M.Salasar, L.Vargastexada, S.Peres, A.L.Gomes, A.Alvares Lyeras, L.E.Osorno va b. 19-a.da hamda 20-a. 1-yarmida koʻzga koʻringan K. dramaturglari hisoblanadi. 50-y.lar oʻrtalarida K. teatrining faoliyati yaxshilandi, truppalar paydo boʻldi, festivallar oʻtkazildi. Milliy drama sanʼati maktablari tashkil qilindi. Zamonaviy teatr madaniyatining rivojlanishida Kalidagi Tajriba teatri, madaniyat uyi va "La mama" truppalari, shuningdek, Bogotadagi Xalq teatri muhim rol oʻynaydi. Un-t teatrlari ham keng yoʻlga qoʻyilgan (ular 1966 y.dan festival oʻtkazib turadi). Zamonaviy mashhur dramaturglardan O.Dias, X.Salamea, K.X.Reyes va teatr arboblaridan E. Buenaventur, S. Garsia hozirgi K. teatri sanʼatini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan.
 
 
== Kinosi ==
Qator 86 ⟶ 72:
 
{{Janubiy Amerika mamlakatlari}}
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Amerika]]
Qator 93 ⟶ 83:
 
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}