Saljuqiylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Messir (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Messir (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Saljuqiylar davlati''' — Yaqin va Oʻrta Sharq, qisman [[Movarounnahr]]da saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038—1308). S.d.ga Saljuqnnj nevarasi Sulton [[Toʻgʻrulbek]] asos solgan. [[Saljuq turklariturklar]]i 11-a.ning 20y.larida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u xibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviilarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb zlon qiddilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng , u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Astasekin saljuqiylar [[Xuroson]], [[Xorazm]], Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, [[Iroq]] ([[Bagʻdod]] bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar. [[Bagʻdod]]da [[Toʻgʻrulbek]] nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar xalifasi alQoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050 y.da Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.
 
Alp Arslon va Malikshoh xukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam oʻrnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qoʻshinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham boʻysundirilgan. Shu davrda [[Balx]], Termiz (1044), [[Buxoro]], [[Samarqand]] (1089), keyinchalik Fargʻona vodiysi saljuqiylar qoʻl ostida birlashgan.