Eroniy xalqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 78:
* '''[[Lurlar]]''' va '''[[Baxtiyoriilar]]''' ([[Fors tili|fors.]] لر، بختیاری ''lor, baxtiyårī'') — yarimkoʻchmanchi eroniy xalqlar. Asosan [[Eron]]ning gʻarbiy qismida keng tarqalgan. Fors tili sheʼvalarida soʻzlshishadi. Lurlar soni taxminan 4—8 million kishini, baxtiyoriilar soni esa taxminan 150—200 ming kishini tashkil etadi. Asosan islomning shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
* '''[[Pomir xalqlari]]''' — sharqiy eroniy tillar va sheʼvalarda soʻzlovchi xalqlar. Asosan [[Tojikiston]]ning [[Pomir]] togʻli oʻlkasida, shu jumladan [[Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati]]da, shimoli-sharqiy [[Afgʻoniston]]da, shimoliy [[Pokiston]]da va [[Xitoy]]ning [[Sinszyan-Uygʻur muxtor rayoni|Shinjon-Uygʻur muxtor tumani]] janubi-gʻarbida keng tarqalgan. Pomir xalqlari soni har xil hisob-kitoblarga koʻra 250—300 ming kishini tashkil etadi. Pomir xalqlari asosan islom dinidagi shia mazhabining ismoiliy oqimiga eʼtiqod qilishadi.
* '''[[Hazoralar]]''' (''hazōra'') — [[Chingizxon]] davridan qolgan [[moʻgʻul]] askarlarining mahalliy aholi bilan aralashib vujudga kelganlar avlodlari. Asosan [[Afgʻoniston]]ning togʻli hududlarida keng tarqalgan. Asosan dari tili va fors-tojik tillari sheʼvalarida soʻzlashishadi. Hazoralar asosan islomning shia mazhabiga mansub boʻlib, qariyb 7 million kishini tashkil etishadi.
 
== Madaniyati va eʼtiqodi ==