Tojik tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
216.104.36.237 (mun.) tomonidan qilingan 1689836-sonli tahrir qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 13:
|sil=
}}
[[File:Tajiks of Uzbekistan.PNG|thumb|right|270px]]
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tojik tili''' — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shim. Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. T.t.da jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.