Daryo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 33:
'''Daryo''' - tabiiy oʻzanda doimiy yoki mavsumiy oqadigan va daryo havzasidagi yer usti va yer osti suvlari hisobiga toʻyinadigan suv oqimi. D.larni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi boʻlimi oʻrganadi.
 
Har bir D. ning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa D. bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.
 
Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan D. bosh D. hisoblanadi, bosh D. ga kuyiladigan D. — irmoq deb ataladi. Bosh D. barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. D.lar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi D.lar muzliklardan, RFdagiRossiya Federatsiyasidagi Neva, Svir, Angara singari D.lar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat D.lar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi D.lar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi D.larning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi D.lar). D. sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining D. sistemasi joylashgan va b. suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi D. havzasi deyiladi (qarang [[Daryo havzasi]]).
 
Oʻzbekistondagi D.lar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik D.lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga qarang).
Qator 105:
D.da oqim tezligi bir necha sm/sek dan (tekislik D.sila) 6–7 m/sek gacha (togʻ D.sida) oʻzgarib turadi. Suv sathi koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda, chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda kamayadi. D.da suv temperaturasi issiq mavsumda havo temperaturasi bilan deyarli bir xil, D. muzlagan paytda qariyb 0° boʻladi.
 
D.larda muzlash hodisalari quruklik hududining taxminan 1/4 qismida, asosan Shimoliy yarim sharda kuzatiladi. D.lar RFdaRossiya Federatsiyasida dastavval Shim.-Sharqiy Sibirda (sentabr oxirida), kechroq Yevropa qismining janubi-gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dekabr oxiri — yanvar boshida) muzlaydi. Eng kalin muz qoplami Sharqiy Sibir D.larida (muz qalinligi oʻrtacha 1,5–2 m) kuzatiladi va 9—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ D.larida oqim tez boʻlganligidan muz qatlami hosil qilmaydi, koʻpgina D.larda qishda shovush oqadi.
 
D. da suv sathining tebranishi suv sarfining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Suv sathi va suv sarfi hamda ularning tebranishi — suv rejimining asosiy tavsifidir.
Qator 119:
D. oqimi chuchuk suv resurslarining muhim manbaidir (qarang [[Suv resurslari]]). D. oqimlari kelib chiqishi va xoʻjalik ahamiyatiga koʻra 2 qismdan: yer osti oqimi va yer yuzasi oqimidan iborat. Yer osti oqimidan yil davomida foydalanish mumkin. Yer yuzasi oqimini suv omborlari yordamida tartibga solib foydalaniladi.
 
D. ning flora va faunasi bentos, plankton va nektondan iborat. D. tubining tuzilishiga qarab qar xil daryo tubi hayvonlari uchraydi. D. ning sekin oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari uchraydi. Suvoʻtlar va toshlar orasida koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin suzadigan planktonlarga yarim mikroskopik va mikroskopik hayvonlar (mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka) va suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi. Nektonga oqimga qarshi suza oladigan baliklar mansub. D.larning quyi qismi va ularning deltalari baliqqa boy. D. da suv omborlari barpo qilish planktonlarning sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning (ayniqsa losossimon va osyotrsimonlar) tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va koʻpayishiga xalaqit beradi. D.larning sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham salbiy taʼsir kursatadi. Yer sharidagi koʻpchilik D.ning (ayniqsa Shimoliy Amerikaning sharqi va Gʻarbiy Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik chiqindilari bilan ifloslangan. [[Suv resurslari]]dan oqilona foydalanish maqsadida qonuniy, texnikaviy va sanitariya-gigiyena chora tadbirlari koʻrilmoqda (qarang [[Tabiatni muhofaza qilish]]).
 
D. qadimdan aholini ichimlik suvi va sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va chana (qishda) yoʻli, muntazam yangilanib turadigan gidroenergiya manbai, botqoq yerlarning suvini qochirishda kollektor vazifasini oʻtab kelgan. D.lardan anchagina baliq ovlanadi. D. qayirlari oʻtloq, tuprogʻi unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari ekiladi. D. vodiylari boʻylab asosiy yer usti transport yoʻllari (temir yoʻl va avtomobil yoʻllari) oʻtadi, D. boʻyida juda koʻp shaqar va shaharchalar joylashgan. D. suvi suv resurslarining asosiy manbaidir.
Qator 125:
Ad.:Shulʼs V. L., Reki Sredney Azii, ch. 1-2, L., 1965; Shuls V.L., Mashrapov R., Oʻrta Oyeiyo gidrografiyasi, T., 1969; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
 
Fazliddin Hikmatov.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->