Qoʻqon xonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Xonları: year match with entries
Nasrulla (Buxoro amiri)
Qator 2:
 
== Tarix ==
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qoʻqon xonligi''' - oʻzbek xonliklaridan biri (18—19-asrlar). Poytaxti — Qoʻqon. Minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746 yil qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarini egallab, Qoʻqonni qamal qilgan. Qoʻqonliklar yordamga kelgan Oʻratepa hokimi Fozilbiy qoʻshinlari bilan birgalikda ularni Fargʻona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norboʻtabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun koʻtargan gʻalayonlari bostirilgan. Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik boʻladi.
Qator 13 ⟶ 11:
1826 yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh koʻtargan musulmon aholiga yordam berish uchun qoʻshin tor-tib borilgan. Natijada Xitoy huku-mati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xoʻtan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qishloq xoʻjaligiga berishga majbur boʻlgan.
 
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay togʻ etagidagi Qorategin, Dar-voz, Shugʻnon, Roʻshon, Vohon bekliklarini boʻysundirgan. Bu davrda xonlikda sugʻorish ishlari ancha yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo (q. [[Nasrulla (Buxoro amiri)|Nasrullaxon]]) bilan yuz bergan urushda (1840 yil) Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini uning noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Ammo Buxoro — Qoʻqon munosabatlari bundan keyin ham kes-kinlashgan. Natijada 1841 yil noyab. oyida Muhammad Alixon oʻz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qoʻqonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirgʻin-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori man-sabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qishloq xoʻjaligi Buxoro noibi tomo-nidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qishloq xoʻjaligi aholisiga ogʻir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qoʻqonliklar qoʻzgʻolon koʻtaradi, amir Nasrulloga sodiq kishilarning koʻpchiligini oʻldiradilar va Norboʻtabiyning ukasi Hojibekning oʻgli Sheralini xon qilib koʻtarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qoʻqonga qoʻshin tortib oʻz hukmronligini qayta oʻrnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga maj-bur boʻlgan. Natijada qoʻldan ketgan koʻpgina hududlar (Xoʻjand, Toshkent) yana Qishloq xoʻjaligi ixtiyorida qoladi.
 
Sheralixonnint (1842—45) taxtga oʻtirishida koʻmakchi va xayrixoh boʻlgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shugʻullangan va xon qoʻshinlarining tarkibini koʻproq qipchoq yigitlari bilan toʻldirgan. Musulmonqul oʻz mavqeidan foydalanib, Sheralixonga oʻz taʼsirini oʻtkazishga intilgan. Ammo xon bunga yoʻl qoʻymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi boʻlib, boshqalarning qoʻli bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845 yil Oʻshda xonning soliq siyosatiga qarshi qoʻzgʻo-lon boshlanadi. Musulmonqul qoʻzgʻo-lonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning oʻgʻli murodbekni Qoʻqonga taklif qilib taxtga oʻtqazganlar. Sheralixon oʻldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon oʻzini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Musulmon-qulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qoʻqonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa Oʻshdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qoʻqonga kelib, Murodxonni oʻldi-rib, yoʻsh Xudoyorni xon deb eʼlon qiladi (q. [[Xudoyorxon]]). Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmon-qulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan boʻshatiladi. Musulmonqul oʻz mavqeini tiklamoqchi boʻlib, ruslar bilan aloqa oʻrnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qoʻmondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni oʻz qoʻliga olmoqchi boʻlganligidan xabar topgan oʻzbek va qirgʻiz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab Qoʻrboshi, Muhammad [[Yo[[qubbek]] qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yoʻlini axtarib [[Xudoyorxon]]ni oʻzlari tarafga ogʻdirib, 1853 yil qipchoqlar qirgʻinini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan.