Termiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 71:
T. shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda T. hududiy jihatdan kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (mil. 2-a.) xisoblanadi. Oʻsha davrda T. Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri boʻlgan.
 
Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. Oʻsha davrda T. Termizshoxlar hokimligining poytaxti boʻlib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686—704) T. 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan iborat boʻlgan. 10-a.da yozilgan "Hudud ulOlam" asarida T. "Jayxun boʻyidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo boʻyida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chagʻoniyon axdiahli shu yerda savdo qiladi", deb taʼriflangan.
 
10—12-a. boshlaridaTBoshlarida T. ravnaqtopganravnaq topgan. Toxaristonning yirik shahri, hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan. Bu davrda T. hududi 500 ga dan optik, maydonni egallagan. Shaharda bir qancha mahobatli binolar barpo etilgan. Shulardan Eski shahar qismida TermizshoxlarTermizshohlar saroyi saklanib qolgan.
 
Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. T.da tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori boʻlgan. Shaharda oʻnlab karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Oʻsha davrda T. yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimuulamolarolimu ulamolar oʻrta asr Sharqining fan, madaniyat va maʼrifatiga oʻz hissasini qoʻshgan.
 
T. vaqtvaqti bilan Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, XorazmshoxlarXorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. 1220 y.da T. moʻgʻullar tomonidan vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida qayd qilinishicha, T. aholisi moʻgʻullarga qattik, qarshilik koʻrsatgan va shu bois shahar "Madinat urrijol" ("Mardlar shahri") deb ham atalgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng , 14-a.da T. Surxondaryo sohiliga yaqin joyda yangidan qad. koʻtardi. Shahar oʻz oʻrnini bir necha bor oʻzgartirsada, asrlar davomida oʻz nomini Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz koʻrinishlarida saklab kelgan.
 
Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), T. Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407 y.da Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi T. qalʼasi qayta tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504—05 y.larda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib, 18-a.ning 2yarmida shahar oʻzaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saklanib qolgan.