Oʻrta Osiyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Maʼnolari|Osiyo (maʼnolari)}}
[[File:Ўрта Осиёнинг умумий аҳолиси.png|400px|thumb|2012- yilda Oʻrta Osiyoning umumiy aholisi]]
'''Oʻrta Osiyo''' — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgoqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeandan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asr ningasrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 ylarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi.
[[File:Аҳолининг жой эгаллаши.png|400px|thumb|[[2012-yil]]gi O'rta Osiyo aholisining qiyoslanishi]]
[[File:Инсон савияси ва онг салоҳияти ўсиши бўйича давлатлар аро йиллик ривожланиш изчиллиги (дунё миқёсида).png|400px|thumb|[[2012-yil]]da dunyo olimlarining inson ongi rivojlanishining qiyoslanishi]]
Qator 11:
# Siyosiy-maʼmuriy maʼnoda [[Oʻzbekiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Turkmaniston]], [[Tojikiston]] (baʼzida [[Qozogʻiston]] ham qoʻshiladi) davlatlari maydoni.
 
Oʻlkaning gʻarbiy chegarasi Elburs togʻining 54° 15’ shq.u. qismidan boshlanib, Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻi orqali Mangʻishloq qoʻltigʻigacha, undan Ustyurtning shim.shimoli-gʻarbiy chinki boʻylab, Doʻngʻiztov, Chogʻray platosi, Choʻchqa va Mugʻojar togʻlari sharqiy etagi orqali oʻtib, 58° shq.u. va 48° shahrik.ga borgandan keyin shimoliy gashimoliga buriladi va Jetigʻara shahri gacha, undan keyin Qoʻstanay shahri orqali Ayritovgacha boradi. Soʻngra Qozogʻiston past togʻlarining shimoliy chegarasi boʻylab sharq va jan.janubiy sharq tomon davom etib, Qozogʻiston — XXR chegarasiga tutashadi. Sharqiy chegara esa Savr, Sharqiy Jungʻariya, Jungʻariya, Boroxoro, Iren — Xabirga, Qarat, Holiqtogʻ tizmalari suvayirgʻichlari, Xontangri togʻ tuguni, Qaqshal, Otboshi tizmalari suvayirgʻichlari orqali oʻtib, Fargʻona tizmasiga kelib tutashadi, soʻngra Olay tizmasining sharqiy chekkasi va Sariqoʻl tizmasi suvayirgʻichi boʻylab oʻtib, Hindukush togʻlariga tutashadi. Bu yerda, Muztogʻdan boshlab gʻarbga tomon jan.janubiy chegara boshlanadi va Hindukush, Safedkoʻh, Nishopur tizmalari suvayirgʻichlari boʻylab oʻtib, Elburs togʻi orqali Kaspiy dengizining janubi-sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. Oʻrta Osiyo yirik geosistema sifatida (maydoni 3300 ming km²chamasida) Qozogʻistonning kattagina qismini, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, qisman Xitoy hududlari, hamda Afgʻoniston va Eronning Amudaryo havzasiga qarashli qismini oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyo ningOsiyoning qoʻshni tabiiy oʻlkalaridan farqlantirib turuvchi oʻziga xos bir qancha belgilari mavjud. Bular: 1) Yevrosiyo materigida tutgan oʻrnining oʻziga xosligi, yaʼni materikning ichkarisida, okeanlardan uzoqdan joylashganligi; 2) oʻlkaning berk havzadan iborat ekanligi, yaʼni bu yerda shakllangan asosiy oqimning tashqi dengiz, okeanlarga chiqib keta olmasligi va oʻlkaning eroziya bazisi hisoblangan Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqkoʻl kabi ichki havzalarga quyilishi; 3) Yer yuzasining oʻziga xosligi, yaʼni oʻlkaning shim., shim.shimoli-gʻarbiy katta qismi tekisliklardan, sharqiy va jan.janubiy qismi togʻliklardan iboratligi; 4) tabiiy sharoitida ichki tafovutlarning kattaligi, yaʼni tabiatining barcha komponentlari oʻlkaning turli qismlarida keskin farq qilishi; 5) oʻziga xos gorizontal tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos balandlik mintaqalarining rivojlanganligidir. Bu oʻlkada oʻsimliksiz koʻchma qumlar, oʻtish qiyin boʻlgan chakalakzor oʻrmonlar, ekinzor va bogʻlardan iborat vohalarni koʻrish mumkin; 6) ekologik sharoitiga koʻra ham berk oʻlka, bu tabiatdan foydalanishda ehtiyotkorlikni talab etadi.
== Aholisi ==
* Oʻrta Osiyoning 5 mamlakatining umumiy aholisi soni 2012-yilga koʻra - 65.700.000 kishini tashkil qildi.
Qator 82:
Oʻrta Osiyo hududining 4/5 qismi tekisliklardan iborat, qolgan qismini togʻliklar tashkil qiladi. Tekisliklarning Qozogʻiston past togʻlaridan gʻarb va janubi-gʻarbdagi qismi Turon tekisligi deb ataladi. U tektonik jihatdan mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan toʻlgan katta botiqqa toʻgʻri keladi. Uning ostki qismi tektonik harakatlar natijasida kuchli oʻzgargan paleozoy jinslari qatlamlaridan tuzilgan qattiq fundamentdan iborat. Bu fundament yer yuzasidan turli chuqurliklarda yotadi, ayrim joylari past koʻrinishida yer yuzasiga chiqib qolgan.
 
