Parfiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 13:
Milodiy III asrdan boshlab podsholikning janubi-g`arbidagi Parsua viloyati yuksalib Sosoniy sulolasi asos solgan davlat tashkil topadi.
Milodiy 224-yilda sosoniy hukmdorlari Parfiya poytaxti Ktesifonni egallab, kuchsizlanib qolgan Parfiya podsholaridan taxtni tortib oladilar.
Shunday qilib, 500 yilcha umr ko`rgan Parfiya podsholigi ag`darilib, uning o`rnida Sosoniylar davlati tashkil topadi, '''Parfiyaning ijtimoiy tuzumi''', xo`jaligi va madaniyati. Parfiya janubi-g`arbiy Osiyodagi yirik quldorlik davlatiaridan biri bo`lgan. Davlat tepasida arshakiylar sulolasidan bo`lgar shoh o`tirgan. Shoh huzurida qabila aslzodalari va ruhoniylardan Iborat ikki alohida kengash bo`lgan. o`lgan shohning o`rniga aka-uka va o`g`illaridan biri taxtga o`tqizilgan. Shoh davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masalalarni aslzoda va ruhoniylar kengashi bilan maslahatlashib hal etgan. Mamlakat aholisining asosiy qismini ozod dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va ziyolilar tashkil etgan, Parfiyada qulchilik ancha sust rivoj topgan edi. Solnomalarda qulning bolasi ham qul bo`lib qolishi ta`kidlangan. Qullar mehnatidan xo`jalikning hamma tarmoqlarida foydalanilgan. Parfiya aholisi to`rt tabaqadan iborat bo`lgan. Ular: 1. Zodagon jangchilar. 2. Yengil qurollangan suvoriylar. 3. Erkin jamoachi dehqonlar. 4. Qullar. Parfiya shohlarining asosiy kuchi qo`shin bo`lgan. Parfiya qo`shinining asosiy qismini qullar tashkil etgan.
Shunday qilib, 500 yilcha umr ko`rgan Parfiya podsholigi ag`darilib, uning o`rnida Sosoniylar davlati tashkil topadi,
Rim tarixchisi Pompey Trog: '''«Ularning qo`shinlari qullardan tashkil topgan, qullar olomoni ko`payib bormoqda, chunki hech kim ularni ozod etolmaydi, hammasi qullar bo`lib tug`iladi. Ular shu qullarni o`z farzandlaridek ko`rib tarbiyalaydilar, ot minishga va o`q-yoy otishga o`rgatadilar»''',– deb yozgan ekan.
Parfiyonlar Rim sarkardasi Antoniyga qarshi 50 000 suvoriy tayyorlaganlar, shulardan 400 suvoriy erkin kishilardan, qolgani esa qullardan bo`lgan.
Parfiya xo`jaligining asosini dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan. Parfiya aholisi Murg`ob, Tajan, Atrok, Karun, Kerxa kabi daryo va soy bo`ylaridagi unumdor yerlarga sholi, sabzi, turp, sholg`om, qovun, tarvuz, qovoq ekib parvarish qilganlar. Ular olma, anor, anjir, o`rik, uzum va boshqa mevali daraxtlar ekib. bog`dorchilik bilan shug`ullanganlar. Sug`orilmaydigan lalmikor kam suvli yerlarga bug`doy, arpa, tariq, no`xat, mosh kabi dukkakli ekinlar ekkanlar.
Qishloq xo`jalik ishlarida qullar mehnatidan foydalanganlar. Ozod dehqonlar olingan hosildan davlatga soliq to`laganlar. Dehqonlar yerni haydash va unga ishlov berishda omoch, belkurak, ketmon, tesha, o `roq, so `qa, mola kabi mehnat qurollaridan foydalanganlar. Qishloq xo`jalik ishlarida ot, eshak, xachir, ho`kiz va tuyalardan foydalanilgan. Dehqonlar ham kam miqdorda qoramol, qo`y, echki, eshak, ot va tuya asraganlar. Parfiyaning tog`, tog` oldi, yassitog`lik va dashtlarida sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Bu yaylovlarda qo`y, echki, qoramol, eshak, tuya va xachirlar boqilgan.
