Estoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Miloddan avvalgi 3-ming yillikda Estoniya hududida finugor qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalarida jezdan, 1-ming yillik oʻrtalarida esa temirdan asboblar ishlangan. Shu davrga kelib boltiq boʻyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyushuvi boshlandi. 2-ming yillik boshida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo boʻldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyushmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati shakllana boshladi. 1030—61 yillarda Estoniyaning janubi-sharqiy qismi Kiyev Rusiga qaram boʻldi. 13-asrdan boshlab nemislar, keyinchalik daniyaliklar agressiyasi natijasida Estoniyada davlat shakllanishi jarayoni toʻxtab qoldi. 13-asrning 2-yarmi — 16-asrning oʻrtalarida nemis salibchilari tomonidan bosib olingan Estoniya hududi Livoniyaning bir qismi boʻlib qoldi. 1558 yil yanvarda Rossiya Livon urushiii boshladi. Rus qoʻshinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya Estoniyaning barcha qismini (Tallin va orollardan tashqari) bosib oldi, ammo Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻshinlariningʻ qarshi hujumi (1580— 81) natijasida Shimoliy Estoniya (Estlyandiya) Shvetsiyaga, Janubiy Estoniya Rech Pospolitaga oʻtdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Shvetsiya bilan Rech Pospolita oʻrtasidagi urushlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625 yilga kelib Shvetsiya Estoniyaning barcha materik qismini bosib oldi. 1645 yil Saaremaa o. ham Shvetsiyaga oʻtdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Shvetsiya urushlari oqibatida Sharqiy Estoniya Rossiyaga qoʻshib olindi, ammo 1661 yil urushdan avvalgi chegara qayta tiklandi. Shvetsiyaga qarashli Boltiq boʻyi Estlyandiya (Shim.Shimoliy Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Shimoliy Latviya) guberniyalariga boʻlindi. Shimoliy urush (1700—21) natijasida Estoniyaning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. Bu 1721 yilgi Nishtadt sulh shartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917 yil aprelda eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917 yil oktyabr oxirida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil 24 fevralda Estoniya mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918 yil 29 noyabrdan 1919 yil 5 iyungacha Estoniya sovet respublikasi (Estlyandiya mehnat kommunasi nomida) mavjud boʻldi. 1919 yil 19 mayda Taʼsis majlisi Estoniya respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi; 1934 yil martda davlat toʻntarishi amalga oshirildi va diktatura oʻrnatildi, parlament tarqatib yuborildi. 1935 yil barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1940 yil iyulda Estoniya hududiga sovet qoʻshinlari kiritiddi. 1940 yil 21 iyulda Estoniya SSR tuzildi. 1940 yil 6 avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi va estonlarning bir qismi deportatsiya qilindi. 1941 yil dekabrdan nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi; 1944 yil ozod qilindi. 1988 yil 1—2 dekabr dadekabrda Estoniya xalq fronti tuziddi; u oʻz oldiga Estoniya mustaqilligini tiklash vazifasini qoʻydi. 1990 yil 8 mayda Estoniya SSR Oliy Kengashi Estoniya Respublikasini eʼlon qildi. 1991 yil 20 avgustda Estoniya Oliy Kengashi Estoniya Respublikasining milliy mustaqilligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Estoniya 1991 yildan BMT aʼzosi. 1992 yil 20 fevralda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1994 yil 10 oktyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24 fevral — Mustaqillik kuni (1918).
 
