Abu Ali ibn Sino: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
VASHGIRD (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
AlexUzb (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
| koʻrsatgan_ta'sirlari = [[Al-Beruniy]], [[Umar Xayyom]], [[al-Gʻazzoliy]], [[Averroes]], [[Nosir al-Din Tusiy]], [[Ibn al-Nafis]], [[Averroizm]], [[Sxolastitsizm]], [[Albertus Magnus]], [[Duns Scotus]], [[Thomas Aquinas]], [[Jean Buridan|Buridan]], [[Giambattista Benedetti|Benedetti]], [[Galileo Galilei|Galileo]], [[William Harvey|Harvey]]
| mashhur_fikrlari = Zamonaviy [[tibbiyot]] otasi, [[moment]] konsepti va [[aromaterapiya]], [[neyropsixiatriya]] kashshofi.
}}'''Abu Ali ibn Sino''' (toʻliq ismi: ''Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī''; ''[[arab tili|arabcha]]'':''' أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا''') [[Oʻrta Osiyo]] [[TojikTurkiy xalqlar|turkiy]]<ref>Ravil Bukharaev, Islam in Russia: The Four Seasons, Palgrave Macmillan, 16 Eyl 2000, p.95</ref><ref>Theodore Craig Levin, The Hundred Thousand Fools of God: Musical Travels in Central Asia (And Queens, New York), Indiana University Press, 1996, p.40</ref> olimi, [[faylasuf]]i. [[980|980-yilning]] [[18-iyun]]ida [[Buxoro]] yaqinidagi [[Afshona]] qishlogʻida tugʻilgan va [[1037|1037-yilning]] [[16-avgust]]ida [[Hamadon]]da vafot etgan.<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi --> Gʻarbda '''Avitsenna''' ({{lang2|en|Avicenna}}) ismi bilan mashhur.
 
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Bu-xoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qurʼ-on va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻilga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
Qator 23:
 
Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bundam vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois I. S. oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-a. boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilmfanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034 y. v. e.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saql Ma-sihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005 y. I. S. ham kelib qoʻshildi. Xorazmda I. S, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu soqalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyokarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahami-yat kasb etdi. I. S. ning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. I. S. Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, I. S. u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna qukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz ti-kadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abu-l-Hammor Gʻaznaga ketadilar. I. S esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 y. larda yashirincha Xo-razmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzokda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan I. S Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, I. S azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining jan.sharqida joylashgan Jurzkon amirligiga yetib keladi. I. S. Jurjonda 1012—1014 y. larda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Juzjoniy bilan uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U I.S.ga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U I.S. bilan olimning soʻnggi damigacha, 25 y. davomida birga boʻladi. I. S. tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Juzjoniyning xizmati katta.
[[Fayl:TajikistanP17-20Somoni-1999(2000)-donatedsb f.jpg|framed|Ibn Sino portretiga bilan 20 [[Tojikiston]] [[Somoniy]]]]
 
Jurjondalik vaqtida I. S. ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va b. fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 y. olim Jurjonni tark etib, Rayga kuchdi. I. S. Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda I. S. savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani da-voladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois I. S. Rayni tark etib, nisbatan kuchlirok, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) quzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bulib ishlaydi, sung vazirlik mansabiga kutariladi. Davlat ishlari bilan band buli-shiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yara-tadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ash-shifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.