Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (3) using AWB
Qator 66:
 
== Geologik tuzilishi va relyefi ==
Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-oʻrinda. Mayd. 29,6 mln. km2km², orollari bilan 30,3 mln. km2km². Aholisi 720 mln. kishi (1995). Deyarli oʻrta qismidan ekvator chizigʻi oʻtgan. Shim.dan jan.ga tomon qariyb 8 ming km ga choʻzilgan. Shim. qismining eni 7500  km (Almadi burnidan Xafun burnigacha). Jan. qismining eni 3100  km. Shim.da Oʻrta dengiz, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oʻralgan. 120  km li Suvaysh boʻyni orkali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar boʻgʻozi ajratib turadi (eng tor joyi 13  km). Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqda Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o.lari; gʻarbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o.lari; Gvineya qoʻltigʻida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqrokdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya olari va b. Qirgʻoqlari uzilmali, kam parchalangan, koʻpincha togʻlardan iborat. Kdogʻoq yaqinida pasttekisliklar bor. Qoʻltiqlari keng va ochiq, eng yiriklari — Gvineya va Sidra (Katta Sirt). Qulay buxtalari kam. Eng yirik yarim oroli — Somali.
 
Afrikaning koʻproq qismi kembriydan oldin burmalangan platformadan iborat boʻlib, ustini paleozoy, mezozoy va uchlamchi hamda toʻrtlamchi davr jinslari qoplab yotadi. Qadimgi kristall jinsli zamin Markaziy Sahroi Kabir, Syerra-Leone, Sharqiy Sudan balandliklarida (anteklizalar), Kongo botigʻi atroflarida va ayniqsa, Sharqiy hamda Jan. Afrikada yer yuzasiga chiqib yotadi. Platformaning shim. qismida (Sahroi Kabir, Sudan) zamin juda chuqur joylashgan (Sahroi Kabir — Arabiston platosi), jan. qismida keng maydonlarda esa yer yuzasiga chiqib qolgan (Jan. Afrika qalqoni). Jan. va shim.-gʻarbda kembriydan oldingi platformaga zamini burmalangan plat-forma tuzilmalarining ayrim qismilari kelib qoʻshilgan. Bu tuzilmalar Kap togʻlarida va Atlas togʻlarining ichki rayonlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Alp burmalanishi davrida Afrikada Atlas togʻlarining shim. sohil boʻyi tizmalarigina koʻtarilgan. Kristall jinslardan iborat qadimgi peneplenlarning keng tarqalishi va choʻkindi jins qoplamalarining kam burmalanganli-gi natijasida materik relyefi yassidir. Afrikada plato va togʻliklar koʻp. Ularni tektonik yoriqlar boʻlib-boʻlib yuborgan. Qirlar hamda platolar ustida qoldiq choʻqqilar va vulkan togʻlari koʻtarilib turadi. Afrikaning eng baland nuqtasi — Kilimanjaro togʻidagi Kibo choʻqqisi (5895 m). Afrika koʻp qismining dengiz sathidan bal. 1000 m dan oshmaydi. Olimlar Afrika quyi paleozoy burmalanishi davrida Jan. Amerika va Hindiston (Gondvana materigi) bilan quruqlik orqali birlashib turgan deb hisoblaydilar. Paleozoyda Sahroi Kabir — Arabiston platformasining ayrim qismlari dengizlar tagida qolgan. Afrikaning qolgan qismi relyefi uzoq davr davomida yemirilib tekislangan. Geologik tuzilishi va turli iqlim zonalarida tashqi omillarning relyefga turlicha taʼsir etishi natijasida materikda bir qancha geomorfologik oblastlar paydo boʻlgan: 1. Oʻrtacha balandlikdagi Atlas burma togʻlari. 2. Sahroi Kabir. Qumli choʻllar Sahroi Kabirning 1/4—1/8 qismini egallaydi. 3. Sudan tekisliklari oʻlkasi. Bu yerda orol shaklidagi togʻlar koʻp. 4. Yuqori Gvineya balandligi. Uning gʻarbida kristall jinsli qoldiq togʻlar va sharqida asosan qumtoshli platolar uchraydi. 5. Kongo botigʻi. 6. Habashiston togʻligi. 7. Somali zinapoyali platosi. 8. Uzilmalar va grabenlar bilan oʻyilgan Sharqiy Afrika togʻligi. Bu togʻlikning baʼzi joylari lava bilan toʻlgan va vulqonlar koʻtarilib turadi. 9. Jan. Afrika Kalaxari botigʻini va uning atrofidagi balandliklarni hamda Kap togʻlarini oʻz ichiga oladi.
Qator 74:
 
