Ozarbayjon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 62:
 
== Musiqasi ==
[[Fayl:Stamps of Azerbaijan, 2011-991.jpg|thumbnail|[[Ozarbayjon Respublikasining Madhiyasimadhiyasi]]]]
O. hududidan topilgan qoya rasmlari (mil. av. 5—3-ming yillikda yaratilgan), arxeologik materiallar bu yerda musiqaning juda ham qadimiyligini koʻrsatadi. Mehnat qoʻshiqlari, tarixiy va lirik qoʻshikdar, hazil qoʻshiqlar keng tarkalgan. Qoʻshikdar koʻpincha yakka, baʼzan guruh boʻlib ijro etiladi. Chertib chalinadigan tor, soz, ud tori, ishqab chalinadigan kamoncha, puflama tutak, bolomon, surnay, zarb berib chalinadigan nogʻora, qoʻsh nogʻora, doira kabi musiqa asboblari ozarbayjon xalqining qad. sevimli cholgʻu asboblari sanaladi. Oʻrta asrlardayoq maqomlar tad-qiq qilingan. O. maqomlari nazariyasi U. Hojibekov tomonidan yozilgan ("Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari", 1945 y.da nashr etilgan). U. Hojibekov Fuzuliy dostoni asosida "Layli va Majnun" (1908) operasini, "Arshin mol olon" (1913) komediyasini yaratdi. 1921 y.da konservatoriya, 1931 y.da birinchi notali xalq cholgʻu asboblari orke-stri tashkil qilindi. 1938 y.da simfonik orkestr tashkil topdi. 1927 y.da R. Glierning "Shohsanam" operasi sah-naga qoʻyildi. M. Magomayevning "Nargiz" (1935), U. Hojibekovning "Koʻroʻgʻli" (1937) operalari O. musiqa sanʼati rivojida muhim voqea boʻldi. Q. Qorayev, J. Hojiyev, F. Amirovning opera va simfoniyalari mashhur. Sh. Mamedova, Bulbul, R. Beybutov, P. Bulbul oʻgʻli, M. Magomayev kabi xonandalarning faoliyati diqqatga sazovor.