Eroniy xalqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 70:
 
=== Hozirgi eroniy xalqlar ===
* '''[[Forslar]]''' va [[tojiklarTojiklar]] ([[Fors tili|fors.]], [[Dari tili|dari]] فارسان، پارسان، ایرانی‌ها، تاجیک‌ها ''fårsån, pårsån, irånihå (īrånīhå), tåjikhå (tåjīkhå)'', [[Tojik tili|tojik.]] ''форсон, порсон, эрониҳо, тоҷикҳо'').
* '''[[Pushtunlar]]''', baʼzida '''afgʻonlar''' ([[Pashtu|pusht.]] پښتون, gʻarbda ''paṣ̌tún'', sharqda ''paxˇtún'') — sharqiy-eroniy xalq. Koʻplari yarimkoʻchmanchi. Eroniy [[pushtu tili]]da soʻzlashishadi. Asosan [[Afgʻoniston]]ning janubiy va sharqiy qismida, shuningdek shimoliy va gʻarbiy [[Pokiston]]da keng tarqalgan.
* '''[[Pashaiylar]]''', baʼzida '''lagʻmoniylar''' ([[Fors tili|fors.]] پشه‌ای) — janubi-sharqiy eroniy xalq. Asosan Afgʻonistonning[[Afgʻoniston]]ning [[Qobul]] va Qunar daryolari va togʻliklarida, [[Pokiston]]ning Haybar-Paxtunxva viloyatida keng tarqalgan. Pashaiylar soni taxminan 100 000 kishini tashkil etadi. Asosan [[Pashai tili|pashai tili]]da, shuningdek dari va pushtun tillarida soʻzlashishadi. Dini va eʼtiqodi boʻyicha pashaiylar asosan islom dinining sunniy mazhabiga mansub, baʼzilari esa shia mazhabining ismoiliy oqimiga mansub.
* '''[[Kurdlar]]''' ([[Kurd tili|kurd.]] ''Kurd'' /کورد, ''Kurmancî'' /کورمانجی) — gʻarbiy-eroniy xalq. Asosan hozirgi [[Turkiya]] janubi-sharqi, sharqiy va shimoliy [[Iroq]], gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy [[Eron]], shimoliy va sharqiy [[Suriya]]da keng tarqalgan. Qabilali boʻlinishlarga ega boʻlib, [[kurd tili]]ning turli sheʼvalarida soʻzlashishadi. Ushbu sheʼvalar ikki katta guruhga: kurmanji (shimoliy kurd tili) va sorani (janubiy kurd tili) sheʼvalariga boʻlinadi. Kurdlar etnosiga shuningdek zazalar va goʻroniylar ham qoʻshiladi. Kurdlar soni taxminan 35—40 million kishini tashkil etadi<ref>CIA: 14 million in Turkey, 6.2–6.5 million in Iraq, 6.5-7.7 million in Iran (all for 2011), plus several million in Syria, neighboring countries, and the diaspora</ref><ref>The Kurds: culture and language rights (Kerim Yildiz, Georgina Fryer, Kurdish Human Rights Project; 2004): 18% of Turkey, 20% of Iraq, 8% of Iran, 9.6%+ of Syria; plus 1–2 million in neighboring countries and the diaspora</ref><ref>Sandra Mackey , “The reckoning: Iraq and the legacy of Saddam”, W.W. Norton and Company, 2002. Excerpt from pg 350: “As much as 25% of Turkey is Kurdish.”</ref>. Dini va eʼtiqodi boʻyicha asosan islom dinining sunniy mazhabiga, shuningdek shia va alaviy mazhabi, yezidizm va xristian diniga boʻlinadi.
* '''[[Balujlar]]''' ([[Baluj tili|baluj.]] بلوچ ''balōč'') — yarimkoʻchmanchi sharqiy-eroniy xalq. Asosan qabilalarga boʻlinadi va balujlarning soni taxminan 10 million kishini tashkil etadi. Asosan [[Pokiston]]ning [[Balujiston]] provinsiyasi, [[Afgʻoniston]]ning janubi-sharqiy qismi va [[Eron]]ning [[Siston va Balujiston]] ostanida keng tarqalgan. Balujlar asosan islom dinining sunniylik mazhabiga mansub.
* '''[[Mozandaronlar]]''' va '''[[Gilaklar]]''' ([[Mozandaron tili|mozand.]] مزرونی، تاپوری ''mazruni, topuri,'' [[Gilak tili|gilak.]] گیلک ''giläk'') — [[forslar]]ga yaqin qarindosh hisoblanadigan eroniy xalqlar. [[Eron]]ning shimoliy qismidagi [[Mozandaron]] va [[Gilon]] ostanlarida, [[Kaspiy dengizi]]ning janubiy qirgʻoqlari atrofida keng tarqalgan. Mozandaronlar soni taxminan 4 million, gilaklar soni esa taxminan 2—3 million kishini tashkil etadi. Ushbu ikki xalqning tillari Eronda hech qanday maqomga ega emas va ular [[fors tili]] sheʼvalaridan biri deb hisoblanadi. Ikkala xalq ham islom dinining shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
* '''[[Lurlar]]''' va '''[[Baxtiyoriilar]]''' ([[Fors tili|fors.]] لر، بختیاری ''lor, baxtiyårī'') — yarimkoʻchmanchi eroniy xalqlar. Asosan [[Eron]]ning gʻarbiy qismida keng tarqalgan. Fors tili sheʼvalarida soʻzlshishadi. Lurlar soni taxminan 4—8 million kishini, baxtiyoriilar soni esa taxminan 150—200 ming kishini tashkil etadi. Asosan islomning shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
 
== Madaniyati va eʼtiqodi ==