Parfiyaliklar yilqichilikka katta e`tibor berganlar. Parfiyaning quruq iqlimli yaylovlari va tog` yonbag`irlarida asl zotli otlar parvarish qilingan.
Hikoya qilishlaricha Iskandar Zulqarnayn Parfiya bo`ylab o`tayotganda, mamlakatning dasht va tog` yaylovlarida yuz minglab ayg`ir, biya va qulunlarni o`tlab yurganini ko`rgan ekan.
Qadimgi solnomachilarning hikoya qilishlaricha, parfiyonlar otga qattiq mehr qo`yganlar. Ular bir umr ot ustidan tushmay urushganlar, bazm qurganlar, barcha jamoat va siyosiy ishlarni ot ustidan tushmay bajarganlar, savdo qilganlar va dam olganlar.
Qadimgi tarixchi Tasit «Parfiyaliklarning birdan-bir kuchi ularning suvoriylaridir» deb, yozgan edi.
Parflyaliklar tuyachilikka ham katta e`tibor berganlar. Mamlakatning qurg`oqchil, quruq iqlimli dashtlarida ko`plab tuyalar boqilgan. Ular ot bilan bir qatorda tuyalarni minib yurganlar, ularda yuk tashiganlar. Ular ichki va tashqi savdoda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Tuyalardan harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Parfiya jangchilari tuya minib urushga kirganlar.
Xitoyliklar Parfiyani An`si deb ataganlar. Xitoy sayyohlarining yozishlaricha «An`sida yuzga yaqin katta-kichik shaharlar bor». Ularning eng mashhurlari Zadrakarta, Gekatompil, Ekbatan, Niso va boshqalardir. Bu shaharlarda to`qimachilik, qurolsozlik, kulolchilik, zargarlik, ko`nchilik, me `morchilik birmuncha rivoj topgan edi.
Parfiyada savdo-sotiq ancha rivoj topgan bo`lib. savdogarlar Turon, Xitoy, Hindiston, Kavkaz, Misr Kichik Csiyodagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlanm olib borganlar. Parfiya savdogarlari g`arb mamlakatlari bilan Xitoy o`rtasidagi savdo ishlarida vositachilik qilishgan.
Parfiya ham o`zining qadimiy madaniyatiga ega bo`lgan. Ular aramey yozuvidan foydalanib, xalq og`zaki ijodiyoti asosida ko`plab asarlar yaratganlar. Adabiyotda Qadimgi Eron an`analarining ta`siri kuchli bo`lgan.
U yerda me`morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, bo`rtma rasmlar ishlash ancha rivoj topgan bo`lgan. Parfiya me`morchiligi va haykaltaroshligida yunonlarning ta`siri kuchli bo`lgan. Shoh saroylarining devorlari xilma-xil mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan. Suyakdan yasalgan haykallar, shoxdan yasalgan qadahlar, ritonlar va boshqa idishlar kishini hayratga soladi. O`sha davrda chiqqan oltin pullarning sathi podsho, malika va jangchilarning tasvirlari bilan bezatilgan.
Parfiyada ibtidoiy din shakllari, hayvonlarga tog`-toshlar, daraxtlar va suvga sig`inish bilan bog`liq e`tiqodlar saqlangan. Lekin ular zardushtiylikka ko`proq e`tiqod qilib, suv, havo, yer va olovni ulug`laganlar. Axuramazdani ulug`lab, Axrimonga nafrat bilan qaraganlar. Chunki Axrimon yomonlik timsoli edi.
Parfiyaliklar qo`shni xalqlar madaniyatidan bahra olib o`zlariga xos madaniyat yaratganlar.