Lutfi Sarimsoqova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Umarxon III Lutfixonim Sarimsoqova sahifasini Lutfi Sarimsoqovaga koʻchirdi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 3:
S. oʻzbek kino sanʼati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Uning kino rollari sahna faoliyatining davomi boʻlib, bu yerda ham mehribon, munis, jafokash oʻzbek onalari obrazini yaratgan. Ona ("Qasam"), Sharofat ("Opasingil Rahmonovalar") va boshqa obrazlarda aktrisa oʻziga xos qiyofa kasb etdi. S. eng kichik rolni ham nihoyatda mohirlik bilan ijro etib, unga ulkan mavzu va hayotiy haqiqatni mujassamlashtirgan, mustaqil va yirik obraz yarata olish mumkinligini telba ayol ("Farzandlar") roli bilan isbotladi. Aktrisaning kino sanʼatidagi haqiqiy isteʼdodi va maxrrati Mexriniso ("Maqallada duvduv ran"), Fotima opa ("Sen yetim emassan") obrazlarida toʻla namoyon boʻldi. Mexriniso obrazi orqali oddiy onalarning feʼlatvori va ruhiyatini tabiiy boʻyoklar bilan ifodalagan boʻlsa, Fotima opa obrazida 14 yetim bolani oʻz bagʻriga olib tarbiyalagan oʻzbek ayolining oq koʻngil, kuyunchakligi, sahovati, odamiyligi va buyuk irodasini yuksak mahorat bilan yetkaza oldi. S. xonanda sifatida "Kuling", "Oʻzgancha", "Yoryor", "Hakkalakam oʻynasam man", "Jambilxon", "Yorginam", "Omon boʻlaylik", "Qilpillama" kabi oʻzbek xotin-qizlarining xalq ashula, qoʻshiq va laparlarini mahorat bilan ijro etgan.
 
S. hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Aya" (1976), "Lutfixon aya" hujjatli filmlari ishlangan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Mohina Ashirova.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Qator 12 ⟶ 10:
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]
{{DEFAULTSORT:Sarimsoqova, Lutfi}}
 
 
{{stub}}