Jadidchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Tegel (munozara | hissa)
k 213.230.101.138 tahrirlari Mirzohid aka versiyasiga qaytarildi
Qator 45:
}}</ref> Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyandalari nomi SSRI parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi.
 
== Jadidchilik va Vahhobiylik ==
!
Bugungi kunda jadidchilik harakatining ko'pchilik uchun ma'lum bo'lmagan tarixiy jihatlari mavjud va ular bevosita Ismoil G'aspirali (Ismoil Gaspirinskiy) bilan bog'liqdir. Jadidchilik va [[Vahhobiylik]]ning o'zaro bog'liqligi[https://cyberleninka.ru/article/v/wahhabism-and-jadidism-in-islamic-consciousness-in-daghestan-parallels-and-contradictions], boshqacha qilib aytgancha jadidlar Turkiston diyoriga ilk vahhobiylik g'oyalarini olib kelgan shaxslar ekanligidan ko'pchilikning habari yo'q. Ismoilbek Gasprinskiy Misrda o'qigani ko'pchilikka ma'lum[https://uz.wikipedia.org/wiki/Ismoilbek_Gasprinskiy], lekin Misrda kimdan ta'lim olgan, kim bilan ham suhbat bo'lgan, undagi jadidchilik g'oyasi va uning asl mohiyati qaysi sahxslar bilanbog'liqligi ko'pincha yoritilmaydi. Ismoil G'asprialining Misrdagi hayoti bevosita Rashid Rizo [https://en.wikipedia.org/wiki/Rashid_Rida], Muhammad Abduh [https://en.wikipedia.org/wiki/Muhammad_Abduh] va Jamoliddin Afg'oniy [https://en.wikipedia.org/wiki/Jam%C4%81l_al-D%C4%ABn_al-Afgh%C4%81n%C4%AB] bilan bog'liq[https://cyberleninka.ru/article/v/wahhabism-and-jadidism-in-islamic-consciousness-in-daghestan-parallels-and-contradictions]. Ismoilbek yuqorida nomi tilga olingan shaxslar ta'sirida vahhobiylik (o'zlarini salafiylar ham deb atashadi) g'oyalarini o'rganadi[http://www.persee.fr/doc/cmr_0008-0160_1975_num_16_3_1247].
== Kelib chiqishi ==
Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda [[Ismoilbek Gasprinskiy]] rahbarligida [[qrimtatarlar]] oʻrtasida vujudga keldi.
Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini ''taraqqiyparvarlar'', keyinchalik ''jadidlar'' deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, [[Buxoro]] va [[Xiva]] hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni oʻz ichiga oladi.
 
Birinchi davrda Turkistonda [[podsho Rossiyasi]]ning mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, [[poraxoʻrlik]], ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. [[Madrasa]] va [[maktab]]lar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini [[Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli]] (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“si (1898)da yaxshi bayon qilgan.
 
Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.
 
Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: [[yangi usul maktablari]] tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va [[teatr]] truppalari tuzish; [[gazeta]] va [[jurnal]]lar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
 
== Gʻoya va maqsadlari ==