Darvishbek Rahmonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 27:
Shu [[davr]] mobaynida „Qaldirgʻoch“ koʻp marta chet ellarda [[ijod]]iy [[safar]]larda boʻlgan. [[Toshkent]] shahrida oʻtkaziladigan har bir [[bayram]] tadbirlarida „Qaldirgʻoch“ [[sirk]] [[jamoa]]si faol qatnashib keladi. Ustoz ishonchini oqlab Darvishbek polvon rahbarlik qilayotgan namunali sirk jamoasidan 34 yil ichida koʻplab shogirdlari, jonglyorlari, akrobatlari, ekvilibristlari, koʻz bogʻlovchilari, pantomimchilari, qiziqchi-masxarabozlari, dorbozlari va „Qaldirgʻoch“ [[sirk]] [[truppa]]sining boshqa [[sobiq]] shogirdlari Toʻychi Tojiboev (Toʻychi Xon)<ref>[http://www.bigcirc.ru/main/premera-czirkovogo-spektaklya-zak-li-natel <small>Premera sirkovogo spektaklya „Zak-Li-Natel“</small>]</ref>, Zuhra Parpieva (Tojiboeva)<ref>[http://magicpedia.ru/magicians/tabid/435/articleType/ArticleView/articleId/258/----1965.aspx <small>Tuychi Xan — Tadjibaev Tuychibay Madaminovich</small>]</ref>, Azamat Mahkamov, Baxtiyor Tojiboev, K.Jabborova, Aleksandr Sorokin<ref>[http://www.pv.uz/today/12.08.10 Na arene „Lastochka“]</ref>.hozirgi kunda xorijiy professional sirk maydonlarida oʻz sevgan sanʼatlarini namoyish etishmoqda.
[[Ot]] oʻrnini [[toy]] bosar deganlariday Darvishbek Rahmonovning [[farzand]]lari Xurshid, Xulkaroy, Umidbek, Muxsinalar „Qaldirgʻoch“ [[sirk]] [[jamoa]]sining aʼzolari. Ular [[ota]]sidan [[sirk]] [[sanʼat]]i [[sir]]larini oʻrganishib, bugungi [[kun]]da original [[sirk]] postanovkalarini qoʻyishmoqda<ref>[http://soglom.uz/gazeta-sonlari/46-2012-40/308-ostonasi-oltin-deyman-uyimni.html <small>Ostonasi oltin deyman uyimni</small>]</ref>. Oʻgʻli Umidbek yoshligidan [[sirk]]ka qiziqib, besh yoshida [[jahon]]da eng [[yosh]] narvon ekvilibristi boʻlgan. U 6 yoshida [[respublika]] televizion tanlovining gʻolibi boʻlgan. Darvishbek polvon hamisha izlanishda, yangi original postanovkalarni qoʻyadi. [[Dastur]]larida koʻchirmachilik koʻrinmaydi, chiqishlari boshqa [[jamoa]]lardan farq qiladi, ular ijro etgan tomoshalar boshqa guruhlarda qaytarilmaydi.
Darvishbek polvon [[turmush]] oʻrtogʻi Masturaxon Valieva bilan toʻrt [[farzand]] va uchta [[nevara]]sini [[tarbiya]]lamoqda va [[sanʼat]] yoʻlida ularga ustozlik qilmoqda.
 
== Olgan mukofotlari va sovrinlari ==