Almaz Ülvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
| native_name = ozarbayjoncha: Almaz Qasım qızı Binnətova
| native_name_lang =
| image = Almaz Ülvi.jpg
| image_size = 250px
| alt =
| caption =
| birth_date = {{Tugʻilgan kuni|1960|08|.08}} .1960
| birth_place = [[Ozarbayjon]]
| death_date =
Qator 41:
}}
 
'''Olmos Ulviy''' (''Olmos Qosim qizi Binnatova'') — [[Ozarbayjon fanlar akademiyasi|Ozarbayjon Milliy Bilimlar AkademiyasiningAkademiyasi]]ning Nizomiy nomidagi adabiyot instituti bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor.<ref>[http://kh-davron.uz/kutubxona/turk/ozbek-adabiyotining-ozar-tadqiqotchisi.html OBID SHOFIEV. O’ZBEK ADABIYOTINING OZAR TADQIQOTCHISI — '''kh-davron.uz''']''Oʻzbek tilinde''</ref>
 
==Portretiga chizgilar==
Olmos Ulviy [[1960]] — yil 8-avgustda Ozarbayjonda o’qituvchi oilasida tavallud topgan. 1977 — yilda o’rta maktabni tamomlagan. Bolalikdan kitobga oshno tutinadi. Albatta, bunda kasbi o’qituvchilik bo’lgan otasining ta’siri katta bo’lgan. Hali bola paytidayoq amerikalik yozuvchi Teodor Drayzerning “Dohiy” asarini mutolaa qiladi. Asar voqealarini, mazmun-mohiyatini hali to’la idrok etolmasa-da yosh Olmosga asar juda katta estetik zavq berdi, Yujin timsoli unga o’zgacha ruh bag’ishladi. Olmos ozarbayjon adibi Ilyos Afandiev, tatar shoiri Musa Jalil asarlarini sevib mutolaa qildi, Chexov, Gi de Mopassan ijodidan bahramand bo’ldi. Kitobga, adabiyotga mehr uni filologiya sohasiga yetakladi. 1978-1984 - yillarda Baku Davlat Universitetida tahsil oldi. 1986-1988-yillarda Ozarbayjon Tillar Universitetini ikki yillik fors tili bo’limini tamomlaydi. Fors tilini o’rganish uni klassik shoirlarni shu tilda bitgan asarlarini o’qish, uni sirli dunyosidan voqif bo’lish imkoniyatini berdi.
 
Hozirgi kunda Olmos Ulviy Ozarbayjon Milliy Bilimlar Akademiyasining Nizomiy nomidagi adabiyot institutining “Turk xalqlari adabiyoti” bo’limida bosh ilmiy xodim bo’lib xizmat qiladi. Filologiya fanlari doktori, professor. U 1984-1997-yillarda “Adabiyot va insoniyat” gazetasida va 1997-yildan hozirga qadar davlat gazetasi bo’lmish “Xalq gazetasi”ning “Adabiyot va insoniyat” bo’limida ishlaydi. Olmos Ulviy 1995-yilda “Demokratiya va milliy mustaqillik yo’lidagi harakatning poeziyada aksi” mavzusida nomzodlik, 2010-yilda esa “XX asr Ozarbayjon adabiyotshunosligida o’zbek klassiklarining o’rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
 
Olmos Ulvi [[1990]]-yilda Ozarbayjon Ozodligi yo’lida shahid bo’lgan Ozarbayjon Milliy Qahramoni Ulvi Bunyodzodaning xotirasiga “Ulvi Bunyodzoda Xotira Muzeyi”ni tashkil etgan. Shuningdek, u “Atilla” nomli ilmiy, adabiy-badiiy jurnalning ta’sischisi va bosh muharriridir.
 
Olmos Ulvi oilali. Umr yo’ldoshi Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasining Fol`klor institutida ilmiy xodim bo’lib faoliyat yuritadi. Atilla ismli o’g’li bor. 30-yildirki, olima matbuotda ilm, adabiyot, tarix, publitsistikaga oid maqolalari bilan muntazam chiqish qilib keladi. Gazeta va jurnallarda, kitob, almanax va ilmiy to’plamlarda, bir qator xalqaro jurnallarda turk, o’zbek, turkman, rus, ingliz, gruzin, arab, fors, nemis, qozoq, qirg’iz, tatar va boshqa tillarda ilmiy maqolalari e’lon qilingan. Umuman, Ozarbayjon va xorijda 500 dan ortiq maqolasi chop etilgan. Olmos Ulviy O’zbekiston, Turkiya, Qirg’iziston, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Turkmaniston, Avstriya va boshqa mamlakatlarda 60-dan ortiq ilmiy simpozium va konferentsiyalarda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.