Oʻrta Osiyo tekisliklari sharq va jan.janubiy tomonlarida Tarbagʻatoy, Tyanshan, HisorOlay, Pomir, Hindukush, Safedkoʻh, Nishopur togʻlari bilan oʻralgan. Ularning koʻpchiligi baland togʻlar boʻlib, 6 ming m dan baland boʻlgan 136 ta choʻqqisi bor. Ayrim choʻqqilarning bal. esa 7—7,5 ming m ga yetadi.
 
Oʻrta Osiyo togʻlarining xususiyati shundan iboratki, tizmalar va ularni ajratib turgan daryo vodiylari va botiqlar koʻpincha kengliklar boʻylab choʻzilgan. Ular bilan birgalikda koʻndalang togʻ tizmalaridan iborat orografik tugunlar (yoki markadlar) mavjud. Bunday togʻ tugunlari Tyanshan, Pomir va Hisor— Olay togʻlarida 16 ta boʻlib, ular muzlik markazlaridir.
 
Oʻrta Osiyo ningOsiyoning umumiy iklim belgilari — oftobli kunlarning koʻp boʻlishi, kontinentallik va yogʻinning kamligidir. Hududning katta qismini egallagan choʻl va chala choʻllarda bu belgilar, ayniqsa, sezilarli. Bu yerga yogʻinlarni Atlantika okeanidan keladigan havo massalari olib keladi. Tropik kengliklardan tashqarida gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan nam havo oqimlari Oʻrta Osiyo hududiga maʼlum darajada quruq va yozda qizigan holda kirib keladi. Shu sababli Oʻrta Osiyo iqlimi qurgʻoqchil. Bu yerda yillik temperatura amplitudasi qoʻshni oʻlkalardagiga nisbatan kattaroq, yaʼni iqlimning kontinentalligi yuqoriroq darajada boʻladi va shu maʼnoda Sharqiy Sibirdan keyinda turadi. Oʻrtacha yillik havo temperaturasi Oʻrta Osiyo tekisliklarida 0° dan yuqori: chekka shimoliy dashimolida 1—2°, janubida 18° gacha. Togʻlik qismida dengiz sathidan 2200–2500 m balandlikda —5°, —8° gacha pasayishi mumkin. Mutlaq past temperatura togʻlar va baland togʻlarda —16° dan (jan.dajanubida) —50°gacha (shim.dashimolida).
 
Oʻrta Osiyoning tekislik qismida iyulning oʻrtacha havo trasitemperaturasi, shimoliy dashimolida 20—22°, jan. da 30—31° boʻladi. Eng yuqori temperatura tekislik va togʻ etaklarida 42°, 50° atrofida, togʻlarda esa, 3000 m dan balandlikda 22—24°. Yillik yogʻin miqdori ham bir tekis taqsimlanmagan. Qizilqum va Qoraqumda 100–150 mm, togʻlarda 800–900 mm va undan ortiq. Eng kam yogʻin Sharqiy Pomirda kuzatiladi (26 mm).
 