== Iqlimi ==
Ekvator chizigʻi materikni teng ikki qismga boʻlib turganidan Afrikaning ekvatordan shim. va jan. tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan shim. va jan. tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, yaʼni shim.da yoz boʻlganida jan.da qish boʻladi va aksincha, Jan. yarim sharda yezda oylik oʻrtacha temperatura 30°dan ortiq boʻlganda, shim. qismida pasayib 10°,25°ga tushadi. Yozda Afrikaning shim. yarmida oʻrtacha oylik temperatura 25ye, 30° (Sahroi Ka-birda), jan. yarmida esa 25ye, eng janubida 12ye boʻladi. Afrikadagi Tripoli shahri (Liviya) yaqinida Yer yuzida eng yuqori temperatura (58°) qayd kilingan. Kongo botigʻi va Gvineya qoʻltigʻining shim. sohilida juda koʻp (yiliga 1500—2000 1500–2000 mm) yogʻin tushadi. Afrikada eng seryogʻin joy Debunja (Kamerun togʻi etagi)da, yiliga 9655  mm yogʻin tushadi. Yogʻin miqdori, Sudan-da jan.dan shimolga tomon kamayib boradi. Qolgan rayonlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlashgan sari ortadi (200  mm dan 1500  mm gacha); Sahroi Kabirda, Kalaxarining jan.-gʻarbida va Namib choʻlida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi taʼsiri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgʻir (100—200 100–200 mm) yogʻadi. Afrikaning shim. va jan. chekkalarida yomgʻir qishda (yiliga 600—700 600–700 mm) yogʻadi.
 
== Suvlari ==
Afrikada daryolarning geografik taqsimlanishi ham, sersuvligi ham turlicha. Atlantika okeaniga Kongo (Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinchi oʻrindagi daryo — 4370  km), Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi (2660  km). Oʻrta dengizga asosan Nil (Afrikadagi eng uzun daryo — 6671  km) quyiladi. Afrika maydonining 1/3 qismidan koʻprogʻi ichki suv havzalaridir. Bu yerlarda sernam mavsumlardagina suv oqadi (Sahroi Kabir, Kalaxari, Sharqiy Afri-kaning bir qismi). Katta daryolar turli xil iqlimli oʻlkalardan oqib oʻtadi va rejimi juda murakkab. Dare oʻzanlarida ostonalar va sharsharalar koʻp (Nil ostonalari, Zambezidagi Viktoriya sharsharasi, Kongodagi Stenli va Livingston sharsharalari). Afrikadagi eng yirik koʻllar tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan: Sharqiy Afrikadagi Albert, Eduard, Kivu, Tanganika (chuq. 1435 m — chuqurligi jihatidan dunyoda Baykal koʻlidan keyin 2-oʻrinda), Nyasa, Rudolf koʻllari ana shu-lardandir. Afrikadagi eng yirik koʻl — Vik-toriya koʻli. Efiopiya togʻligida Tana koʻli bor, chala choʻl oʻlkalarida oqmaydigan shoʻr koʻl koʻp (Chad, Ngami).
 
== Tuproq va oʻsimliklari ==
Qator 101:
{| border="1"
!Davlatlar
!Maydoni<br>(ming km2km²)
!Aholisi<br>(mln. kishi)(1995)
!Poytaxti
Qator 234:
1. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil <br />
----
[[Turkum: Geografiya]]
{{stub}}
 
 
== Ishoratlar ==
{{reflist}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum: Geografiya]]
 
 
{{stub}}
 
 
 
{{OʻzME}}