Samarqand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 92:
Shoʻro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham koʻchib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa oʻz holicha tashlab qoʻyildi, koʻp meʼmoriy yodgorliklar qarovsiz qolib, haroba holiga kelib qoldi.
 
== Samarqand mustaqillikdan keyin ==
Mustaqillik yillarida S.da sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar i.ch. amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi S.da joylashgan. Bular „SamKochAvto“ (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), „Alpomish“ (traktorlar, gilzaporshenlar), „Tajribamexanika“ (parmalash uskunalari), „Kinap“ (kinoapparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbobuskunalari z-dlari, uyroʻzgʻor sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos oʻgʻitlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat z-di, liftsozlik, marmar taxtalar, gʻisht, asfaltbeton z-dlaridir.