Amerika Qoʻshma Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeys va eskimoslar yashagan. Amerika 1492 yilda X. Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin 16-asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya, Shvetsiya, Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775–83 yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776 yil 4 iyulda federal davlat – AQShga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. [[George Washington|J. Vashington]] AQShning birinchi prezidenta etib saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803 yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana „sotib olindi“, 1819 yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836 yilda Meksikadan Texas tortib olindi. 19-asr mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. 19-asr oʻrtalarida AQShda „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar partiyasi galmagal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861–65 yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident [[Abraham Lincoln|A. Linkoln]] boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867 yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; 19-asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903 yilda Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida AQShga koʻchib kelishning yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi davri (1914– 18)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917 yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929–33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933 yil 17 mln. ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida [[Franklin Roosevelt|F. Ruzvelt]] (1933– 45 yillarda AQSh prezidenta) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941 yilda Yaponiya Amerikaning PyorlXarbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin AQSh [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushiga]] qoʻshildi va Gitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943 yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi. AQSh ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943 yil Texron, 1945 yil Qrim, 1945 yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944 yil 6 iyunda AQSh bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945 yil avgustda [[Harry S. Truman|G. Trumen]] (1945–53 ylardayillarda AQSh prezidenta) buyrugʻi bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950-53 yillarda AQSh Koreya urushida qatnashdi, 1956–75 yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945 yildan AQSh – [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]], shuningdek Amerika davlatlari tashkiloti, NATO aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 12 fevralda oʻrnatgan.
 
Milliy bayrami – Mustaqillik kuni – [[4-iyul|4 iyul]] (1776).
Qator 30:
Ruzvelt Prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq boʻlib qoldi. Yangi maʼmuriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi – 1933 yil noyabrida Sovet Ittifoqi bbilan diplomatic munosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi. 1935 va 1937 yillarda AQSh bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi.Ruzvelt 1937 yil 5 oktabr kuni Chikagoda soʻzlagan nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939 yil 26 iyul kuni AQSh Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939 yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi.
 
AQSh milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“ poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari – Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi – mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt sh.shahri Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSh shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari – Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari – goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==