Bosniya va Gersegovina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 13:
 
== Tarixi ==
Bosniya va Gersegovina hududida tosh davri (paleolit) da ham aholi yashagan. Qad. aholisi illiriylar boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qad. Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. 6-asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 6–7-asrlarda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. 10-asr oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlganligi haqida maʼlumotlar bayon qilingan. 12–14-asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353–91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning janubiy qismidagi hukmdorlardan biri – Stepan Vukchich 1448 yilda oʻzini gersog deb eʼlon kildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482 yilda Gersegovinani turklar ishgol kildi. 1583 yilda Bosniya va Gersegovina podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul kildi. Bosniya va Gersegovinada turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-asr boshlarida Bosniya va Gersegovina xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-asr oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi tuxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872 yilda birinchi temir yoʻl (BanyaLuka – Novi) ochildi. Biroq Bosniya va Gersegovina ijtimoiyiktisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852– 53, 185758, 186162 ylar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878 yilgi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi Bosniya va Gersegovinani bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908 yilda [[Avstriya-Vengriya imperiyasi|Avstriya-Vengriya]] Bosniya va Gersegovinani oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon kildi. 1918 yilda AvstriyaVengriya parchalangach, Bosniya va Gersegovina serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929 yildan – Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi davrida 1941 yil aprelda Bosniya va Gersegovina nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va "Mustaqil Xorvat davlati" tarkibiga koʻshib yuborildi. Bosniya va Gersegovina fashist boskinchilarga karshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945–92 yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992 yil aprelda Bosniya va Gersegovina parlamenta 1992 yil 29 fevral va 1 martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992 yil aprelda respublikaning shimoliy hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil "Bosniya va Gersegovina Serbiya Respublikasi"ni eʼlon qildilar; i yul dayulda Bosniya va Gersegovina gʻarbida "GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi" muxtor rayoni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993 yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida Bosniya va Gersegovina Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995 yil 21 noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida Bosniya va Gersegovinada tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va Gersegovina 1992 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1996 yil 14 mayda oʻrnatgan.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari ==
Qator 21:
1992–95 yillardagi urush harakatlari boshlangunga qadar Bosniya va Gersegovina milliy daromadida qishloq xoʻjaligi ulushi 10,9%, sanoat ulushi 57,6% ni tashkil qilgan (1989). Urushgacha sanoatda qoʻngʻir koʻmir, temir va marganes rudalari, boksit kazib chiqarish, gidroenergiya hosil qilish, shuningdek metallurgiya, kimyo, oʻrmon, yogʻochsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Bosniya va Gersegovinada qoʻngʻir koʻmir va lignit zaxiralari (Tuzla, Zenitsa, Kakan, Breza, Banovichi yaqinida) mavjud. 1990 yil 14,6 mlrd. kVtsoat elsktr energiyasi hosil qilingan. Varesh va Lyubiya ruda konlarida temir rudasi qazib olingan. Zenitsadagi kombinat, Iliyash va Vareshdagi zavodlarda qora metallar ishlab chiqarilgan. Bosniya va Gersegovinada temir yoʻl uzunligi 1000 km, avtomobil yoʻllari uz. 21,1 ming km ni tashkil etgan (1991).
 
Bosniya va Gersegovina daGersegovinada mamlakat hududining ‘/2 qismidan foydalaniladi, uning 50% – ekinzor, bogʻ va tokzorlar, qolgan qismi oʻtloq va togʻ yaylovlari boʻlgan. Makkajoʻxori, bugʻdoy, kartoshka, texnika ekinlaridan zigʻir, qand lavlagi, tamaki yetishtirilgan. Chorvachilik rivojlangan. Pul birligi – bosniya markasi.
 
== Matbuoti ==