Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 33:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosi mujassamoti yechimida meʼmor maʼmuriy jamoat binolariga xos mumtoz uslubdan foydalangan. Bino tarhi murabba shaklida (86x86 m), ustunlar qatori bilan qamrab olingan, ustunlar boshasiga barglar guldastasi ishlangan. Bino tarzlari tilla rang yaxlit oynalar bilan qoplangan, oynavand devor tepadan pastga tushguncha 3 marta ichkariga kiritilib oʻziga xos koʻrinish kasb etgan. Bino feruza rang gumbaz (balandligi 11,5 m, diametri 34,5 m) bilan yopilgan, gumbaz ustiga anʼanaviy tojsimon oynavand tuynuk ishlangan. Bino atrofidagi oq ustunlar feruza gumbaz hamda tilla rang oynalar bilan uygʻunlikda binoga koʻrkamlik, salobat baxsh etgan. Binoning 500 oʻrinli majlislar zali aylana shaklidagi amfiteatr uslubida hal etilgan (Prezidium va notiqlar minbari ham boʻlinmalarning biriga joylashtirilgan), zalning galereyali 2yarusidan mehmonlar va ommaviy axborot vakillariga joy ajratilgan. 1,2 va 3qavatlarda ish xonalari, parlament guruhlarining majlislari uchun kichik zallar joylashgan. Bino ichki bezaklarida yogʻoch oʻymakorligi (S. Rahmatullayev, H. Odilov, H. Gʻaniyev, M. Ibrohimova), ganchkorlik (M. Sultonov, Mirvohid Usmonov, A.Poʻlatov, M. Qosimov va boshqalar), naqqoshlik (X. Nuraliyev, 3. Boltaboyev va boshqalar)dan mahorat bilan foydalanilgan (ayniqsa, gumbaz osti naqshlari jozibador), miniatyura rasmlar bilan ziynatlangan (Gʻ. Kamolov, X. Nazarov, F. Rahmatullayev).
 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining binosi — 2005 y;sobiq Hukumat uyi binosi oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etildi. Bino 3 qismdan tashkil topgan: markaziy kirish qismi va uning ikki yonidagi oʻng va chap qanotlardan iborat, 4 qavatli qilib qurilgan, shuningdek yer osti qavatiga ham ega. Markaziy qismi hashamatli 4 ta ustunda joylashgan 3 ta ichki gumbazli peshtoqdan tashkil topgan, peshtoq orqali keng va yorugʻ miyonsaroy (vestibyul)ga kiriladi, miyonsaroy aylana shaklidagi salobatli majlislar zali bilan bogʻlangan. Miyonsaroyning tepasidagi qavatda kichik majlislar zallari joylashgan. Binoning chap qanotida senatorlar ish xonalari, qabulxonalar, Konstitutsion sud ishchi xonalari hamda Hisob palatasi ishxonalari va zallari joilashgan. Binoning oʻng qanotini senatorlarning ishxonalari, saqlanib qolgan va taʼmirlangan "Bahor" konsert zali uchun mashq zallari va boshqalar qoʻshimcha xonalar egallagan. Binoning ichki va tashqi pardozlarida mahalliy va zamonaviy ashyolardan tayyorlangan milliy meʼmoriy bezaklar ishlatilgan. Ichki bezaklarda ganchkorlik (M. Usmonov, A. Poʻlatov, X.Azizov va boshqalar), naqqoshlik (A.Karimov va boshqalar), toshtaroshlik (haykaltarosh R. Buzrukov va boshqalar) mahorat bilan qoʻllanilgan; namoyonlar (V.I.Burmakin, R.Xudoyberganov va boshqalar), gobelen (A. Ikromjonov eskizi) va boshqalar bilan ziynatlangan. Bino Mustaqillik maydonidagi inshootlar va koʻkalamzorlar, favvoralar bilan ajoyib uygʻunlikda, Anhor boʻyiga tutashgan tomonidagi hududda soʻlim maskan hosil qilingan.<!-- {{manba}}
 
[[Image:Stamps of Uzbekistan, 2009-16.jpg|right|250px]]
 
== O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi maqomi ==
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — [[O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi|Qonunchilik palatasi]] (quyi palata) va [[O`zbekiston Respublikasi Senati|Senat]]dan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining [[O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi|Qonunchilik palatasi]] va [[O`zbekiston Respublikasi Senati|Senat]] vakolat muddati — besh yil.
 
== Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ==
{{Oyna|'''Manzil:''' 700035, Toshkent sh., <br>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;Bunyodkor shoh ko'chasi, 1 uy <br>'''Telefon:''' devonxona - 139-87-07 <br>'''Veb sayt:''' [http://www.parliament.gov.uz parliament.gov.uz]}}
Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
 
== Oliy Majlis Senati ==
{{Oyna|'''Manzil:''' 100087, Toshkent sh.,<br>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;Mustaqillik maydoni, 6 uy<br>'''Telefon:''' +998 (71) 2382638<br>'''Veb sayti:''' [http://www.senat.gov.uz senat.gov.uz]}}
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir.
Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi.
Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senat ishi yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qoʻmitalari majlislariga toʻplanadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi.
Senatda hududiy mansublikka koʻra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
 
== Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari ==
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
3) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash;
6) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;
8) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;
9) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;
10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish;
12) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
15) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari nomzodlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi;
16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va uning oʻrinbosarini saylash;
17) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
20) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikasiya va denonsasiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
21) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, soʻngra Senatda koʻrib chiqiladi.
 
== Qonunchilik palatasining mutloq vakolatlari ==
Qonunchilik palatasining mutloq vakolatlari jumlasiga:
1) Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
3) Reglamentni hamda oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish kiradi.
 
== Senatning mutlaq vakolatlari ==
Senatning mutlaq vakolatlari jumlasiga:
 
1) Senat Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislarini va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
 
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
 
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
 
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudini saylash;
 
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
 
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
 
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
 
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
 
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
 
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
 
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
 
12) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
 
13) Reglamentni hamda oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
 
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan mansabdor shaxslarni Senat tomonidan saylash, tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.
 
== Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisigа sаylоvlаr ==
Оliy Mаjlisgа sаylоvlаrni tаyyorlаsh vа oʻtkаzish tаrtibi Oʻzbеkistоn Rеspublikаsining «Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisigа sаylоvlаr toʻgʻrisidа»gi Qоnunigа vа shungа аsоslаnib rеspublikаdа chiqаrilаdigаn qоnuniy аktlаrgа qаrаb аniqlаnаdi.{{Manbalar}}
== Havolalar ==
* [http://parliament.gov.uz/uz/ Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi]
* [http://senat.uz/uz/ Oliy Majlis Senati]
{{wikify}}
 
[[Turkum:Oʻzbekiston siyosati]]
-->
 
{{no iwiki}}