Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 10:
Ya. aksariyat togʻli mamlakat; mamlakat gʻarbida Yaman togʻlari joylashgan (eng baland joyi 3600 m — AnNabi-Shoib togʻi). Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻi sohili boʻylab Tixoma choʻli choʻzilgan.
 
Sharqida Rub ulXoliul Xoli choʻliga tutashib ketadnganketadigan uncha baland boʻlmagan yassitogʻlik va tepaliklar joylashgan. Qizil dengiz qirgoqlari kam parchalangan, ayrim joylarda marjon riflari bor. Ya.da osh tuzi, alebastr, neft, marganets rudasi, yarim qimmatbaho toshlar bor. Iqlimi tropik, hududining katta qismida quruq iqlim. Urtacha t-ra yanvarda 20—25°, iyunda 21—32°. Yillik yogʻin 40–1000 mm. Daryolari yilning koʻp qismida quriydi. Eng muhim daryosi — Masila. Tuproqlari qizil qoʻngʻir, ayrim joylarda shoʻrxoklar uchraydi. Togʻlarning koʻp qismida oʻsimlik oʻsmaydi; togʻ yon bagʻirlari akatsiya, mimoza, oleandr, aloe, fikus oʻsimliklari bilan qoplangan. Tekisliklarda choʻl va chala choʻl oʻsimliklari, vohalarda xurmo palmasi oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan gʻizol, yovvoyi eshak (onagr), yirtqichlardan sirtlon, boʻri, tulki, qoshtop bor; gamadril va pavian maymuni uchraydi. Qirgʻoqqa yaqin suvlarida baliq turi koʻp.
 
Aholisining koʻpchiligi arablar; shuningdek, efiop, hind, yahudiy, somalilar, pokistonliklar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 23,5%. Yirik shaharlari: Sano, Adan, Taiz.