== Asosiy siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 33:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari ==
Estoniya hududida dastlabki maktablar 13—14-asrlarda monastirlar qoshida paydo boʻlgan. Estoniyada majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Mamlakatdagi 600 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 30 dan ziyod oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 200 mingdan ortiq oʻquvchi, 6 oliy oʻquv yurti (Tartu universiteti, Tallin texnika universiteti, Tallin pedagogika instituti, Estoniya teologiya instituti, Estoniya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, konservatoriya)da 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Estoniya larEstoniyalar Estoniya fanlar akademiyasi institut va ilmiy muassasalarida olib boriladi. Shuningdek, qurilish, oʻrmon xoʻjaligi va tabiatni muhofaza qilish, pedagogika ilmiy tekshirish institutlari ham mavjud. Estoniyada 700 ga yaqin kutubxona bor. Yiriklari: Tallindagi Davlat kutubxonasi, Tartu universiteti ilmiy kutubxonasi, Tallindagi ilmiytexnika kutubxonasi. 60 ga yaqin muzey mavjud. Yiriklari: Tallindagi Kardiorg saroyi, Pyotr 1 uymuzeyi, Tarixiy muzey, oʻlkashunoslik muzeyi, Tartudagi shahar tarixi muzeyi, universitet tarixi muzeyi, adabiyot muzeyi, O.Luts uymuzeyi, Virudagi F.R.Kreysvald uymuzeyi, KoxtlaYarvedagi slanets muzeyi.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Estoniyada bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Kultuur ya elyu" ("Madaniyat va hayot", eston tilidagi oylik jur, 1858 yildan), "Maalext" ("Mamlakat", eston tilidagi haftanoma, 1987 yildan), "Molodej Estonii" ("Estoniya yoshlari", rus tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1950 yildan), "Raxva xyayal" ("Xalq ovozi"), eston tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1940 yildan), "Estoniya" (rus tilida haftada 5 marta chiqadigan gaz.gazeta, 1940 yildan), "Eesti nayni" ("Estoniya xotin-qizlari", eston tilidagi oylik jurnal, 1924 yildan), "Eesti ekspress" ("Estoniya ekspressi", eston tilidagi haftanoma, 1989 yildan). ETA, Estoniya telegraf agentligi, 1918 yil tashkil etilgan; Boltiq yangiliklar xizmati, xususiy axborot agentligi, 1990 yil tuzilgan. Estoniya radiosiga 1926 yil, Estoniya televideniyesiga 1955 yil asos solingan.
 
== Adabiyoti ==
19-asr oʻrtalarigacha eston xalqining maʼnaviy hayoti xalq ogʻzaki ijodiyoti (xalq qoʻshiqlari, ertak, maqol, matal va topishmoqlar)da oʻz ifodasini topdi. Birinchi yozma yodgorliklar 16-asrga oid. 17—18-asrlarda diniy ruhdagi asarlar yuzaga keldi. 18-asr oxiri — 19asr boshlarida didaktik dunyoviy adabiyot vujudga keldi. Eston milliy adabiyoti 19-asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Maʼrifatparvar yozuvchi F.R.Felman, xalq ogʻzaki ijodi aossida "Kalevipoeg" dostonini yaratgan F.R.Kreysvald uning asoschilaridir. 1860—80 yillar adabiyotida xalq romantizmi va vatanparvarlik lirikasi ustunlik qildi, dramatik asarlar va romantik tarixiy qissalar yaratildi. 1890- yillarda tanqidiy realizm shakllandi. E.Vildening "Ayoz mamlakatiga" (1896) va "Temir qoʻllar" (1898) romanlari eston adabiyotida tanqidiy realizm yoʻnalishi va roman janriga asos boʻldi.
 
1900- yillar boshida proletar adabiyoti va siyosiy satira paydo boʻldi (X.Pegelman, Yu.Lishenbax, Eessaaru Aadu). F.Tuglas, G.Suyts kabi adiblar neoromantizm vakillaridir. 1919 yildan keyin eston adabiyotiga nemis ekspressionizmi muhim taʼsir koʻrsatdi. Nasrda realistik uslub neoromantik, impressionistik va simvolistik shakllardan tobora ustun kela boshladi (A.X.Tammsaare, M.Metsanruk, M.Under, O.Luts, X.Visnaputs, I.Barbarus, A.Gaylit, yilSemper, A.Yakobson, Yu.Syutiste asarlari). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939— 45) adabiyotga D.Vaarandi, R.Parve, E.Myannik va boshqalar kirib keldi. Urushdan keyingi yillarda shoirlar M.Raud, yilSemper, Yu.Smull, yozuvchilar A.Xint, R.Sirge, G.Leberext, E.Krusten, dramaturglar A.Yakobson, E. Rannet va boshqalar samarali ijod qildilar. 1960— 80 yillarda shoir va yozuvchilarning yangi avlodi adabiyotga zamonaviy falsafiyaxloqiy masalalarny olib kirdi. Bu davrda adabiyotga E.Beekman, E.Vetemaa, M.Traat, A.Valton va boshqalar yozuvchilar kirib keldi.
 
