Izzat Sulton: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 39:
* [[1966]] yil-[[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] muxbir aʼzosi,
* [[1995]] yil-[[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] haqiqiy aʼzosi, [[akademik]],
 
Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi boʻlgan. Izzat Sulton koʻplab asarlar muallifi.
 
Taqdir Izzat Sultonga turmushning qaysi koʻchalarida yurish va yashashni ravo koʻrgan boʻlmasin, uning koʻnglida adabiyotga, buyuk shoir va mutafakkir [[Alisher Navoiy]]ga boʻlgan mehr doimo yashadi… Buni qarangki, boʻlajak adabiyotshunos olimning „Yosh leninchi“ [[gazeta]]sining [[1931]] yil 16 sentyabr sonida bosilgan ilk maqolasi oʻzbek tili va adabiyotining shu buyuk asoschisiga bagʻishlangan va „Mir Alisher Navoiy“ deb atalgan edi. Shundan keyin uning „[[Farhod va Shirin]]“ning yangicha qoʻyilishi", „Adabiy merosimizni oʻrganaylik“ (1937 y.), „[[Rustaveli Shota|Rustaveli va [[Navoiy]]“, „Mir [[Alisher Navoiy]]“ (1938 y.), „Makorim ul-axloq“ haqida", „Navoiyning tadqiqotchilari“ (1941 y.), „Makorim ul-axloq“ va uning muallifi" (1945 y.), „[[Navoiy]]ga zamondosh shoirlar toʻgʻrisida“ (1948 y.) singari qator maqolalari eʼlon qilindi. Uning [[1942]] yili yozgan „Buyuk Alisher“ kinossenariysi esa [[Uygʻun]] va V.Shklovskiy bilan hamkorlikda yozilgan „[[Alisher Navoiy]]“ kinossenariysi hamda [[Uygʻun]] bilan hammualliflikda yozilgan shu nomdagi mashhur dramaning maydonga kelishida poydevor boʻlib xizmat qildi. [[Komil Yormatov]] ekranlashtirgan film ham, Mannon [[Uygʻun]] sahnalashtirgan spektakl ham oʻzbek kino va teatr sanʼatlarining shoh asarlaridan biri boʻlib qoldi. Olim [[1946]] yilda "[[Alisher Navoiy]]ning „Mezon ul-avzon“ asari va uning tanqidiy matni" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu tarzda [[Alisher Navoiy]] mavzui Izzat Sulton ilmiy va ijodiy faoliyatining asosiy qon tomiri boʻlib qoldi. 1957 yili Izzat Sulton [[Chilonzor tumani]]da joylashgan adabiyotchilar yashaydigan koʻp qavatli uyga koʻchib oʻtdi. U bilan birga bu uyda [[Said Ahmad]], [[Odil Yoqubov]], [[Rahmat Majidiy]], Samig Abduqaxxor, [[Poʻlat Moʻmin]], Aleksandr Udalov, Anna Almatinskaya, [[Shuhrat]], Vaxob Roʻzimatov, Zohid Obidov, Tolib Yoʻldosh, Aziz Abdurazzoq, V.Ivanov, Vladimir Lipkin, [[Ozod Sharafiddinov]], Rahmon Bahrom, Yusuf Boʻlat, J.Abdullaxonov, Mavlon Ikrom va boshqa adabiyotchilar yashashdi. Izzat Sulton [[Toshkent]]dagi [[Chigʻatoy]] qabristoniga [[2001]] yili dafn etilgan.