Pablo Escobar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 26:
[[1977-yil]]da Pablo uch nafar givohfurush hamtovoqlari bilan “Medelin kokain shirkati” nomli yirik tashkilotga asos soladi. Bu tashkilot kokain ishlab chiqarish va tarqatish borasida dunyoda tengi yoʻq edi<ref>{{cite web|url=http://www.medellintraveler.com/escobar.html |title=Pablo Escobar – The Medellin Cartel |publisher=Medellintraveler.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref>. Pablo Escobar ushbu kartelning rahbari oʻlaroq, “kokain qiroli” boʻldi<ref name="colombialink.com">{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html |title=Pablo Escobar Gaviria – English Biography – Articles and Notes |publisher=ColombiaLink.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref><ref>{{cite web|author=Business |url=http://businessnews.za.msn.com/gallery.aspx?cp-documentid=155873587&page=1 |title=Pablo Emilio Escobar 1949 – 1993 9 Billion USD – The business of crime – 5 'success' stories |publisher=Businessnews.za.msn.com |date=2011-01-17 |accessdate=2011-03-16}}</ref>. Shu bilan birga Pablo aholining muhtoj qatlamlari, kambagʻallar uchun bepul uy-joylar, stadionlar, maktablar qurib bergan. Koʻpchilik tahlilchilar fikricha, u qochish kerak boʻlganda aynan shu kambagʻallarga tayanishi mumkin ekanligini hisobga olganligini aytib oʻtganlar.
 
=== Siyosiy faoliyati va terror ===
[[1982-yil]]da 32 yoshli Pablo Escobar [[Kolumbiya]] [[parlament]]i - Kongressning aʻzosi boʻldi. Endi u mamlakat rahbari boʻlishni niyat qila boshladi. Uning jinoiy faoliyatidan xabardor Parlament aʻzolari uni Kongressdan siqib chiqarishga urinishadi. Prezidentlik saylovlari boshlanishidan avval [[Kolumbiya]] Adliya vaziri Rodrigo Lara Bonilla jinoiy faoliyatdan kelgan daromadlarni saylovga aralashtirmaslik uchun narkotrafikka qarshi kampaniya boshlab yubordi. Nihoyat, [[1984-yil]]da vazirning harakatlari bilan Escobar parlamentdan quvilgan. Buning uchun Escobar vazirdan oʻch olgan: uning mashinasini ottirib tashlagan, vazir joyida oʻlgan.
1980-yillarning oʻrtalariga kelib [[Ronald Reagan]] boshchiligidagi [[AQSh]] maʻmuriyati narkotik moddalarning nafaqat AQSh, balki butun dunyoda tarqalayotganligidan xavotir bildirdi. Ular [[Kolumbiya]] rahbariyatidan kokain savdosi bilan shugʻullanayotgan [[jinoyat]]chilarni [[AQSh]] maʻmuriyatiga berishni talab qildilar. Narkomafiya esa bunga javoban “Extraditables” deb ataluvchi [[terror]] tashkiloti tuzdi. Tashkilot aʻzolari narkomafiya faoliyatiga qarshi chiqqan har qanday kishini beayov yoʻq qilardi. Hukumat Escobarga qarshi haqiqiy urush eʻlon qildi. Pablo har safar yashirinishga majbur boʻlardi. Bunda unga oddiy xalq har doim yordam bergan. [[1989-yil]]da u hukumat bilan shartnoma tuzishga urinadi, biroq buning foydasi boʻlmaydi. Escobar qoʻl ostidagi qotillar tomonidan [[Prezident]]likka nomzod, Oliy sud raisi va ichki ishlar vazirining oʻrinbosari oʻldiriladi<ref>{{cite web|url=http://historico.elpais.com.co/paisonline/notas/Noviembre162006/pablo.html|title=El Pais - Cali Colombia nacional “Pablo Escobar financió la toma del Palacio de Justicia” “Escobar financió toma del Palacio de Justicia”|work=elpais.com.co}}</ref>.
[[1989-yil]]ning [[27-noyabr]] kuni [[Bogota]]dan uchayotgan [[Boeing 727]] samolyoti havoda portlab ketadi. 101 kishi halok boʻladi. Bu ish Escobarning terror tashkiloti tomonidan sodir etilgani aniqlanadi. Hukumat tomonidan mamlakatdagi kokain plantatsiyalari yoʻq qilinayotgan bir paytda, terrorchilar maxfiy politsiya rahbariga [[suiqasd]] uyushtiradilar. Hujum natijasida 62 kishi halok boʻladi, 100 dan ortiq kishi jarohatlanadi.
 
=== Qidiruv ===
[[Kolumbiya]] hukumati bu safar Escobarni qoʻlga olish uchun “maxsus guruh”tuzadi. Qidiruv ishlari natijasida Escobar guruhidan bir necha kishi qoʻlga olinib, [[AQSh]] maʻmuriyatiga topshiriladi. Pablo kelishuvga erishish yoʻllarini qidira boshlaydi. Buning uchun u bir qancha yirik hukumat amaldorlarini garovga oladi va ularni qoʻyib yuborish evaziga hukumatdan uning jinoyatlarini kechirilishni talab qiladi. Talablarning barchasi bajarilgan taqdirda, Pablo baʻzi mayda jinoyatlarini tan olishga va qamoqxonada oʻtirishga vaʻda beradi. U oʻzi qurgan “qamoqxona”da “oʻtirgan”. [[Qamoqxona]] koʻngilochar majmuaga oʻxshatib qurilgan boʻlib, Pablo istagan vaqtida bu yerga kelib-ketib yurgan, hattoki bu yerda bir qancha oʻziga yoqmaydigan odamlarni qiynab oʻldirgan. Uning bu hatti-harakatlaridan xabar topgan davlat rahbari Pabloni haqiqiy qamoqxonaga tashlashni buyurgan. 1992-yil 22-iyulda Pablo qamoqdan qochib, yashirinadi<ref>{{cite news|url=http://www.nytimes.com/1992/07/23/world/colombian-drug-baron-escapes-luxurious-prison-after-gunfight.html?pagewanted=3&src=pm|title=Colombian Drug Baron Escapes Luxurious Prison After Gunfight|last=Treaster|first=Joseph B.|date=23 July 1992|work=The New York Times|page=1|accessdate=21 July 2011}}</ref>.