Namangan viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 83:
Sport. Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, chim ustida xokkey, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat turlari boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoq-dalar. Namangan (viloyat)da "Navbaxrr" markaziy sta-dioni, shuningdek, 28 stadion, "Pahlavon", "Dinamo", "Alpomish", "Sogʻlom avlod" sport majmualari, 22 su-zish havzasi, 54 tennis korti, 1 velotrek, 2 otchopar, 473 sport zali, 305 otish tiri, 571 basketbol, 1754 voleybol, 375 qoʻl toʻpi, 422 kichik va 563 katta futbol maydon va maydonchalari bor. 590 mingdan ziyod kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Ularning 260 ming nafaridan ortigi oʻsmirlar. Namangan dovrugini oshirgan va anʼanaga aylangan "Universia-da-2000" tadbiri katta umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. Shaxmat, charm toʻp buyicha Osiyo, jahon chempionatlari, saralash musobaqalari, tennischilarning "Buyuk ipak yoʻli", "Satellit", "Fyuchers" kabi turlarining oʻtkazilishi Namanganni dunyoga yana ham kengroq tanitdi. Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi "Navbahor" stadioni, "Doʻstlik" tennis majmuasi, "Yoshlik" suzish havzasi, Namangan shahridagi "Paxlavon", "Alpomish", "Dinamo" sport majmualari, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi "Kurash" majmuasi kabi sport inshootlarida xalqaro mavqedagi sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. Namangan (viloyat)da 15 xalqaro toifadagi sport ustasi, 900 dan or-tiq sport ustasi, 2400 sport ustaligiga nomzod, 5000 dan ziyod 1-toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 200 dan ortiq sportchisi Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolaridir. Namangan (viloyat)dan 2000 yilda boks boʻyicha respublika chempioni, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqa sovrindorlari yetishib chiqdi. Namanganda oʻtkazilgan 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida belbogʻli kurashchilarning 5-Xalqaro birinchiligida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston. Armaniston, Gruziya, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, Hindiston va Turkiya sportchilari ishtirok etdi. "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarida oʻquvchitalabalar faolligi tobora oshib bormoqda. 2000 yilgi Universiadada Namangan (viloyat) sportchilari birinchi oʻrinni olishdi. 2001 yil "Barkamol avlod" musobaqalarida Fargʻonada 2-oʻrinni, 2002 yil Far-gʻonada oʻtkazilgan "Umid nihollari" musobaqalarida faxriy uchinchi urinni egalladi. "Alpomish", "Barchinoy" testlariga 500 mingga yaqin oʻquvchi, 30 mingga yaqin talaba, ishchixizmatchi jalb qilindi. Kattalikda respublikada 2-oʻrinda turgan (36 ming oʻrinlik) "Navbahor" stadioni negizida maxsus futbol maktabi, "Olimpiya zaxiralari" sport maktabida basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi boʻyicha sportchilar tayyorlanmoqda. Namanganda "Gulbahor" ayollar futbol jamoasi faoliyati ravnaq topayapti. Toshbulokdik yosh karatechioʻquvchi Doston Turgʻunov AQShda "Atlanta kubogi" sovrini musobaqalarida ishtirok etib, birinchilikni qoʻlga kiritib, oltin medal bilan qaytdi. Stol tennisi boʻyicha Sevara Krdirova 1999 yilda Shvetsiyada oʻtgan jahon yoshlar chem-pionatida jahon chempioni boʻddi. Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida Olga Son 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni, yozgi biatlondan Mu-habbat Kandakova Yevropa ochiq chempionati gʻolibi, erkin kurash boʻyicha Rustam Mamajonov Osiyo kubogini, shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster Saidali Yoʻldoshev Xitoyda oʻtgan Osiyo chempionati gʻolibligini, boks boʻyicha Toʻlashboy Doniyorov xalqaro musobakalar gʻolibligini, aka-uka Baxtiyor va Shuhrat Bozorovlar kurash boʻyicha Oʻzbekistonning bir necha bor mutlaq gʻolibligini va xalqaro turnirlar gʻoliblari unvonini, aka-uka Joʻra va Mutalli Mamajonovlar karate boʻyicha AQSH va Vengriyada oʻtgan xalqaro turnirlar gʻolibligini qoʻlga kiritdilar.
 
Adabiyoti. Namangan qadimdan xalq ogʻzaki ijodining deyarli barcha janrlariga boy oʻlkadir. Shu diyorda yaratilgan va keng tarqalgan ogʻzaki ijod namunalarini xalq qoʻshiqchilari, ertakchilari hozirgi kungacha sakdabsaqlab kelganlar. Ulardan yozib olingan qoʻshiqlar, termalar, asotirlar, rivoyatlar va ertaklar bir qancha toʻplamlarga kiritilgan. Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uchqoʻrgʻon, Norin, Namangan va boshqa tumanlarda xalq dostonchilik maktablari davom etgan. Uchqoʻr-gʻonlikUchqoʻrgʻonlik dostonchilardan 20-asrning 20-yillaridayoq "Yozi bilan Zebo" dostoni yozib olinib, keyinchalik nashr qilingan.
 