== Meʼmorligi ==
Estoniya hududidagi qadimiy meʼmorlik inshootlari miloddan avvalgi 3 va 2-ming yilliklarga taalluqli. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda mustahkamlangan shaharchalar (Asva, Iru, Ridala), milodiy 1-ming yillik boshlarida esa qishloqlar paydo boʻddi. 13-asrdan tosh meʼmorligi, xususan, qalʼalar (Tallindagi Vishgorod qalʼasi, 13—14-asrlar), mustahkamlangan cherkovlar (Valyala, 13-asr; Karya, 14-asr) qurish avj oldi. 14-asrdan gotika uslubida cherkov, ratushalar barpo etildi. 16-asrning 1-yarmida Uygʻonish davri yoʻnalishlari ham paydo boʻddi. 1640- yillarda Estoniya meʼmorligiga barokko uslubi kirib kela boshladi [Narvadagi ratusha (1670) va birja (1704); Tallindagi Kadriorg saroybogʻ majmuasi (1718—25, meʼmorlar N.Miketti, M.Zemsov)]. Klassitsizm uslubi davrida jamoat binolari (Tartu universiteti binosi, 1803—09, meʼmor I.Krauze) va qoʻrgʻonlar qurildi. 19-asr 2-yarmi meʼmorlikda eklektizm, 20-asr boshlarida modern (milliy romantik yoʻnalish bilan), funksionalizm yoyildi. 1960- yillardan boshlab yangi turar joy majmualari qurildi [Tallindagi Mustamyae (1961 yildan, meʼmorlar V.Tippel, L.Pettay va boshqalar), VyaykeIysmyae (1973 yildan, meʼmorlar M.Port, M. Meelak va boshqalar) massivlari]. Qishloq qurilishi rivojlandi (Yanedas sztexnikumining oʻquv korpusi, 1974, meʼmor V.Pormeyster; Viru tumanidagi "Linda" kzi idorasi, 1972, meʼmor T.Reyn), turar joy va jamoat binolari barpo etildi [Tallinda "Viru" (1972, meʼmorlar X.Sepmann, M.Port va boshqalar) va "Olimpiya" (1980, meʼmorlar T.Kallas, R.Kersten va boshqalar) mehmonxonalari, Parus sporti markazi (1980, meʼmorlar X. Sepmann, P.Yanes, X.Looveer va boshqalar), Madaniyat va sport saroyi (1980 — 81, meʼmorlar R.Karp, R.Altmyae va boshqalar), Tartuda "Vanemuyne" teatri (1967—70, meʼmorlar A.Volberg, P.Tarvas, U.Telpus va boshqalar)].
 
== Tasviriy sanʼati ==
Eston xalqining qadimiy badiiy ijodiyoti, asosan, dehqonlarning amaliy bezak sanʼatida oʻz aksini topdi (kulollik, suyak va metall buyumlar yasash, tosh va yogʻoch oʻimakorligi, qoʻlda toʻqish, teriga naqsh solish). Gotika, Uygʻonish davri va barokko sanʼati davrida devoriy (freskalar) hamda dastgoh rassomligi, shuningdek, tosh va yogʻoch oʻymakorligi keng yoyildi.
 
19-asr 1-yarmida portret va manzara janrlari, grafika rivojlandi. 19-asr 60- yillaridan professional sanʼat taraqqiy etdi. Milliy rassomlik maktabining asoschisi yilKyoler, haykaltaroshlik maktabining asoschisi A. Veysenbergdir. 19-asr — 20-asr oʻrtalarida rassomlar A.Laykmaa, K. va P. Raud, N.Triyk, haykaltaroshlar A. Adamson va Ya.Koort ijodi diqqatga sazovor. 1920- yillarda Estoniya sanʼatining rivojlanishida Tartudagi "Pallas" badiiy maktabi katta rol oʻynadi. Bu davrda rassomlar A.Yoxani, K.Liymand, grafik X.Mugasto, haykaltaroshlar Ya.Koort, F.Sannamees, V.Mellik va boshqalar oʻz asarlarini yaratdilar. 1940- yillardan keyin rassomlar E.Okas, E.Kits, N.Kormashov, L.Mikko, grafiklar G.Reyndorf, E.Eynmann, A. Bax, V.Tolli, P.Ulas, haykaltaroshlar A.Starkopf, E.Roos, A.Kaazik, M.Varik samarali ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati ustalari M.Adamson, E.AdamsonErik, M.Roosma, L.Erm, M.Ryaek va boshqalar oʻz ijodlari bilan shuhrat qozondilar.
 
