Islomiy bayramlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rotlink (munozara | hissa)
k fixing dead links
Ximik1991 (munozara | hissa)
Qator 4:
== Hayit ==
=== Iyd al-Fitr ===
{{main|Iyd al-Fitr}}
 
Iyd (عيد) arabcha so`z bo`lib, o`zbek tilida ''"bayram"'', ''"hayit"'' degani va Fitr so`zi esa ro`za tutish deganidir.
Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki ro`za hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon oyida musulmonlar tong otgandan kun botguniga qadar ro`za tutadilar, ya'ni yeyish, ichish va jinsiy aloqadan tiyiladilar. Ro`za hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun botgandan so`ng boshlanadi. Ushbu bayram [[O`zbekiston]]da ham musulmonlar tomonidan keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb e'lon qilingan.<ref>[http://uza.uz/uz/documents/5089/ O`zA:“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”]</ref>
 
=== Iyd al-Adha ===
{{main|Iyd al-Adha}}
 
Iyd al-Adha (عيد الأضحى), yoki '''Qurbon hayiti''', Iyd a-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayram [[Ibrohim]] [[payg`ambar]]ni sharafiga nishonlanadi. Islomga ko`ra Ibrohim payg`ambar Allohga sodiqligini ko`rsatish uchun o`z o`g`lini qurbon qilishga ham tayyor bo`lgan.
Ushbu bayram an'anasiga ko`ra qo`y yoki mol so`yilib, uning go`shti oila, do`stlar va muhtojlarga ulashiladi.