Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
[[]]
Qator 1:
[[File:An overview of Beirut, Lebanon, which bounced back partly because of its location on the water. (VOA V. Undritz).jpg|200px|right]]'''Bayrut''' — [[Livan]] Respublikasining poytaxti. Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi sertepa yarim orolda joylashgan port. Iqlimi subtropik; yozi issiq va quruq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 14°, avg .niki 28°; oʻrtacha yillik yogʻin 900 mm. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990, shahar atrofi bilan).
 
B. miloddan avvalgi 18-asrda Beruta, Berit deb atalgan. Misr qoʻl ostida (miloddan avvalgi 15-asrgacha), soʻngra xettlarga (miloddan avvalgi 14-asr), ossuriyaliklarga tobe boʻlgan. 635 y. arab xalifaligi tarkibiga kiritilgan. B.ni 1110 y.da salib yurishi qatnashchilari egalladi. 14 — 15-asrlarda mamluklar qoʻl ostida boʻldi. 1516 y.da esa turklar tasarrufiga oʻtdi. Livan amiri Faxruddin II (1584 — 1635) zamonida rasman mustaqil davlatning markazi edi. 17 — 18-asrlarda B.ni Livan amirlari hamda turk voliylari idora qildi. 1860 y. avg .da fransuzlar bosib oldi. 1920 y 1 sentabrdan fransuzlar mandati ostida "Ulugʻ Livan davlati", 1926 y.dan Livan Respublikasining (1943 y. noyabrgacha fransuz mandati ostidagi) markazi. 20-asrning 30 — 50-y.larida B. Livandagi milliy ozodlik harakatining eng yirik markazlaridan biri boʻldi. 1943 y.dan mustaqil Livan poytaxti.
Qator 13:
{{OʻzME}}
{{Osiyo poytaxtlari}}
 
{{stub}}