== Musiqasi ==
Eston xalq qoʻshiq (runo)lari, asosan, bir ovozli. Cholgʻu musiqasi xalq raqslari (polka, reynlender va boshqalar) bilan bogʻlangan. Musiqa cholgʻulari: vargan, turli naylar, volinka, konussimon kannel, bugʻsimon bilo va 18-asrdan skripka paydo boʻldi. 19-asrda garmon keng tarqaldi. 1857—61 yillarda milliy qoʻshiqlar toʻla nashr etildi ("Kalevipoeg", F.Kreysvald). Professional musiqa dastlab cherkov musiqasi bilan birga rivojlandi. 19-asrda birinchi xor va havaskor puflama sozlar orkestrlari tashkil etiddi. 1869 yildan anʼanaga aylanib qolgan milliy qoʻshiq bayramlari oʻtkaziladi. Xor musiqasi birinchi professional kompozitorlar (I.Kappel, K.Tyurinu, M.Xyarma) ijodida ham yetakchi musiqa boʻlgan. R.Tobias simfonik va vokalsimfonik musiqalar yaratdi. 20-asr 1-yarmida A.Kapp, X.Eller, M.Lyudig, E.Oya simfonik va kamer asarlar, M.Saar, K.Kreek va boshqalar xor musiqasini yaratdilar. E.Aav, A.Lemba, A.Vedro eston operasi, E. Tubin eston baleti asoschilaridir. Eston musiqa madaniyati gullabyashnashi E.Kapp, G.Ernesaks ijodi bilan bogʻliq. 1950- yillarning oʻrtalarida kompozitorlarning yangi avlodi (E.Tamberg, V.Tormis, Ya.Ryaets, A.Pyart) musiqaning mazmundorligini yangi vositalar bilan boyitdilar. Ijrochilar oʻrtasida xonandalar — T.Kuuzik, G.Ots, X.Krumm, T.Mayste, I.Kuusk, M.Voytes, A.Kaal, U.Tauts, dirijyorlar — N.Yarvi, E.Klas, R.Matsov, G.Ernesaks, O.Oya va boshqalar, skripkachilar — V.Alumyae, Yu.Gerrets, pianinochilar — B. Lukk, K.Randalu va boshqalar mashhur. Estoniyada "Estoniya" davlat akademik opera va balet teatri (1906 yil tashkil etilgan, Tallin), Estoniya akademik erkaklar xori (1944), filarmoniya, konservatoriya (1919 yil asos solingan, Tallin), musiqa bilim yurtlari (Tallin, Tartu), Davlat simfonik orkestri ishlaydi.
 
== Teatri ==
Qator 58:
 
== Kinosi ==
Estoniya hududida dastlabki kinosyujetlar fransuz firmalari tomonidan suratga olindi (1908—14). 1914 yil fotograf Ya.Pyazuke birinchi eston badiiy filmini yaratdi. 1920- yillarda bir qancha xususiy kinofirmalar faoliyat koʻrsatdi. "Oʻtmish koʻlankalari" (1924) va "Rummu Yuri" (1929) filmlari professional ravishda suratga olingan dastlabki filmlardir. 1930 yil K. Myarska birinchi marta "Oltin qoʻngʻiz" nomli ovozli filmni yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin eston kinematografchilari "Lenfilm" kinostudiyasi bilan birgalikda "Qoʻrgʻon ichidagi hayot" (1947) va "Andrus baxti" (1955) filmlarini suratga oldilar (ikk&tasining rejissyor G.Rappaport). Keyinchalik eston kino ustalari "Xavfli burilishlar" (1961, rejissyorlar Yu.Kun, K.Kiysk), "Yarim kunlik parom" (1968), "Oʻlim qadrini murdalardan soʻra" (1977; ikkala filmning rejissyor K.Kiysk), "Oʻrmondagi buloq" (1973, rejissyorL. Layus), "Yashash va sevish davri" (1976, rejissyor V.Kyasper), "Nima eksang ..." (1980, rejissyor P.Simm) kabi filmlarni ekranga chiqardilar. Kino aktyorlari orasida E.Kivi, E.Kull, R.Allabert, T.Kark, L.Ulfsak, O.Eskola va boshqalar mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Estoniya munosabatlari ==