Moskva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 68:
== Iqtisodiyoti ==
[[Fayl:Московский международный деловой центр «Москва-Сити» 14.07.2014.jpg|230px|thumb|left|Moskva Siti]]
Moskvada aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sano-atlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-as-bobsozlik (M.da Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va koʻtargich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, boʻyoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash z-dlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli poʻlatdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall buyumlar ishlab chiqariladi. M. — yengil, asosan, toʻqimachilik (Rossiya ip gazlama ishlab chiqarishning 5,9%, ipakning 9,4%, hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sanoatining anʼanaviy markazi. Poligrafiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda koʻpgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. AMO "ZIL", AZLK avtomobil z-di, "Moskva podshipniki" va aviatsiya korxonasi ishlab turibdi.
== Transport ==
Shahardan turli yoʻnalishlarda temir yoʻl liniyasi ketgan. Har kuni M.ning 9 ta temir yoʻl vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yoʻlovchi kelib-ketadi. M.da 3 yirik dare porti (Gʻarbiy, Shim. va Jan.) bor. M. 13 avtoyoʻl orqali Rossiyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan bogʻlangan. M. mamlakat havo yoʻllarining eng yirik tugunidir (Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). M.da Rossiyaning toʻngʻich va eng katta masofaga choʻzilgan (1999 yil da 160 stansiya) metropoliteni mavjud.

== Oʻquv yurtlari ==
Poytaxtda Rossiya FA, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 1000 dan ziyod i.t. instituti va konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 13 un-t mavjud. Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar — Kichik teatr, M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, "Sovremennik", A. I. Raykin nomidagi "Satirikon", S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qoʻgʻir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. M.da "Mosfilm" kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. M. mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud.
 
== Tarixiy va arxitektura yodgorliklari ==
[[Fayl:Moscow Bolshoi Theatre 2011.JPG|thumb|right| Katta teatr (2011)]]
[[Fayl:Fountain moscow europe square night bird.png|thumb| Evropa maydonidagi fontan]]
Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar — Kichik teatr, M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, "Sovremennik", A. I. Raykin nomidagi "Satirikon", S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qoʻgʻir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. M.da "Mosfilm" kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. M. mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud.
 
Moskvada 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, [[Kreml]]ning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi meʼmorlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud.