Chernogoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tarixi ==
Ch. xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 1asrda Rim tomonidan bosib olingan. Milodiy 1asrda Ch. hududi (11-asrgacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-asrdan Ch. deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297 yildan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-asrda slavyanlar kelgan. 1479 yildan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499 yilda Ch. hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735 yillarda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697— 1918)ga asos solgan. 1796 yil Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804— 15) Ch. Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852 yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878 yil Berlin kongressi qaroriga binoan, Ch. toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910 yildan Ch. qirolligi deb ataddi. Ch. Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. Birinchi jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918 yil 1 dekabr dadekabrda Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941 yil aprelda fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng, Ch. Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944 yil dekabr dadekabrda Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945 yil noyabr dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991 yil Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 yil 4 fevraldan bu davlat Serbiya va Qoratogʻ deb atala boshladi.
 
== Xoʻjaligi ==
Sanoati mineral xom ashyolarni qazib olish va unga ishlov berish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bogʻliq. Boksit, qoʻrgʻoshinrux rudalari, qoʻngʻir kumir, tuz kazib olinadi. Zeta daryosida GESlar qurilgan, yirik issiklik elektr styasi mavjud. Sanoatning asosiy tarmoqlari metallsozlik, kimyo, koʻnteri va poyabzal sanoati. Elektrotexnika (Setine), kema taʼmirlash (Kotor), yogʻochsozlik, toʻkimachilik hamda oziqovqat (jumladan, tamaki) mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, goʻsht ktlarikombinatlari, baliqni qayta ishlash, sut zavodlari bor.
 
Qoratogʻdagi yetykchi tarmoq — togʻyaylov chorvachiligi (asosan, qoʻychilik). Togʻ yaylovlari va dare vodiylarida makkajoʻxori, bugʻdoy, tamaki, sabzavot yetishtiriladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Adriatika dengizi sohili Ch.ning subtropik oʻsimliklar (sitrus mevalar, zaytun va boshqalar) oʻstiriladigan muhim rnirayoni xisoblanadi. Sayyohlikdan katta daromad olinadi, dengiz sohilida kurort koʻp. Asosiy dengiz portlari — Bar va Kotor. Bar — Belgrad yoʻnalishida elektrlashtirilgan temir yoʻl magistrali mavjud. Asosiy aeroporti Podgoritsada.
 
==Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari==
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Taʼlimning asosiy turi — 8 yillik maktab. 2 yillik umumiy oʻrta maktablar, maqsadli oʻrta taʼlim maktablari, 8 yillik maktab negizida ishchi malakasini beruvchi qoʻshimcha maktablar mavjud. Podgoritsada universitet (1973), Nikshichda ped. akademiyasi, Kotorda oliy dengiz maktabi bor. Ch. fan va sanʼat akademiyasi (1976 yil tashkil etilgan), tarix, geol. va kimyoviy tadqiqotlar, gidrometeorologiya, dengiz biol.si institutlari, seysmologiya styasi bor. Bir qancha kutubxona, jumladan, Setine shahrida Markaziy xalk, kutubxonasi ishlaydi. Yirik muzeylari: Qad. sanʼat, etn., tarix muzeyi, Negosh Petrovich muzeyi, Dengiz muzeyi.
 
Kundalik "Pobeda" ("Gʻalaba") gaz. serb tilida 1943 yildan chiqadi. Podgoritsada radiostya va telemarkaz ishlaydi.
Qator 20 ⟶ 21:
[[Image:Montenegro municipalities.png|thumb|250px|right]]
== Adabiyoti ==
Qoratogʻ adabiyoti qoʻshni xalklar adabiyoti, ayniqsa, serb adabiyoti bilan uzviy aloqada rivojlangan. Birinchi yirik bosma adabiy asar Ch.da hukmronlik qilgan Vasiliy Petrovich (1709— 66)ning "Qoratogʻ toʻgʻrisida tarix" asari boʻlib, u 1754 yil Moskvada nashr etilgan. Yangi qoratogʻ adabiyotining boshlanishi 18-asr oxiri — 19-asr 1yarmiga toʻgʻri keladi. Uning asoschisi shoir va davlat arbobi Pyotr II Petrovich Negoshdir (1813 — 51). Uning ijodi qoratogʻ sheʼriyatida1918 yilgacha eng yuksak choʻqqi hisoblanadi. "Qoratogʻning qisqacha tarixi" asari (1835 yil nashr etilgan) muallifi hukmron Pyotr (Petar) I Negosh sheʼriy asarlar ham yozgan. 1827— 31 yillar Ch.da yashagan serb yozuvchisi va tarixchisi S. MilutanovichSarayliya "Qoratogʻ tarixi" asari (1835)ni va 2 drama yozgan. 19-asr — 20-asr boshlaridagi nazmda S.M.Lyubishi va serb yozuvchisi S.Matovul xikoyalari ajralib turadi. S.Matovul bir necha yil Ch.da yashab qoratogʻ xalqi turmushini aks ettiruvchi bir qancha hikoya va roman yozgan. Bu davrda yozuvchilardan L. Yovovich, S.Vuletich, M.Tomich, S.Shobaich samarali ijod kildilar. 30- yillarning boshlarida boshqa xalklar adabiyotidagi kabi Ch. adabiyotida ham "ijtimoiy realizm" okimi vujudga keddi va shu oqim yoʻnalishida sheʼriy asarlar yaratildi. Bular R.Zogovichning "Musht" (1936), "Olovli kaptarlar" (1937) toʻplamlari, "Kelgindilar" dostoni (1937); M.Banevichning "Oʻrmon" (1938), "Olovli tong" (1941) toʻplamlari; Ya.Jonovichning "Ikki dare" (1938) va M.Vukovichning "Yer" (1934) toʻplamlari. Shu yillarda D.Jurovich "Togʻliklar orasida" hikoyalar toʻplami (1936), "Duklya mamlakati" romani (1939), N.Lopichich "Dehqonlar" hikoyalar toʻplami (1939)ni yaratdilar va ularda qoratogʻ xalkining real hayotini aks ettirdilar. 1950—70 yillar adabiyotida M. Lalich alohida oʻrin tutadi. Uning "Toʻy" (1950), "Yomgʻirli bahor" (1953), "Uzilish" (1955), "Leley tom" (1962) romanlarida xalq ozodlik kurashi mavzui yorkin aks etgan. A.Asanovich, Ch. Vukovich kabi yozuvchilar ham shu mavzuda hikoya va romanlar yaratdilar. Bu davr sheʼriyati yutuklari R.Zogovich, D.Jonovich, M.Banevich, D.Kostich, R.Veshovich, M.Kral, S.Petrovich, Ye.Brkovich kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Dramaturgiya sohasida Ye.Brkovich,. V.Ivanovich, J. Komanin va boshqalarning pyesalari alohida oʻrin tutadi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Ch. hududidan neolit davriga oid sopol idishlar topilgan. Illiriylarning mustahkamlangan qoʻrgʻon va nekropollari jez davri oxiri va temir davri boshlarida barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Ch. meʼmorligi Italiya va Dalmatsiya, Serbiya va Vizantiya madaniyatlari taʼsirida rivojlandi. 11 a.da roman uslubidya cherkovlar qurildi. 12— 13-asrlarda Avliyo Tripuna sobori (1166), avliyo Pavel cherkovi (1263— 66; ikkalasi Kotor shahrida), Morach monastiri cherkovi kabi inshootlar qurildi. 14—15-asrlardadengizbuyirnlaridagi binolarda roman uslubidagi shakllar bilan uygʻunlashgan gotika uslubi belgilari paydo boʻldi (Savch, Bar, Kotordagi cherkov va uylar). 17— 18-asrlar cherkov qurilishida barokko uslubi keng qoʻllanildi (Prchandagi cherkov). 19-asr oxirida shaharlarda soʻnggi klassitsizm ruhida hashamatli binolar (Setinedagi Danilov saroyi, 1894—95) va eklektik inshootlar (Kotordagi avliyo Nikola cherkovi, 1910) paydo boʻldi. 1960—70 yillar meʼmorligi uchun milliy oʻziga xoslik, manzara bilan uygʻunlashtirib tasvirlash xarakterli ("Podgoritsa" mehmonxonasi, 60- yillar, meʼmor S.Radevich; "Beko" univermagi, 1961, meʼmor B.Minch, ikkalasi ham Podgoritsada; Xersegnovidagi mehmonxonalar majmuasi, 1963, meʼmor D. Katarina, P. Milorad; Budva, Trstenodagi kurort majmualari va boshqalar).
 
Neolit davrida geometrik shakl va nakshlar bilan bezatilgan keramika rivojlangan. 11 —11-asrdan mahobatli rangtasvir namunalari saqlangan (Ston yaqinidagi avliyo Mixail cherkovi freskalari). 13—14-asr tasviriy sanʼatida roman va gotika uslubi unsurlari qoʻshilib ketdi (Morachdagi monastir cherkovlari freskasi, 1252). 15— 16-asr rassomlar ijodida uygonish davri belgilari mavjud (Lavro Marinov va Vitsko Dobrochevichi). 17—18-asrlarda mahalliy rassomlardan J. Mitrofanovich, A. Vuichich, T. Kokolya ajralib turadi. Vizantiya sanʼati anʼanalari miniatyurada saklanib qoldi. 19-asr 2yarmi — 20-asr boshlaridan Ch.ning oʻz tasviriy sanʼati shakllandi. Rassomlar milliy tarix mavzuidagi portret, kompozitsiyalar yaratdilar (P. Pochek, M. Gregovich, I. Shobaich). 20-asrning 20—30- yillarida rassomlar M. Milunovich, P. Lubarda, haykaltarosh R. Stiyovich samarali ijod qildilar. Ch.da monumental sanʼat hamda tematik, portret va peyzaj rangtasvir rivojlangan.
 
== Musiqasi ==
Qator 31 ⟶ 32:
 
== Teatri ==
Ch. professional teatri 19-asr — 20-asr 1yarmida rayem boʻlgan teatrlashtirilgan marosimlardan boshlanadi. Teatr madaniyatini rivojlantirishda Pyotr II Petrovich Negosh ijodi katta ahamiyatga ega boʻlgan. Uning "Togʻ toji" (1847) va "Soxta podsho Stepan Mali" dramatik asarlari Ch. oʻtmishiga bagʻishlab yozilgan (havaskor teatr toʻgaraklari tomonidan qoʻyilgan). 1953 yil Podgoritsada Ch. milliy teatri (drama va opera truppalari bilan) tashkil etilgan. Rej.lardanRejissyorlardan B. Erakovich, aktyorlardan V. Mandich, D. Tomas, B. Vukovich va boshqa mashhur.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->