Yozma adabiyot Namanganda koʻhna asrlardan boshlab rivojlanib keldi. Bu oʻlka oʻz ijodiy uslubi, ovozi va soziga ega boʻlgan bir qancha isteʼdod egalarining vatanidir. Qad. Axsikent shahrida 11 — 12-asrlarda soʻz sanʼatining bir qancha yirik namoyandalari kamol top-dilar. Markazi Axsikent boʻlgan Namangan adabiy muhiti shakllanib taraqqiy eta boradi. Abu Rashid-Ahmad Axsikatiy, Abul Vafo Axsikatiylar oʻz davrining yetuk adib va olimlari edi. Yirik isteʼdod egasi Asiriddin Axsikatiy malik ush-shuaro va amiri shuaro unvonlariga sazovor boʻldi. Oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandasi Boborahim Mashrab shu oʻlkada voyaga yetdi. 18-asr oxiri — 19-asr 1-yarmidagi adabiyotning koʻzga koʻringan vakillari malik ush-shuaro Fazliy hamda Nodir, Gʻoziy, Majzub, Munshiy, Muxlis, Maxzun va boshqa oʻzbek adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa qoʻshdilar. 19-asrning 2-yarmida Nodim, Shavqiy, Ibrat, Hayrat, Xilvatiy va boshqa shoirlardan iborat ijodkorlar guruhi Namanganda eʼtiborli bir adabiy muhitni vujudga keltirdi. Bu muhitda ijodiy kamolotga erishgan Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbekiston soʻz sanʼatkorlari orasida birinchi boʻlib xalq shoiri faxriy unvonini oldi. Ishoqxon Ibrat va Muhammadsharif Sufizoda 20-asr boshlarida jadidchilik, milliy uygʻonish harakatining yetuk va-killari sifatida faoliyat kursatdilar. Ular uz sheʼrlarida xalqni gʻaflat va qoloklikdan chiqarish, millat ongini uygotish uchun ilm-maʼrifat zarurligini tashviq qildilar. Shoir Rafiq Moʻmin 20-asr 20-yillar sheʼriyatida erk va haqiqat kuychisi boʻlib ta-nildi. Benazir isteʼdod egasi Usmon Nosir oʻzbek adabiyotining yirik na-moyandalaridan edi. Zafar Diyor bolalarning sevimli shoiri bulib qoldi. Yuldosh Shamsharov, Parda Tursun oʻzbek nasri taraqqiyotida uz urinlariga ega boʻldilar. Chustiy, Shoʻxiy oʻz sheʼrlari bilan el orasida tanildi.
 
20-asrning 2-yarmidagi Namangan adabiy muhiti ijodkorlarga boy boʻldi. Jonrid Abdullaxonov, Turgʻun Poʻlat, Nuriddin Boboxoʻjayev, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Dadaxon Nuriy, Ermuhammad NurmatovNurmamatov, Abdugʻani Abduvaliyev, Ahmad Tursun, Ziyoviddin Mansurov, Rustamjon Ummatov, Abdulla Jalil, Isoqjon Nishonov va boshqalar turli janrdagi asarlari bilan tanildilar. Shoir Habib Saʼdullaga Oʻzbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Namangan adabiy muhiti umumoʻzbek adabiyotining ajralmas, tarkibiy qismi sifatida rivoj topmoqda.
 
Namangan (viloyat)daviloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalariuyushmalarining (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlaribo`limlari faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Matbuot, radio va televideniyesi. Namangan (viloyat)daNamanganda 2 viloyat gaz. ("Namangan haqiqati", "Namanganskaya pravda"), 11 tuman gaz., shahar gaz.lari chiqadi. Viloyatda, shuningdek, tarmoq gaz.lari va jurnallar nashr etiladi.
 
Namangan (viloyat)da dastlabki radioeshittirishlar 1932 yilda boshlangan. 1990 yildan vilo-yatdaviloyatda telestudiya tashkil etilib, telekoʻrsatuvlar berila boshladi. 2000 yil da yangi telemarkaz qurilib, foydalanishga topshiridditopshirildi. Telemarkaz Germaniya "Simens" firmasining zamonaviy televideoapparaturasi bilan jihozlandi.
 
Meʼmorlik va arxeologik yodgorliklari. Viloyatda 85 arxeologik, 15 ga yaqin meʼmoriy yodgorlik boʻlib, shulardan kds. shahar va istehkomlar qoldiqlari: Axsikent (miloddan avvalgi 3—2-asrlar.), Munchoqtepa (jez davri), Oyritom, Mugʻtepa (antik davr) va boshqa; meʼmoriy yodgorliklardan: Jome masjidi (18-asr), Chodak madrasa-masjidi (18-asr), Shayx Ishoq Eshon (19-asr), Ota Valixon toʻra (20-asr), Haqqulobod (1903) masjidlari, Yusupxon Eshon (18-asr), Mavlono Lutfullo Chustiy (1913) meʼmoriy majmualari, Gʻoyib Nazar (1892), Mulla Qirgʻiz (1911 — 12) madrasalari, Xoʻja Amin (17-asr), Boy Hamadoniy (19-asr), Mavlono Namangoniy (1907) maqbaralari, Yusufboy Hoji uyi (20-asr boshlari) va boshqa mashhur.