Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Kislota''' ([[rus tili|rus.]] ''кислота'' - "nordonlik") [[asos (kimyo)|asos]] bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota [[vodorod]] va [[kislota qoldigʻi]]dan iborat boʻladi. Kislota [[kalsiy]] kabi metallar va [[natriy karbonat]] kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar [[pH]] koʻrsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH boʻlsa, kislota shunchalik kuchlidir.
 
Keng tarqalgan kislotalar sirasiga [[sirka kislotasikislota]]si ([[sirka]]da), [[sulfat kislotasikislota]]si ([[akkumulator]]larda) va [[vino kislotasi]] ([[meva]]larda) kiradi. Kislotalar [[eritma]], [[suyuqlik|suyuq]], [[qattiq]] yoki [[gaz]] holatlarda boʻladi. Kuchli va baʼzi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq [[karboran kislotasi|karboran]] va [[bor kislotasi]] kabilarda bu xususiyat mavjud emas.
 
Kislotalar uchun keng tarqalgan uchta taʼrif bor: Arrhenius ({{talaffuz|Arrenius}}), Brønsted-Lowry ({{talaffuz|Broʻnsted-Louri}}) va Lewis ({{talaffuz|Luis}}) taʼriflari. Arrhenius taʼrifi kislota eritmada [[gidroksoniy]] ionlari (H<sub>3</sub>O<sup>+</sup>) konsentratsiyasini oshiradigan moddadir, deydi. Brønsted-Lowry taʼrifi qoʻshimcha qiladi: kislota [[proton]] donori boʻla oladigan moddadir. Kundalik hayotda duch keladigan aksariyat kislotalar [[suvli eritma]] yoxud suvda eriydi, shuning uchun ushbu ikki taʼrif koʻproq qaraladi. Kislota pHi 7 dan kamligi sababi gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi 10<sup>-7</sup> [[Mol (oʻlchov birligi)|mol]]/[[litr|l]] dan oshiqligidadir. pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb taʼriflangani uchun kislota pHi 7 dan kichikdir. Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra osonlikcha protonsizlasha oladigan har qanday birikma kislota, deb hisoblanishi mumkin. Misol qilib O-H yoki N-H qismlarini oʻz ichiga oladigan [[spirt]] yoki [[aminlar]]ni olish mumkin.