Oʻrta Osiyo oʻlkasida iqlim xususiyatlari tafovutiga koʻra ikkita kichik iqlim oʻlkasi — subtropik iklim xususiyatlariga ega boʻlgan Turon kichik oʻlkasi va moʻʼtadil iqlim xususiyatlariga ega boʻlgan Qozogʻiston kichik oʻlkasidir. Bular orasidagi chegara Qoraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi shimoli, Ustyurtning jan.janubiy chinki, Qoraqum va Qizilqumning shimoliy chegarasi Qoratogʻ tizmasi, Talas Olatovi va Fargʻona tizmasidan oʻtadi.
 
Oʻrta Osiyo okeanlardan uzoq boʻlgani va togʻlar bilan oʻralgani uchun berk oʻlka hisoblanadi. Orol dengizi, Balxash koʻli, Issiqkoʻl va boshqalar mayda berk havzalar bor. Yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Oʻrta Osiyoda daryolarning zichligi 1 km²ga 0,002 km. Togʻlik qismida esa tekisliklarga qaraganda daryo koʻp (12 ming). Ular yomgʻir, qor, muzlik, yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi, asosan, sugʻorishga sarf boʻladi.
 
Oʻrta Osiyo daOsiyoda turlituman tuproqlar tarqalgan. Ular tekisliklarda kengliklar boʻylab zonalar hosil qilib, shimoliy dan jan.ga tomon (toʻq kashtan, och kashtan, qoʻngʻir va sur qoʻngʻir, qumli choʻl tuproqlari) almashinib boradi. Taqirlar va taqirsimon tuproqlar, shoʻrxok va shoʻrtoblar uchraydi. Togʻlarda esa tuproqlar balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Moʻʼtadil mintaqaning choʻl zonasiga tutash Jungʻariya Olatovi va Shimoliy Tyanshan tizmalarida quyidagi balandlik mintaqalar uchraydi: 1) choʻldashtdan iborat togʻ etaklarining shimoliy boʻz tuproqlari; 2) quruq va dasht hamda past togʻlardagi kashtan tuproqlar; 3) oʻtloqidasht va oʻrtacha balandliklardagi togʻoʻrmon toʻq tusli tuproqlar; 4) qoraqaragʻayoqqaragʻay oʻrmonlaridagi qora tuproqsimon togʻ oʻtloqi va togʻoʻtloqi tuproqlar; 5) subalp va alp oʻtloqlardagi torfli togʻ oʻtloqi va chala torfli tuproqlar; 6) muzliklar va qorliklar.
 
Gʻarbiy Tyanshan, HisorOlay va Kopetdogʻ tizmalarida balandlik mintaqalari boshqacharoq. Pastdan yuqoriga: 1) togʻ oldi quruq dasht chala savannalari boʻz tuproqlari; 2) har xil oʻtlar va butalar, dasht chala savannalari karbonatli jigarrang tuproqlar; 3) oʻrtacha balandlikdagi togʻ quruq oʻtli oʻrmon va buta oʻsimliklari jigarrang tuproqlari; 4) subalp dashtlari togʻoʻtloqi dashtlar; 5) alp dashtlari togʻoʻtloqi dasht va chala torfli togʻoʻtloqlari; 6) muzliklar va qorlar.
Qator 135:
! Inflyatsiya !! [[2011-yil]] !! [[2012-yil]] !! [[2013-yil]] !! [[2014-yil]]
|-
| {{KAZ}}<ref>http://www.nationalbank.kz/?getpg=Search%20For%20Page</ref> || 7,4 % {{oʻsish}} || 6,0 % {{qulash}} || 4,8 % {{qulash}} || 7,0 % {{oʻsish}}
|-
| {{UZB}}<ref>http://www.cbu.uz/ru/node/45262</ref> || 7,3 % {{oʻsish}} || 7,0 % {{qulash}}|| 6,8 % {{qulash}}|| 6,1 % {{qulash}}
Qator 153:
* Baratov P., Mamatqulov M ., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002;
* Korjenevskiy N.L., Priroda Sredney Azii, T., 1960;
* Hasanov I.A., Gʻulomov P . N ., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
 
Shuhrat Zokirov, Potihkamol Gʻulomov.