Malavi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 23:
Malavi — iqtisodiy jihatdan qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda q.h.ning ulushi 28%, sanoatning ulushi 14,5%. Iqtisodiyotning negizi — qishloq xoʻjaligi Jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 85%ni mayda dehqon xoʻjaliklari yetishtiradi. Choy, tamaki, yer yongʻoq, shakarqamish, paxta, tung, kauchuk, ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq, sholi, maniok, kartoshka ekiladi. Chorvachiligi suyet rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Koʻl va daryolarda baliq ovlanadi.
 
Sanoat, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Sement, qand z-dlari, tamaki, toʻqimachilik, paxta tozalash, tikuv f-kalarifabrikalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. Oʻrmon xoʻjaligida qurilishbop yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 414 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Transporti unchalik rivojlanmagan. Transport yoʻli uz. — 789 km, avtomobil yoʻllari uz. — 11,4 ming km, shundan 2,8 ming km asfaltlangan. Lilongve va Chilena shaharlarida xalqaro aeroportlar bor. Malavi chetga tamaki, choy, qand-shakar, qimmatbaho yogʻoch, yer yongʻoq, jun, teri, tung moyi, paxta sotadi, chetdan oziq-ovqat, qora va rangli metall, neft mahsulotlari, gazlama sotib oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, JAR, Yaponiya, Germaniya, Zimbabve, AQSH. Pul birligi — kvacha.
 
Tibbiy xizmat tuzilmasida davlat sogʻliqni saklash muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxona va kasalxonalar ham bor. Mamlakatda 200 vrach ishlaydi. Shifokorlar chet ellarda tayyorlanadi.
Qator 40:
 
== Musiqasi ==
20-asr oʻrtalarigacha Malavida anʼanaviy musiqa ustun boʻlgan. 50- yillarda radio va grammofon yozuvi tufayli amerikacha ommaviy musiqa va turli janubiy afrikacha uslublar tarqaldi. Kongodan gitara, Lotin Amerikasidan afrikalashtirilgan lumba uslubi kirib keldi. Musiqadagi tashqi taʼsir bilan ichki rivojlanish birga qoʻshilib, yangi musiqiy uslublar yuzaga keldi. Mamlakatning siyosiy hayoti va xalq turmushini aks ettiruvchi yangi qoʻshiq va raqslar yaratiddi. Malavi xalqlari orasida rubobni eslatuvchi bir torli mngoli gʻijjagi, zeze deb ataluvchi yassi sitra, shuningdek, puflab chalinadigan nkangala va gubo, chang kabi cholgʻu asboblari keng yoyilgan. Birinchi jahon urushidan keyin lipenga (uzunchoq qovokdan yasalgan surnay), mahalliy materialdan yasalgan harbiy doʻmbira paydo boʻddi. Xalq tabiblari bemorlarni davolashda musiqa va raqsdan foydalanishadi. Qizlarni uzatishda yor-yor aytish keng ommalashgan. Hozirgi paytda "kvela" uslubi, ayniqsa, keng urf boʻlgan. Unda mahalliy musiqiy anʼanalar yevropacha ommaviy musiqa bilan qorishib ketgan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->