Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Исправлено правописание
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Исправлена опечатка; Исправлено правописание
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 1:
{{merge|Muqaddas Kitob (Xristian Dinida)}}
'''Bibliya''' (yun. Biblia — kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. B. ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi ahdga boʻlinadi. "AxdAhd" soʻzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi avdahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi axdahd esa faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dini shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, B.— xudoning kalomi, barcha insonlarga yoʻllangan, dunyo va odamzodning paydo boʻlishi va oxirat sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi — yagona Haqning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. B. miloddan avvalgi 8-asr va milodiy 2-asrlar oraligʻida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. B. matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilmaxil joylarda yaratilgan.
 
B. eng qad. adabiy yodgorliklardan biri boʻlib, diniy pandnasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. B.da, bir yokdan, odamzodning gunohkor boʻlib xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi toʻgʻrisida ran ketsa, ikkinchi yoqdan, xudo insonni qutqarish uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yoʻlini ochgan Iso Masih toʻgʻrisida toʻlaqonli xabar beriladi.