Malayziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Malaziya_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Malayziya''' (Persekutuan Tanah Malaysiu) — Jan.-Sharqiy Osiyodagi davlat. X,ududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy M. (Malayya) Malakka ya. o.ning jan.da, Sharkiy M. Kalimantal o.ning shim. qismida joylashgan. Mayd. 332,8 ming km². Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — [[Kuala Lumpur|Kuala-Lumpur]] sh. Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
M. — federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963 y.da kabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957 y.gi konstitutsiyasi asos kilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — oliy hukmdor (podshoh, 2001 y. 12 dek.dan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
M. ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka ya. o.ning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (bal. 1000–2000 m; eng baland joyi — Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90&nbsp;km gacha) payettekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. M.dagi eng baland joy — Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra yil davomida 25°—28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000&nbsp;mm. Daryolari (Rajang , Paxang , Baram, Kinabatangan va b.) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va b. oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.
Qator 18 ⟶ 17:
15-a.da va 16-a. boshlarida Malakka ya. o., Riau arxipelagi va Sumatra o.ning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511 y. Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. M. hududining gʻarbiy qismi — Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi — Joxor 16— 18-a.larda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641 y. Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-a. oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786—1888 y.lar davomida inglizlar hozirgi M. hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
 
2-jahon urushi davrida M.ni yapon armiyasi bosib odni. 1943 y. M.da boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945 y. 2 sent.da yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi — xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari M.ga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaktda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948 y.lardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 y.dan Malayya Ittifoqi va 1948 y.dan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946 y. Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 y. iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949 y. fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955 y. Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957 y.dan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957 y. 31 avg . da Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963 y. 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida M. Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965 y. M. bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. M. 1963 y.dan [[BMT]] aʼzosi. 1992 y. 1 yanvaryanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. M.ning milliy bayrami — 31 avg . — Milliy kun (1957).
 
da UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. M.ning milliy bayrami — 31 avg . — Milliy kun (1957).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 41 ⟶ 38:
30-y, larda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va b.ning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.
 
50-y.larda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950 y. bir guruh qalamkashlar — K. Mas, U. Avang , M. Asraf, A. Samad Ismoil va b. „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.
 
Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va b.ning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.
Qator 68 ⟶ 65:
{{manbalar}}
 
{{osiyoOsiyo mamlakatlari}}
{{OʻzME}}<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
{{stub}}
 
{{OʻzME}}
{{osiyo mamlakatlari}}
 
[[Turkum:Malayziya| ]]
[[Turkum:Janubiy-Sharqiy Osiyo]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}