Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 41:
 
== Sanoati ==
Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoat dasanoatda oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda .
 
Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni shaharlarida, alyuminiy, rangli metallar ishlab chiqarish Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash z-dlarizavodlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa ishlab chiqarish rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq ishlab chiqarish oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton ishlab chiqarish markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar bilan band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Q.x.Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60% ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.
 
Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning ‘/yu Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan.
Qator 62:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Kanadada 114 ta kundalik gazeta va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Etnik guruhlar (nemis, italyan, xitoy va b.boshqalar) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. davriy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida — "Glob eng meyl" ("Butun dunyo pochtasi", kundalik gazeta, 1844-yildan), "Toronto-star" ("Toronto yulduzi", kundalik gaz.gazeta, 1892-yildan), "Gazett" (kundalik gaz.gazeta, 1778-yildan), "Ottava sitizen" ("Ottava fuqarosi", kundalik kechki gazeta, 1845-yildan), "Vankuver san" ("Vankuver quyoshi", kundalik kechki gaz.gazeta, 1886-yildan) va b. Fransuz tilida — "Devuar" ("Burch", kundalik gaz.gazeta, 1910-yildan), "Press" ("Matbuot", kundalik kechki gaz.gazeta, 1884-yildan), "Soley" ("Quyosh", kundalik kechki gaz.gazeta, 1896-yildan) va b. "Kanadian leybor" ("Kanada kasaba uyushmalari", oylik jurnal, ingliz va fransuz tillarida, 1956-yildan), "Maklinz Ka-nada’z uikli nyusmegezin" ("Kanada Maklin yangiliklari", haftalik jurnal, ingliz tilida, 1905-yildan) jurnallari chiqadi. Kanadian Press Milliy axborot agentligi (1917-yilda tashkil etilgan) bor. "Kanadian brodkasting korporeyshn" — Sibi-si, Kanada radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi, 1936-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirish 1926-yildan, telekoʻrsatuv 1952-yildan boshlangan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiostansiya ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 74:
Indeyslar yertoʻla, vigvamchaylalarda, tomi teri yoki yogʻoch bilan yopilgan uylarda yashagan. 17—19-asrlarda fransuzlar Sharqiy Kanadaga oʻz anʼanalari boʻyicha mustahkam devorli, tomi tik nishabli uylar, zalli cher-kovlar (old qismi 1—2 minorali), jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi meʼmorlar yetishib chikdi. Kanadaning inglizlar bosib olgan qismida (18—19-asrlar) imoratlarni sinch va toshdan klassitsizm uslubida (meʼmor J. Merrik) qurish rivojlandi. 19-asr oʻrtalaridan toʻgʻri koʻchali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar (Ottava, Montreal, Toronto, Kvebek) qad koʻtara boshladi. Meʼmorlardan E. Lennoks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-asr oxiridan AQSH meʼmorligi taʼsiri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi (F. Darling, J. Pirson kabi meʼmorlar).
 
20-asr oʻrtalaridan eski shaharlar jadal surʼatda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va poʻlatdan zamonaviy sanoat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kombinati va ratusha binolari, Montrealdagi Vil-Mari maydoni, Jahon koʻrgazmasi, Olimpiada majmuasi va b.boshqalar) qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atrofida shinam turar joylar qad koʻtardi.
 
== Tasviriy sanʼati ==