Parfiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
 
P.ning garbiy qismida ibodatxonalarning turli-tuman tiplari mavjud boʻlib, yunon-rim meʼmorligining kuchli taʼsiri koʻzga tashlanadi, shu bilan bir qatorda ayvonli binolar qurilgan. Devoriy rasmlar, xudo va podsholarning haykallari bino bezagining bir qismiga aylantirilgan. Suyakdan ishlangan ayol haykalchalari saqlangan.
 
'''Parfiya podsholigining kuchayishi''', Antiox III vafotidan so`ng Salavkalar davlati kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan foydalangan Parfiya shohi Mitridat I miloddan avvalgi (171–138) Midiya bilan Bobilni bosib olib miloddan avvalgi 141-yilda o`zini «Bobil podshosi» deb e`lon qiladi.
Miloddan avvalgi 140–120-yillarda shimoldan saklarning xujumi boshlanib, Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Saklarning jangovar qismlari Parfiya qo`shinlari bilan ham to`qnashadilar. Bu janglarda ikki Parfiya shohi halok bo`ladi. Saklar Erimander, Xerirud daryolari oralig`idagi viloyatga borib joylashadilar. Shundan boshlab bu viloyatni Sakiston deb ataydigan bo`ldilar.
Mitridat II (miloddan avvalgi 123–87) davrida Parfiya qo`shinlari salavkiy qo`shinlarini yengib, Eron va Mesopotamiyani ishg`ol qiladilar. Mitridat II «ulug` shahanshoh» degan unvonga ega bo`ladi. Parfiya qo`shinlari Kichik Osiyo va O`rtayer dengizining sharqiy sohili chegaralarida rimliklar bilan to`qnashadilar. Miloddan avvalgi 53-yilda mashhur sarkarda Krass boshliq Rim qo`shinlari bilan Parfiya podshosi Orod (miloddan avvalgi 55–37) qo`shinlari o`rtasida janglar boshlanib ketadi. Shu yili Karri shahri yaqinidagi dahshatli jangda rimliklar yengilib, sarkarda Krass halok bo`ladi. Bu g`alabadan so`ng parfiyonlar katta o`ljaga ega bo`lib, juda ko`p rim askarlari asirga tushadi. Asirlar Marg`iyonaga haydab ketilib o`sha yerga joylashtiriladi.
Bu g`alabadan keyin Parfiya poytaxti Gekatompildan Mesopotamiyadagi Ktesifonga ko`chiriladi. Bu davrda Parfiya o`z kuch-qudratining eng baland cho`qqisiga ko`tariladi. Parfiya qo`shinlari Sharqda Hind daryosigacha, g`arbda esa O`rtayer dengizi va Kichik Osiyo chegarasigacha bo`lgan yerlarni egallaydilar.
 
'''Parfiya podsholigining tushkunlikka uchrashi''', Miloddan avvalgi 40-yillardan boshlab rimliklar O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarda va Kichik Osiyoda o`z mavqeini qayta tiklab oladilar. Rim qo`shinlari Parfiya qo`shinlarini Frot daryosi chap sohiliga surib chiqarishga muvaffaq bo`ladilar. Ammo rimliklarning miloddan avvalgi 38-yilda Midiyaga qilgan yurishlari mag`lubiyat bilan tugaydi. Miloddan avvalgi I va milodning I–II asriaridagi ichki nizolar va to`xtovsiz urushlar Parfiyani kuchsizlantirib qo`yadi. Bu davrlarda Parfiyaga shimoldan alanlar bostirib kiradilar. Milodning II asrining birinchi yarmida rimliklar Mesopotamiyaga ikki bor bostirib kirib poytaxt Ktesifonni talab vayron qiladilar. Shundan keyin Rim bilan Parfiya o`rtasidagi kurash 200 yilcha davom etadi. Bu davr ichida Rim va Parfiya davlatlari kuchsizlanib parchalanishga yuz tutadi. Parfiya esa mayda davlatga bo`linib ketadi.
Milodiy III asrdan boshlab podsholikning janubi-g`arbidagi Parsua viloyati yuksalib Sosoniy sulolasi asos solgan davlat tashkil topadi.