Shofirkon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 60:
SH. Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida yozilishicha , shahar nomi "Shopurkom", yaʼni Shopur qazdirgan ariq (kanal) soʻzlaridan kelib chiqqan. Keyinroq ariq yonida vujudga kelgan qalʼa ham "Shopurkom" deb atalgan deyiladi. Sh.da oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik rivoj topgan. Sh. haqida ayrim maʼlumotlar Mahmud ibn Valining "Bahr alasror" ("Geografiya") (17-asr) asarida ham keltirilgan. Ayniyning yozishicha, 19-asr oxirlari va 20asr boshlarida Sh. va uning atrofidagi qishloqlarni bir necha marta qum bosgan.
 
SH.da vino zavodi, gilampaxta toʻqishtozalash f-kasi, Buxoro pillakashlik f-kasi filializavodi va boshqalar sanoat korxonalari, 4 qurilish tashkiloti, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, avtovokzal, mehmonxona, aloqa boʻlimi, turli banklar boʻlimlari, 100 dan ortiq savdo, jamoat ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. 50 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar internat maktabi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Muxtor Ashrafiy nomidagi sanʼat maktabi, 4 kasb-hunar kolleji (q.x., maishiy xizmat koʻrsatish, iqtisodiyot kollejlari,pedagogika kolledji) bor. 9 kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, "Xotira" yodgorligi, stadion, 10 dan ortiq sport maydonchalari, 5 sport zali mavjud. Markaziy tuman kasalxonasi, 4 poliklinika, 10 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi.
 
Ad. Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Maxmud ibn Vali, More tayn otnositelno doblestey blagorodnix (Geografiya), T., 1977; Buxoro Sharqdurdonasi, T., 1997.