Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
'''UNESCO''' ('''U'''nited '''N'''ations '''E'''ducational, '''S'''cientific and '''C'''ultural '''O'''rganization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), [[Birlashgan Millatlar Tashkiloti]]ning mahsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, [[1946]]-yil tashkil qilingan.
 
Bu tashkilotning qurulishigaqurilishiga, [[1945]]-yil Noyabr oyida [[London]]da 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi [[Parij]]da. Uch organdan — Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.
 
'''Yunesko''' — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946 yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993 yil 26 oktyabrdan) aʼzo (2004). YUNESKO Us t aviga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi.