Tasavvuf: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Tasavvuf''', '''sufiylik''' — [[islom dini|islomda]] insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi [[taʼlimot]]. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-a.ning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zoqidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar Tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Mas., Maʼruf alKarxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf — haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun al Misriy (859 y.v.e.), "Sufiy boylik istab oʻzini charchatmas va yoʻqotgan boyligiga achinib, bezovta boʻlmas", desa, Junayd
Islom huquqshunosligida, yaʼni sharʼiy koʻrsatmalarni amalga tatbiq etishda 4 ta fiqxiy mazhab boʻlganidek, Tasavvufda ham bir necha tariqatlar shakllangan. Mashhurlari — tayfuriya, junaydiya, hakimiya, qodiriya, yassaviylik, malomatiylar, rifoiya, [[kubroviylik]], suhravardiylik, chishtiya, akbariya, shoziliya, bektoshiya, mavlaviya, [[naqshbandiya]], sanusiya tariqatlaridir. Mustaqillik yillari mamlakatimizda tasavvuf tariqatlarini oʻrganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atokdi mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va taʼmirlashga ahamiyat berilmoqda. Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur va boshqa koʻplab tasavvuf tariqatlariga mansub piri komillarning xayot va ijodlarini chuqur oʻrganish, qoldirgan asarlaridan xalqimizni bahramand etish borasida muayyan ishlar qilindi.
|