Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 3:
laqabi = |
bayroq =Flag_of_Manila.png|
gerb = Ph_seal_ncr_manila.png|
xarita = |
xarita_izohi = |
Qator 33:
vebsayt = [http://www.manilacity.ph/ www.manilacity.ph/] |
ilovalar = |
}}
}}'''Manila''' — [[Fillipin]] Respublikasi [[poytaxt]]i va siyosiy markazi.
[[File:Manila Skyline (6774800874).jpg|300px|right]]
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Manila''' — [[Filippin]] Respublikasi poytaxti. Luson o.ning jan.-gʻarbida, Manila qoʻltigʻi sohilida. Iqlimi subekvatorial iqlim, avg .—sentabrda tayfunlar boʻladi. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Katta M. shahar va uning atrofi, bir necha qishloq va yoʻldosh shaharlarni oʻz ichiga olgan konurba-siyani (maydoni 832&nbsp;km²) tashkil etadi. Shahar 16-asrning 2-yarmida ispan konkistadorlari qurgan qalʼa oʻrnida vujudga kelgan. 1574 yildan Ispaniya mu-stamlakasining maʼmuriy markazi, 1898 yilda AQSH tomonidan egallangan. 1942—45 yillarda Yaponiya bosib olgan. 1946 yildan Filippin Respublikasi poytaxti.
 
M. — mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Savdo va transport yoʻllari tuguni. M. porti orqali mamlakat importining deyarli hammasi, eksportining yarmidan ortiq qismi oʻtadi (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t atrofida). Katta M.da mamlakat sanoat korxonalarining 2/3 qismi joylashgan. Tikuvchilik, poyabzal, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash, mashinasozlik sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Un-tlar, Filippin madaniyat markazi (teatr, muzey, badiiy galereya, kutubxonani oʻz ichiga olgan majmua), milliy muzey, San-Tomas muzeyi, filarmoniya bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Intramuros r-nida (sobiq ispan kalʼasi) 16—18-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>