Usmon Matkarimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Basarman (munozara | hissa)
Basarman (munozara | hissa)
Qator 17:
 
1942-yil [[Ikkinchi jahon urushi]]da jang qilish uchun oʻz xohishi bilan frontga ketgan. 1945-1946-yillarda Yapon urushida ham qatnashgan. Urushlar davomida Matkarimov ikki marta yarador boʻlgan.
 
== Mehnat faoliyati ==
[[File:Bust of Usmon Matkarimov.jpg|thumb|150px|[[Isfana]]dagi [[Oʻzbek gimnaziyasi]] hovlisida Usmon Matkarimov xotirasiga oʻrnatilgan byust]]
Matkarimov 1948-yildan 1953-yilgacha [[Laylak tumani]]da oziq-ovqat sohasida ishlagan. 1951-1952-yillarda [[Moskva]]da tayyorlash koʻrsidan oʻtgan. 1962-yildan 1967-yilgacha [[Toshkent]]dagi Qishloq xoʻjaligi institutida [[agronomiya]] sohasida tahsil olgan.<ref name="Yoqubov"/>
 
1953-yil [[Is’hoq Razzoqov]]ning buyrugʻi bilan „Qizil askar“ kolxozi boshqarmasining boshchisi qilib tayinlangan. Keyin „Budenniy“ va „Isfana“ kolxozlariga yetakchilik qilgan.
 
Matkarimov kolxoz raisi oʻlaroq Isfana yaqinidagi Abduvashid kanalining qazilishiga yetakchilik qilgan. Bundan tashqari, tunnel ochib, Isfana yaqinidagi Yayloq suvini koʻpaytirish ishlarini amalga oshirgan. Natijada Isfana yaqinidagi dalalarga suv olib kelingan.<ref name="Yoqubov"/>
 
Matkarimov 10 marta Laylak tumani, 3 marta [[Oʻsh viloyati]] kengashiga deputat boʻlib saylangan. 1969-1970-yillarda [[Qirgʻiziston SSR]] Oliy kengashining navbatdagi chaqirigʻi deputati boʻlgan.<ref name="Yoqubov"/>
 
== Shuningdek qarang ==