Boysun (tuman): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 64:
'''Boysun tumani''' [[1926-yil]] [[29-sentabr]]da tashkil topgan. Umumiy yer maydon 3,72 ming kv.km. Aholisi 75,3 ming kishi [1996]. Tuman markazi — [[Boysun]] shahri Termizdan 145 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor: Avlod, Boysun darvadar, Machay, Rabot, Sayrob, Qoʻrgʻoncha. Yaqin temir yoʻl bekati - Elbayongacha 72 km. Xongarangsoy, Shoʻrsoy, Qayroqsoy boshqa soylardan suv ichadi.
 
'''Boysun tumani''' — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dek.dadekabrda Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965 yil 29 dek.dadekabrda qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shim.sharkdaShimoli-sharqda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, jan.dajanubida Qiziriq, Bandixon tumanlari, jan.janubi-gʻarbda Sherobod tumani bilan, shim.gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,72 ming km². Aholisi 79 ming kishi (2000). Boysun tumani datumanida 1 ta tumanga boʻysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qurgʻoncha) bor. Markazi — Boysun shahri Tabiati. Boysun tumani hududining shim. va gʻarbiy qismini Hisor togʻ tizmasi tarkibidagi Boysuntogʻ va uning tarmoqlari (Belovti, Xoʻjaboʻzbarak, Chol togʻi, Xoʻjagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay togʻlari, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztogʻ, Kulbatogʻ va boshqalar) egallagan. Jan.Janubiy va sharqi togʻ oldi va adirlardan iborat. Togʻlar orasidagi soyliklar, togʻ oldilari oʻzlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid, ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Oʻzbekistonning boshqa togʻli tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi 850 m balandlikda 2°, 3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 500–1200 m balandlikda 150–400 mm, 1200 m dan balandda 450–800 mm. Vegetatsiya davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afgʻon shamoli esadi. Boysun tumani togʻlaridan juda koʻp dare va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari: Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (Oʻrmoncha, Jakandi, Olchasoy), Shurob, Xoʻjabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xoʻjaipok daryosi va uning irmoqlari: Qoʻrgʻonchasoy (Xoʻjaboʻzbarak, Qizilsoy, Chindon, Oʻrtanago soylari qoʻshiluvidan hosil boʻlgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Hangaronsoy (Boysun), Pulhakimsoy va boshqa bor.
 
Boysun tumani datumanida qadimiy qalʼashaharlar koʻplab topilgan. Eng yiriklari: Poykoʻrgʻon, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangtoʻshtepa, Darband, Munchoqtepa, Boʻyrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqoʻrgʻon. Ibtidoiy odamlar yashagan gʻorlar, manzillar: Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Doʻkonxona, Amir Temur, Iskandarxon va boshqa Sayrob chinori (Sayrob qishlogʻida), Temir darvoza (Darband qishlogʻida), Teshiktosh gori (Machay qishlogʻida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq gʻori (Qoʻrgʻoncha qishlogʻida), Poyonqoʻrgʻon (Rabot qishlogʻida) kabi tarixiy obidalar bor.
 
Tuproqlari boʻz tuproq, chimli, qoʻngʻir va och qoʻngʻir togʻ tuproqlari, shurxok tuprok/iap. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, jinchak, qizgʻaldoq. boychechak, yaltirbosh, noʻxatak, togʻrayxon, kiyikoʻt, gulxayri, shuvoq; dorivor oʻsimliklardan alkor, hartol, zanjovul, oʻlmasoʻt, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va boshqa usadi. Jayron, togʻ echkisi, yovvoyi choʻchka, silovsin, sugʻur, boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchigʻay, boyoʻgʻli, olashaqshak,, chil va boshqa yashaydi.
Qator 72:
Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek tojiklar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi har bir km²ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi.
 
Xoʻjaligi. Boysun tumani datumanida sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: kumir (Boysun), tabiiy gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntogʻ), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi (Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va boshqa Asosiy sanoat korxonalari: "Ishonch" aksiyadorlik jamiyati, Boysun (Tuda) kumir koni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. 1994 yil Boysunda respublikada karbid ishlab chiqaruvchi birinchi korxona ishga tushirildi. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar uyushmasi, hunarmandlar uyushmasi, 164 kichik korxona, 18 aksiyadorlik jamiyati, "Boysun", "Boysunqurilish" va 256koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, avtokorxonalar, "Boysun" bozori bor.
 
Boysun tumani ning asosiy tarmoqlari chorvachilik, don xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, beda urugʻchiligi, bogʻdorchilik va tokchilikdir. Boysun tumani ning jami yer maydoni 329,3 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 6,1 ming ga. Ekinzorlar jami (shu jumladan lalmi yerlar) 21,9 ming ga, kup yillik daraxtlar 1,5 ming ga. Tomorqalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,2 ming ga (1999). Boysun tumani datumanida 9 jamoa xoʻjaligi (2 donchorvachilik, 3 chorvachilik, 2 beda urugʻchiligi, bogʻdorchiliktokchilik, asalarichilik, qishloq xoʻjaligi shirkat uyushmasi (boʻrdoqichilik), 70 ta fermer va dehqon xoʻjaliklari mavjud. Asosiy ekin maydonlari don, sabzavot, yemxashak ekinlari bilan band. "Qoʻrgʻoncha" va "Machay" jamoa xoʻjaliklari beda urugʻchiligiga, "Rabot" jamoa xujaligi bogʻdorchiliktokchilikka ixtisoslashgan. Boysun tumani datumanida 21,8 ming qoramol, shundan 11,2 mingi sigir, 190,6 ming qoʻy va echki, 41.7 ming parranda, 184 yilqi bor (1999). Chorvachilik asosan goʻsht-yogʻ beruvchi dumbali hisori qoʻychilik, qorakoʻlchilik, yilqichilik, goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilikka (barcha xoʻjaliklarda) ixtisoslashgan. Boysun tumani datumanida 25 ming ga oʻrmon (archazorlar) bor (1999).
 
Boysun tumani datumanida tuman markazi va togʻ qishloqlarini Surxondaryo viloyatining asosiy avtomobil yoʻli — Katta Oʻzbekiston trakta bilan bogʻlaydigan yoʻllar bor. 1995 yilda qariyb 230 km uzunlikdagi Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl kurilishi boshlandi.
 
1999/2000 oʻquv yilida 54 umumiy taʼlim maktablarida 18869 oʻquvchi, 2 kasb hunartexnika litseyida 944 oʻquvchi, 1 hunartexnika bilim yurtida 466 oʻquvchi oʻqidi. 83 ommaviy kutubxona, 11 klub, madaniyat uyi, sanʼat muzeyi bor. Tumanda 370 oʻrinli 5 kasalxona, "Omonxona" shifo maskani, 5 ambulatoriya, 30 feldsherakusherlik, 3 qishloq vrachlik shoxobchalarida 138 vrach, 491 oʻrta tibbiy xodim ishlab turibdi. 1932 yildan "Boysun ovozi" tuman gaz. chiqadi (adadi 2200).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>