Katalan tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 15:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Katalan tili''' — roman tillarining iber-roman guruhiga mansub. Ispaniyaning Kataloniya, Valensiya muxtor viloyatlarida, Balear o.larida, Fransiyaning Russilon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamentida, shuningdek, Andorra davlati hamda Sardiniya orol (Italiya)ning Algero shahrida tarqalgan. Katalan tilida taxminan 8 mln.dan ziyod kishi gaplashadi (1992). Ispaniya (ispan tili bilan bir qatorda), Andorra davlatlarining (ispan va fransuz tillari bilan bir qatorda) rasmiy tili. Sharqiy (barselon, balear, russimon, alger) va gʻarbiy (leridan, valensi) dialektlarga boʻlinadi. Fo-netikasida murakkab konsonantizm (undoshlar tizimi) hamda fonemalarning nutkda gʻoyat oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Mazkur tilning leksikasi va sintaksisiga ispan tilining taʼsiri katta boʻlgan. Katalan tiliga oid yozma yodgorliklar 11 —12-asrlarda paydo boʻlgan. 13-asr oʻrtalaridan adabiy Katalan tili shakllana boshlagan. Hoz. adabiy Katalan tili 19—20-asrlarda shakllangan. Uning asoschisi 19-asrda yashab oʻtgan atoqli yozuvchi J. Verdager. Yozuvi lotin alifbosi asosida.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20K%20harfi.pdf K-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->